Talab qonuni. Talabning narxga bog‘liq elastikligi
Talab qonuni shunday iqtisodiy qonundirki, unga binoan tovarlarga talab ular narxiga teskari mutanosiblikda bo‘ladi. Mazkur qonunga binoan narx oshsa, talab qisqaradi, narx pasaysa, talab oshadi, ammo buning uchun narxga ta’sir etuv-chi boshqa omillar o‘zgarmasligi kerak. Masalan, narx oshganda talab qisqarishi uchun albatta, xarid qobiliyatini belgilovchi daromad o‘zgarmasligi kerak. Agar daromad narxga nisbatan ko‘proq oshsa, talab ham ortadi. Natijada narx bilan talab o‘rtasidagi teskari mutanosiblik buziladi. Narx va talabning o‘zaro naqadar bog’liqligini bilish uchun boshqa omillar o'zgarmaydi, deb taxmin qilinadi. Bunda talab boshqa omillar ta’siridan xoli etilib, uning narxga ta ’siri aniqlanadi.
Talab qonunini miqdoran talab elastikligi (o‘zgaruvchanligi) ifoda etadi. Shunga qarab narxning o‘zgarishiga javoban talab naqadar o‘zgarganligini bilish mumkin, bu bilan talab qonuni qanday amal qilayotganligi aniqlanadi, ammo buni talabning daromad ta’sirida o‘zgarishi aks ettirmaydi.
Talabning narxga binoan elastikligi bu narxning o‘zgarishiga javoban talab- ning naqadar o‘zgarganligini bildiradi.
Agar narxga javoban talab jiddiy tarzda o‘zgarsa talab elastik hisoblanadi, agar bu o‘zgarish sust bo‘lsa, noelastik talab mavjud bo‘ladi. Talabning elastik- ligini ko‘p hollarda 4 ta omil yuzaga keltiradi.
Birinchi omil talab chaqiradigan tovaming o‘zi qanday bo’lishi. Ma’lumki tovarlar 2 xil bo‘ladi: a)kundalik eng zarur tovarlar, bulami hamma iste’mol qiladi; b) prestijli, eng zarur bo‘lmagan yoki zebu-ziynat hosil qiluvchi tovarlar. Bu tovarlarni hamma emas, saylangan xaridorlar iste’mol qiladi, Bular odatda, puldorlar yoki ayrim tovar havasmandlari bo‘ladi. Kundalik tovarlarga talabning elastikligi past bo‘ladi, chunki narxning o‘zgarishiga javoban ularga talab kami q o‘zgaradi. Masalan, Sirdaryo balig‘ining narxi 20% oshsa, unga talab 22%ga qisqarishi mumkin. Noyob osyotra balig‘ining narxi 20% oshsa, unga talab 50% qisqaradi, chunki uning xaridorlari cheklangan. Shunday tovarlar ham borki, ular narxining o‘zgarishitalab elastikligini vujudga keltirmaydi. Masalan, non, tuz, gaz, elektroenergiya yoki gugurt. Bularni iste’mol qilmaslikning iloji yo‘q, shu sababli narxning o‘zgarishi ularga talabning elastikligini yuzaga keltirmaydi. Agar xona- don kuniga 10 ta non olsayu, non narxi 10% oshsa, u baribir 10 ta non oladi, lekin boshqa tovarlar, masalan, go‘sht xaridini qisqartiradi. Xonadon 2 oyda 1 pachka (1kg) osh tuzi ishlatadi. Tuz narxi 20% arzonlashsa, u 2 pachka tuz olmaydi, chunki ovqatni sho‘r qilish talab qilinmaydi. Aksincha, tuz narxi 20% oshsa, xonadon 0,5 kg tuz olmaydi, chunki u ovqatni tuzsiz, yoki tuzini past qilib iste’mol qila olmaydi. Saylangan tarzda iste’mol qilinadigan tovarlarga talab ancha elastik bo‘ladi. Narx o‘zgarishiga nisbatan ularga talab tezroq o‘zgaradi. Masalan, «Nexia» rusumli avtomashina narxi 20% ga oshsa, unga talab 30% ga qisqaradi. Chunki talab narxga sezgirlik bilan javob beradi. Xuddi shuningdek, «Nexia» narxi 20 % tushsa, unga talab 30% ortishi mumkin.
Ikkinchi omil. Bozorda o‘rinbosar tovarlaming mavjudligi. Shunday sharoit- da narx oshganda talab boshqa narxi o‘zgarmagan tovarga kuchayadi, chunki bu tovarlar o‘rinbosar bo‘lib, bir xil ehtiyojni qondiradi. Masalan, plash va kurtka. Plashga narxning ortishi kurtka narxi o‘zgarmaganidan unga talabni oshirib yubo- radi, ya’ni uni elastik qiladi. Sariyog‘ arzonlashsa, margarin o‘rniga uni ko‘proq olishadi. Agar sariyog' qimmatlashsa, margaringa talab oshib, u elastik holatda bo‘ladi. Agar tovaming o‘rinbosari bo‘lmasa, narxning o‘zgarishi uning o‘ziga bo‘lgan talabni elastik qiladi.
Uchinchi omil — bozorning tavsifi. Agar bozor tor bo‘lsa, narx o‘zgarishi u yerdagi muayyan tovarga bo‘lgan talabni elastik qiladi. Bordiyu bozor kengroq bo‘lsa, substit — o‘rinbosar tovarlami topish mumkin. Bu yerda bir tovarga narxning o‘zgarishi unga talabni elastik qilinmasdan boshqa tovarga ko‘chirib,
uning talabini elastik qiladi.
To‘rtinchi omil — bu talabning qanday vaqt oralig'ida o‘zgarishi. Agar qisqa vaqtni olsak, bunda talabning narxga bog‘liq elastikligi sezilmaydi, uzoq davrda u yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, kvartira haqi va kommunal xizmatlar narxi oshsa, dastlab ularga talab o‘zgarmay turadi, so‘ngra u elastik bo‘ladi, chunki kishilar arzonroq kvartirani xush ko‘rishadi, ular 3 xonali kvartiradan 2 xonaliga, 2 xonalikdan 1 xonalikka o‘tadi. Kichik kvartira haqi oshgan holda, katta kvartira haqi qisqaradi. Shuningdek, yengil avtomobil qiinmatlashdi deylik, bu darhol unga talabni elastik qilmaydi, so‘ngra esa bu elastik holiga keladi, chunki kishilar avtomobilda kam yurishadi, uni kam olishadi, so‘ngra avtomobil o’rniga metro, avtobus, tramvay va trolleybusdan foydalanishadi. Xullas, elastiklikni yuzaga chiqaruvchi omillar bir xil emas, ularning tovar xaridiga ta’siri turli yo‘nalishda boradi. Talabning elastiklik darajasini uning koeffitsiyenti ifoda etadi. Talabning narxga bog‘liq elastiklik koeffitsiyenti bu talab hajmi o‘zgarishining narxning o‘zgarishiga bo‘lgan nisbatidir.
Taklif qonuni shunday qonundirki, unga binoan tovarlar takliflarning narxi- ga nisbatan to‘g‘ri mutanosiblikda bo’ladi.
Bu qonunga ko‘ra narx oshsa, tovarlar ko‘plab taklif etiladi, narx pasaysa, taklif ham kamayadi. Shunday hodisa tovarning ishlab chiqarish xarajatlari o‘zgarmagan holda yuz beradi, chunki narx oshgan holatda tovarlar ko‘p sotilib, ishlab chiqaruvchi oladigan foyda ko‘payadi, demak u taklifni oshirishdan manfaatdor bo‘ladi. Aytaylik «А» tovarning xarajati 5000 so‘m, sotilish narxi 6000 so‘m, demak olingan foyda 1000 so‘m. Bordiyu xarajat 5000 so‘mligicha qolib, narx 6500 so‘mga chiqsa, bir tovar sotishdan kelgan foyda 1500 bo‘ladi. Agar oldin 100 ta tovar taklif etilsa, so‘ngra 120 ta tovar taklif etiladi, chunki birinchi holda ishlab chiqaruvchi 100 ming (100x1000) foyda ko‘radi, ikkinchi holda esa 180 ming so‘m (120x1500) foyda oladi. Foydani ko‘p olish taklifni rag’batlantira- di. Agar qo‘shimcha tovarlami sotishdan tushgan tushum ulami ishlab chiqarish va bozorga keltirish xarajatlarini qoplamaydigan bois, narx oshishiga qaramay, taklif ko‘paymaydi.
Bordi-yu narx pasaygan holda ishlab chiqarish va sotish xarajatlari yanada ko‘proq kamaysa, unda tovarni taklif qilish ko‘payishi mumkin. Ayrim tadbirkor faoliyatiga to‘g‘ri keladigan bu qoida jami biznesmenlar faoliyatiga nisbatan ham o‘z kuchini saqlab qoladi. Shu sababli taklif qonuni bozor taklifiga ham xos bo‘ladi. Taklif qonuni taklifning elastikligida miqdoriy ifodasini topadi.
Taklifning narxga bog‘liq elastikligi taklifning narxga nisbatan naqadar o‘zgarishini bildiradi.Taklif elastikligini narxdan boshqa omillar ham yuzaga keltiradi, biroq bularni taklif qonuni izohlamaydi. Narxdan boshqa omillarga quyidagilar kiradi:
1. Resurslar narxi. Bu narx oshsa, xarajat ortadi, agar u kamaysa, xarajat pasayadi. Shunga ko‘ra ishlab chiqaruvchining oladigan foydasi kamayadi yoki ko’payadi. Foyda kamayganda taklif qisqaradi, u ko’payganda esa taklif ortadi. Masalan, metall narxining ortishi undan tayyorlanadigan stanoklar xarajatini oshirib, ularni kamroq taklif etilishiga olib keladi, chunki bundan foyda kam olinadi. Agar metall narxi pasaysa stanoklar taklifi ortadi, chunki xarajat qisqarib, bundan ko‘p foyda ko’riladi.
2. Ishlab chiqarish texnologiyasi. Texnologiya qancha yuqori bo’lsa, shun- chalik xarajatlar kam bo’ladi, chunki ular tejaladi. Foyda olishga intilish ishlab chiqaruvchilarni taklifni ko’paytirishga undaydi. Metallni qayta ishlashni olsak uning narxi oshganda ham stanok taklifi ko’payishi mumkin, chunki yuksak texnologiya kiritilganda, metall tejalib xarajatlar qisqaradi. Masalan, bitta stanok yaratish uchun 0,5 tonna metall kerak. 1 tonna metall 800 dollar turadi, demak bitta stanokning metall sarfi 400 dollar (800:2=400). Narx 10% oshganda metall sarfi 440 dollar bo’ladi, lekin yangi texnologiya kiritilishi tufayli metall sarfi 20% qisqaradi, natijada 88 dollar tejaladi. Metall narxi ortishiga qaramay ishlab chiqarishning metall sig’imi qisqaradi. Ilgari metall sarfi 400 dollar bo’lsa, endi uning sarfi 352 (440-88=352) dollar. Bu esa foydani oshirib, taklifni ko’paytiradi.
3. Moliya vositalari. Bular jumlasiga soliqlar va subsidiyalar (moliyaviy yordam) kiradi. Soliqlarning ortishi xarajatlarni oshirib, foydani qisqartiradi, demak taklifni ham qisqartiradi. Aytaylik soliqlar ishlab chiqaruvchilar tushumi- ning (tovar sotishdan kelgan pul) 28 % iga teng. Soliq oshib, u 40 % ga yetsa, o‘z-o‘zidan ma’lumki, bu narx o’zgarmagan sharoitda foydani 12 % (40-28=12), qisqartiradi. Shunga javoban ishlab chiqaruvchi taklifni qisqartirib, boshqa foydasi ko‘proq tovarni ishlab chiqarishga o‘tadi. Bordiyu davlat yangi tovarni ishlab chiqarishga subsidiya bersa, uning hisobidan xarajatlarning bir qismi qoplanib, korxonaning o‘z sarfi qisqaradi va shu subsidiya summasiga teng qo‘shimcha foyda ko‘riladi. Bu esa tovar taklifni ortishiga olib keladi. Masalan, bitta geleoisitgich (quyosh isitgichi) 5 min so‘mga sotiladi. Bundan 50 ming so‘m foyda ko‘riladi. Agar davlat firmani rag‘batlantirish maqsadida bitta isitgich uchun 50 ming so‘m subsidiya bersa, foyda shunchaga ko‘payadi va 100 ming (50+50=100) so‘mni tashkil etadi. Shunga binoan subsidiya isitgich ishlab chiqarishni ko‘paytirib, uning bozorga taklif qilinishini oshiradi.
4. Bozorga taklif etiladigan boshqa tovarlar narxi. Bozorga turdosh, o’rinbo- sar yoki bir-birini to’ldiruvchi tovarlar chiqariladi. Ulardan birining narxini o’zga-rishi boshqasining taklifni o‘zgartirib yuboradi, chunki bu talabga ta’sir etadi. Masalan, marshrutli taksi narxi oshsa unga talab qisqaradi, bu avtobus xizmatlari- ga talabni oshirib, ular taklifmi ko‘paytiradi.
5. Bozor narxlarining o‘zgarish ehtimoli. Tovar taklifni ishlab chiqaruvchilar bozor narxini mo'ljalga olib shakllantiradilar. Foyda ham, zarar ham narxga bog‘liq bo‘lganidan ishlab chiqaruvchilar tovarni, bozorga birdan chiqarishi yoki qulay payt poylab chiqarmay turishi mumkin. Agar narxning ortishi kutilsa tovar taklif etilmay turiladi. Bordiyu narxning pasayishi kutilsa tovarlar to‘xtatilmasdan bozorga tashlanadi. Ma’lumki, dehqonlar sabzi, piyoz, kartoshka kabi mahsulotlar- ni kuzda sotmay, qishda va erta bahorda narx ortishini poylab turadilar va ularni kechiktirib taklif etadilar. Agar neft narxining ortishi kutilsa, uning zaxirasi ko‘paytiriladi, bordiyu narxning pasayish ehtimoli bo‘lsa, neftni zaxiraga o’tkaz- may uni darhol bozorga tashlaydilar.
6. Resurslar va ishlab chiqarish quvvatlarining yetarli bo’lishi yoki bo’lmas- ligi. Taklif ortishi uchun qo‘shimcha ishlab chiqarish imkoniyatlari bo‘lishi zarur. Agar bular bo‘lmasa, narx oshgan taqdirda ham taklif ko‘paymaydi. Resurslar cheklanganligidan ularni ko‘paytirish vaqt talab qiladi. Ulardan ayrimlarini umu man ko‘paytirib bo‘lmaydi, masalan, yerosti boyliklarini. Tiklanadigan resurslar esa vaqt talab qilganidan taklifni darhol oshirmaydilar. Masalan, o‘rmondagi daraxt 30 yilda pishib yetiladi, yog‘och narxi qanchalik oshmasin, agar daraxti mo‘l o‘rmon bo‘lmasa taklifni ko‘paytirish mushkul ish. Resurslar yetarli bo‘lganda ham bo‘sh turgan ishlab chiqarish quvvatlari bo‘Imasa, taklifni oshirib bo‘lmaydi. Masalan, neft narxi oshdi, yer qa’rida neft ham bor, biroq ishlamay turgan neft quduqlari yo‘q. Demak, neftni qo‘shimcha chiqarib bo‘lmaganidan, uning taklifi ortmaydi. Taklifga ta’sir etuvchi onullar turlicha va hatto qarama-qarshi yo‘nalishda boradi va bu uning notekis o ‘zgarishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |