419-guruh talabasi Sadullayev Muhammadsaid Samarqand



Download 60,4 Kb.
bet1/7
Sana01.07.2022
Hajmi60,4 Kb.
#722670
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI


SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI

“Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fanidan




KURS ISHI

Mavzu: “Yalpi talab va yalpi taklif modeli”

ILMIY RAHBAR:
BAJARDI: Bakalavr
IK-419-guruh talabasi
Sadullayev Muhammadsaid

Samarqand 2022

Reja:



Kirish………………………………………………………….
I. BOB. Yalpi talab va yalpi taklif modelining nazariy asoslari.
1.1. Yalpi talab va yalpi taklif haqida tushuncha va uning mohiyati va ahamiyati.
1.2. Yalpi talab va yalpi taklif modeliga ta’sir etuvchi omillar.
II.BOB. Yalpi talab va yalpi taklif modeli ko’rsatkichlari.
2.1. Yalpi talab va yalpi taklif modelining hozirgi kundagi
holati tahlili.
2.2. Yalpi talab va yalpi taklif modelini rivojlantirish
imkoniyatlari
Xulosa…………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………





Kirish
Ushbu kurs ishida siz iqtisodiyotning eng kerakli organlari bo’lgan talab va taklif haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lasiz. Kurs ishining asosini boshlashdan oldin sizga talab va taklif haqida boshlang’ich tushunchalarni keltirib o’tmoqchi-
man.
Barchamizga ma’lumki iqtisodiyotning 2 ustuni talab va taklif hisoblana-
di. Biz kundalik hayotda bir tovarning bozori chaqqon bo‘lib, tez sotilishini, boshqa tovarning esa bozori kasod bo’lib, uning uzoq sotilmay turib qolishini kuzatamiz. Xo‘sh nega shunday bo‘ladi? Buning asl sababi u yoki bu tovar-ga talabning har xil bo’lishidir, chunki mana shu narsa bozorga jiddiy ta’sir etadi. Bozorga xaridorlar o’z talabi bilan chiqadi, bunga javoban taklif etadilar. Ta-
lab iste’molchining ehtiyojini bildiradi, ehtiyoj yo‘q joyda talab ham bo'lmaydi. Ammo ehtiyoj bo‘la turib talab bo‘lmasligi ham mumkin, chunki xarid uchun pul yetmaydi.
Demak, talab bu bozorga chiqqan ehtiyoj, lekin talab — bu shunchaki ehtiyoj
emas, balki to’lovga qobil, ya'ni pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Masalan, kimningdir mebel sotib olish xohishi bo‘lsa-yu, biroq zarur miqdorda puli bo‘lmasa, xohishi ro‘yobga chiqmaydi, uning ehtiyoji mebel bozorida talabni hosil qilmaydi.
Talab — bu xaridorning yoki barcha xaridorlarning bozorda mavjud bo‘lgan narxda tovarlarni sotib olishga tayyor bo‘lishi yokisotib olish ishtiyoqidir.
Ayrim xaridor talabi individual talab, deb ataladi. Muayyan tovarlarga barcha xaridorlarning bildirgan talabi bozor talabi, deb aytiladi. Binobarin bozor talabi — bu individual talablar majmuasi, ularning hosilasi. Masalan, «А» xaridor piyoz bozorida 2 kg 90 piyozning har kilosini 750 so‘mdan, jami 1500 so‘mga sotib olishga talab bildiradi. Bu individual talab. Piyoz bozoriga murojaat etgan jami xaridorlar kilosi 750 so‘mlik piyozdan 50000 kg sotib olishga shay turadilar. Mana bu bozor talabidir. Bozor talabi individual talabning miqdori va xaridorlarning soniga bog‘liq bo‘ladi.
Talabning miqdori — bu sotilgan tovarlar summasi bo‘lib, bu har bir tovaming sotilish narxiga va tovarlaming umumiy miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Yalpi talab ­­­– ­iqtisodda yakunlangan mahsulotlar va xizmatlar uchun maʼlum bir paytda va narxda boʻlgan umumiy talab. Yalpi talab barcha mumkin boʻlgan narx darajalarida sotib olinadigan mahsulotlar va xizmatlar qiytmatini belgilaydi. Yalpi talab biror bir mamlakatning yalpi ichki mahsulotga boʻlgan talabdir.
Taklif — bu aniq bir tovar yoki tovarlarning muayyan vaqtda va muay-
yan narx bilan sotish uchun bozorga chiqarilishidir. Taklif talabdan farqliroq
xarid qobiliyatini emas, balki ishlab chiqarish ko‘lamining qandayligini bildi-
radi. Biroq taklifning miqdori muayyan vaqtda ishlab chiqarish hajmidan kat-
ta bo‘lishi mumkin, chunki bunga chiqarilishi mumkin bo‘lgan, ya’ni zaxi-
radagi tovarlar miqdori ham ta’sir etadi.
Individual va bozor taklifi farqlanadi. Individual taklif bu ayrim ishlab chiqaruvchining, masalan, firma yoki fermer xo‘jaligining muayyan tovarni bozorga taklif etishidir. Ayrim firma 50 ta kostyum taklif qilsa, ayrim fermer xo‘jaligi 100 tonna bug‘doyni bozorga qo‘yadi. Mana shu individual taklifdir. Bozorda tovarni taklif etuvchilar g‘oyat ko‘p, ulaming birgalikdagi taklifi bozor taklifini yuzaga keltiradi. Muayyan paytda barcha ishlab chiqaruvchilar
taklif etgan jami tovarlar bozor taklifi bo‘ladi.
Yalpi taklif – iqtisodiyotda har qanday mumkin boʻlgan narxlar darajasida ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishga tayyor bolgan milliy ishlab chiqarishning real hajmi.

I. BOB. Yalpi talab va yalpi taklif modelining nazariy asoslari.


Har qanday bozorda vaziyat talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga bog‘liq bo‘lib, ular hajmlarining o‘zgarishi baholarning o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Baholarning o‘zgarishi esa talab va taklif hajmlariga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday o‘zaro bog‘liqlik umumlashtirilgan holda ko‘rib chiqiladigan milliy bozorga ham ta’luqlidir.
Alohida tovarlar va xizmatlar bozoridagi bunday bog‘liqlik talab va taklif modeli yordamida tadqiq qilinishini yaxshi bilamiz. Ammo makroko‘lamda milliy ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi bilan birga baholar umumiy darajasining o‘zgarishi o‘rtasida bog‘liqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim davrlarda barqaror o‘sishi, ba’zi davrlarda esa pasayib ketishni izohlab berish uchun bu modellardan foydalanib bo‘lmaydi.
Bu vazifani bajarish uchun yalpi talab - yalpi taklif (AD-AS aggregate demand- aggregate supply) modelidan foydalanamiz. Bu modelda yalpi taklif, baholarning umumiy darajasi kabi agregat ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va baholar darajalarining tebranishlarini hamda ular o‘zgarishining oqibatlarini o‘rganish uchun bazaviy model bo‘lib hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin.
Yalpi talab – uy xo‘jaliklari, korxonalar, hukumat va chet ellik xaridorlarning baholarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo‘lgan talabidir. Yoki boshqacha qilib aytganda yalpi talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilingan umumiy harajatlar yig‘indisidir. Formula ko‘rinishida yalpi talabni quyidagicha tasvirlash mumkin:
AD = C + I + G + Xn.
Baholar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o‘rtasidagibog‘liqlikni ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizig‘i deb ataladi.
Bunday surilishning sababi har xil. Ma’lumki, alohida olingan tovarlar bozorida talab egri chizig‘ining surilishiga asosan daromad samarasi va o‘rinbosar tovarlar sabab bo‘ladi. Ayrim tovarlarning bahosi pasayganda, iste’molchilarning pul daromadlari ko‘proq mahsulot sotib olish imkonini beradi (daromad samarasi). Shuningdek, baho pasayganda iste’molchi ushbu tovarni ko‘proq boshqa sotib oladi, chunki u boshqa tovarlarga nisbatan arzonroq bo‘ladi (o‘rnini bosadigan tovarlar).
Milliy bozorda AD-egri chizig‘ining traektoriyasini, ya’ni uning quyiga egilganligini, avvalo pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yordamida izohlash mumkin:
M V=Y P
Bu yerda:
M – muomaladagi pul miqdori;
V – pulning aylanish tezligi;
P – iqtisodiyotdagi baholar darajasi (baholar indeksi);
Y – talab qilinayotgan real ishlab chiqarish hajmi.
Bu tenglamadan:
P = M V / Y va Y= M V / P
tenglamalarni keltirib chiqaramiz. Bu tenglamalardan ko‘rinadiki, baholar darajasi qancha oshsa, real YaIM hajmiga talab shuncha past bo‘ladi, ya’ni pul massasi (M) va uning aylanish tezligi (V) o‘zgarmas bo‘lsa baholar darajasi va yalpi talab o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud bo‘ladi.

Download 60,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish