Oraliq kesma – ishlab chiqarish real hajmining o‘sishi narxlar darajasining o‘sishiga mos ravishda o‘sib boradi. Nima uchun? Chunki, iqtisodiyotning pasayish holatidan to‘liq bandlikka o‘tishi noteks va turli vaziyatlarda ro‘y beradi. Masalan, ayrim tarmoqlarda resurslarning yetishmasligiga duch kelinsa, boshqa tarmoqlarda hozircha ortiqcha resurslar mavjud bo‘ladi. Shuningdek, ular ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yangi asosiy vositalar sotib olish va malakasiz mutaxassislardan foydalanishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa mahsulotlar birligiga ketadigan xarajatlarning oshishiga va natijada baholar darajasining o‘sishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish hajmi ko‘payishi yoki kamayishi bahoga bog‘liq bo‘lmagan omillar hisobiga ham ro‘y berishi, bu omillar esa yalpi taklif egri chizig‘ini o‘ng yoki chap tomonga siljitishi mumkin. Bahoga bog‘liq bo‘lmagan omillarning xususiyati shundaki, ular mahsulot birligiga ketgan xarajatlarga bevosita ta’sir qiladi va shu orqali yalpi taklif egri chizig‘ining siljishiga sabab bo‘ladi. Bu omillarga texnologiyalardagi o‘zgarishlar, ishlab chiqarish omillari miqdorining o‘zgarishi, resurslar baholarining o‘zgarishi, firmalarni soliqqa tortishdagi o’zga-rishlar boshqalar kiradi.
AD-AS modelida makroiqtisodiy muvozanat
AD va AS egri chiziqlarining kesishish nuqtasi ishlab chiqarishning muvo- zanatli hajmi va baholarning muvozanatli darajasini belgilaydi. Baholarning muvozanatli darajasi deganda baholarning shunday darajasi tushuniladiki, unda yalpi talab va taklif bir-biriga mos kelishi yoki teng bo‘lishi kerak.
Yalpi talab egri chizig‘ini AS egri chizig‘ining vertikal kesmasida o’z- garsa bu ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko‘rsatmaydi va faqat baholar darajasi o‘zgaradi, xolos. Ya’ni, bu kesmada talabning oshishi talab inflatsiyasini keltirib chiqaradi. Yalpi taklifning bu kesmasida talabning har qanday o‘zgarishi faqat baholar darajasi o‘zgarishga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmi esa to‘liq bandlik sharoitida o‘zgarmay qoladi.
Yalpi taklif va yalpi talab o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi makroiqtisodiy beqarorlikni keltirib chiqaradi. Jumladan “jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelishida asosiy sabab – moliyaviy resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi hisoblanishini ta’kidlash lozim. Pul muomalasi qonunlaridan ma’lumki, iqtisodiyot sog‘lom va barqaror amal qilishi uchun muomalaga chiqarilayotgan pul massasi bilan tovar va xizmatlar ishlab chiqarish real hajmi o‘rtasida muayyan nisbatga amal qilinishi lozim. Biroq, milliy iqtisodiyotlarning baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlari pul muomalasining amal qilishiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazib, dastlab ayrim mamlakatlar, masalan AQShda, keyinchalik ko‘plab mamlakatlarda mazkur qonunga rioya qilishning
zaiflashuviga, keyin esa uni umuman e’tiborga olmaslikka qadar olib keldi”.
Natijada muomaladagi pul massasi (yalpi talab) tovarlar va xizmatlar hajmi o‘rtasida muvozanat buzildi, va moliyaviy inqiroz iqtisodiy inqirozga aylandi.
Shu sababli ham makroiqtisodiy siyosatning asosiy vazifalaridan biri makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashdan iboratdir. Bunda yalpi talab va yalpi taklifning dinamik muvozanatiga erishish uchun yalpi talab ni rag‘batlantirish yoki cheklash siyosati, shuningdek yalpi taklifni rag‘batlantirish siyosati qo‘llaniladi.
Yalpi talabni rag‘batlantirish siyosatining ko‘rinishlariga daromadlarni o‘stirish, soliqlarni kamaytirish, bank kreditlarini arzonlashtirish, narxlarni cheklash tadbirlari kirsa, yalpi taklifni rag‘batlantirish siyosatida investitsiyalarni rag‘batlantirish, ishlab chiqaruvchilarga soliq yukini pasaytirish, eksportchilarni qo‘llab quvvatlash va h.k. choralar kiradi.
Qisqacha xulosam shundan iboratki:
AD-AS modeli umumiy makroiqtisodiy muvozanat modeli bo‘lib milliy bozorni qisqa va uzoq muddatga tahlil qilish imkonini beradi. AD-AS modeli iqtisodiy tebranishlarni tahlil qilish va baholash uchun asos yaratadi.
Yalpi talab – uy xo‘jaliklari, korxonalar, hukumat va chet ellik xaridorlarning baholarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo‘lgan talabidir.
Baholar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizig‘i deb ataladi AD egri chizig‘i traektoriyasini pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi bilan hamda baho omillari bo‘lgan foiz stavkasi samarasi, boylik samarasi va import xaridlari samarasi bilan izohlash mumkin. Bahodan boshqa omillar ta’sirida AD egri chizig‘i o‘ngga yoki chapga siljiydi. AS egri chizig‘i keyns, oraliq va klassik kesmalarni o‘z ichiga oladi.
Uzoq muddatli davrlarda AS egri chizig‘i vertikal, qisqa muddatga esa
gorizantal bo‘ladi. Shuning uchun AD dagi o‘zgarishlar ishlab chiqarish hajmi, bandlik hamda baholar darajasiga bu kesmalarda turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Yalpi talab va yalpi taklif hajmlari o‘zaro mos kelgan, ya’ni AD va AS egri chiziqlari kesishgan nuqta makroiqtisodiy muvozanat nuqtasi, unga mos keluvchi baholar darajasi baholarning muvozanatli darajasi deb aytiladi.
AS egri chizig‘i ishlab chiqarishga jalb qilingan resurslar hajmi ko‘payishi hamda yangi texnologiyalarning kiritilishi hisobiga o‘ngga siljiydi. Bu holat iqtisodiy o‘sish deb ataladi. AS egri chizig‘ining chapga siljishi stagflyasiyadan dalolat beradi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining yuzaga kelish sababini yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanat buzilishi bilan izohlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |