Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Masalan, resurslar narxining o‘zgarishi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet344/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Masalan, resurslar narxining o‘zgarishi.
Resurslar narxi tayyor mahsulot 
narxidan farq qilib, yalpi taklifning muhim omili hisoblanadi. Boshqa sharoitlar 
o‘zgarmay qolganda resurslar narxining oshishi mahsulot birligiga xarajatlarning 
ko‘payishiga, binobarin mahsulot taklifining kamayishiga, resurs narxlarining 
pasayishi esa xarajatlarning kamayishiga, yalpi taklifning oshishiga olib keladi. 
Resurslar taklifining miqdor jihatdan ko‘payishi ular narxini pasaytiradi va natijada 
mahsulot birligiga xarajatlar kamayadi. Mahsulot ishlab chiqarish esa ko‘payadi. 
Resurslar taklifining kamayishi esa qarama-qarshi natijaga olib keladi.
Yer, ishchi kuchi va kapital resurslari
taklifining ko‘payishi ham mahsulot 
taklifini oshiradi. Undan tashqari sarflanayotgan kapitalning sifat jihatdan 
takomillashuvi tufayli mehnat unumdorligi oshib sarflarning kamayishiga olib 
keladi va shu orqali mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlarni pasaytiradi va 
yalpi taklifning oshishiga olib keladi. 


449 
15.3. Yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanat 
va uning o‘zgarishi 
Yuqorida yalpi talab mamlakat miqyosida iqtisodiyotning hamma 
bo‘limlarida va tarkibiy qismlarida yaratilgan turli tovar va xizmatlarni sotib 
olishga mo‘ljallangan pullar miqdori sifatida, yalpi taklif esa iqtisodiyotning 
barcha tarmoqlari va hududlari, korxona va tashkilotlarida sotish uchun ishlab 
chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning yalpi miqdori sifatida namoyon bo‘lishini 
aytib o‘tgan edik. Endi shuni ta’kidlash joizki, milliy bozorda, oldi-sotdi 
jarayonida pul egalari, ya’ni iste’molchilar ixtiyoridagi pullar tovar va xizmatlar 
egalariga, aksincha, yaratilgan tovar va xizmatlar esa pul egalariga o‘tishi lozim. 
Boshqacha aytganda tovarlar dunyosi bilan pul dunyosi o‘rtasidagi harakat 
qarama-qarshi oqim hosil qiladi. Buning uchun esa pul egalari sotib olmoqchi 
bo‘lgan tovar va xizmatlar tarkibi, miqdori, sifati hamda narxi bo‘yicha ishlab 
chiqarilgan tovar va xizmatlar turi, miqdori, sifati hamda qiymati bilan mos 
tushishi lozim. Bunday moslikning qanchalik ta’minlanishi turli bozorlar orqali 
aniqlanadi va tartibga solinadi. Bu moslik darajasi yalpi talab va yalpi taklif 
o‘rtasidagi muvozanat va uning o‘zgarishi orqali aniqlanadi. 
Yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi nisbatni quyidagi rasm orqali ifodalash 
mumkin (15.6-rasm). Albatta, real hayotda bunday to‘liq muvozanatlik sodir 
bo‘lishi juda qiyin va murakkabdir. Lekin tovar va xizmatlarning u yoki bu turlari, 
miqdori va sifati bo‘yicha mos kelish hollari uchrab turadi. Yalpi talab bilan yalpi 
taklifning bir-biriga mosligi iqtisodiy muvozanat deb ham yuritiladi.

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish