419-guruh talabasi Sadullayev Muhammadsaid Samarqand


Yalpi talab va yalpi taklif modeliga ta’sir etuvchi omillar



Download 60,4 Kb.
bet5/7
Sana01.07.2022
Hajmi60,4 Kb.
#722670
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi

1.2. Yalpi talab va yalpi taklif modeliga ta’sir etuvchi omillar.
Bozorga xos belgi u yerdagi talabning o‘zgaruvchan bo‘lishidir. Talabning o‘zgarish shiddati unga ta’sir etuvchi omillaming kuchiga bog‘liq bo‘ladi:
1. Tovarlarning narxi. Narx pasaysa, tovarga talab ortadi, uni ko‘proq xarid qilishadi. Aksincha, narx oshsa, talab qisqarib, tovar kamroq xarid etiladi.
2. Daromadlar miqdori. Daromad xarid qobiliyatini belgilaydi. Narx o’zgar- magan taqdirda daromad o‘zgarsa, shunga ko‘ra tovar xaridi ortadi yoki qisqaradi. Daromadning talabga ta’siri jihatidan tovarlar ikki guruhga ajratiladi. Birinchisi, odatdagi tovarlar bo‘lib,bularga talab daromad kamaygan sharoitda ham ortib boradi, chunki boshqa qimmatroq tovarlar xaridi kamayganidan ularga talab ortadi. Masalan, o‘z mashinasida yurgan odam daromadi kamayganda uning xarajatlarini ko‘tara olmay qoladi, natijada u avtobusda yura boshlaydi, binobarin avtobus xizmatiga talab ortadi. Aytaylik oila daromadi yuqori paytda oyiga 2 quti kir yuvish kukunini olar edi. Uning daromadi 25 %ga qisqarib ketdi. Endi u 2000 so‘mlik poroshok o‘miga 500 so'mlik kirsovun oladi, demak sovunga talab oshadi. Ikkinchisi, oliy toifali tovarlar. Bularga talab daromadga qarab oshib turadi. Narx o ‘zgarmagan, hatto u oshgan sharoitda ham bu tovarlarga talab oshadi, chunki ulami sotib olish imkoni bo‘ladi. Bunday belgi, ayniqsa, urfga kirgan tovarlarga xos bo‘ladi. Masalan, o ‘tgan asming 80-yillarida jinsi kiyimlar urfga kirgan. Ular narxi oshishiga qaramay ommaviy ravishda xarid etilgan, chunki bunday kiyimda yurish obro‘li sanalgan.
3. O‘rinbosar tovarlar narxi. Bir tovar narxi oshsa, unga talab qisqarib, buning o’rnini bosuvchi boshqa tovarga talab oshadi. Bunday qoida bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlarga xos bo‘ladi. Masalan, kiyim hech qachon ovqatning o‘mini bosa olmaydi, shu bois uning narxining o ‘zgarishi oziq-ovqatga talabni o‘zgartirmaydi. Ammo go‘sht narxining ortishi tuxumga talabni oshiradi, chunki tuxum go‘sht kabi oqsilli oziqadir, ya’ni uning o’rnini bosa oluvchi tovardir. Masalan, oila haftasiga bir marta osh damlaydi, buning uchun 300 g go‘sht kerak. Aytaylik, go‘sht narxi 50% oshdi, bu oilaga og‘irlik qilganidan, u tuxum bilan osh damlaydi. O‘rinbosar tovarlar substitut tovarlar, deyiladi. Bular juftli tovarlar bo‘lib, ulardan birining narxi oshishi boshqasiga talabni oshiradi. Masalan, «Fanta» va «Cola» alkogolsiz ichimlik, ularning ikkalasi ham chanqoqbosdi ichimlik. Agar «Cola»ning narxi oshsa, «Fanta»ga talab kuchayadi. Tovarlar juftligida bir-birini to’ldiruvchi tovarlar ham bo‘ladi. Ulardan birining iste’moli albatta ikkinchisini ham iste’mol qilinishini bildiradi. Agar bir tovar narxining o ‘sishi boshqa tovarga talabni oshirsa, bunday tovarlar bir-birini to‘ldiruvchi tovarlar, deb yuritiladi. Masalan, videomagnitofon narxi pasaysa, videokassetalarga talab ortadi, avtomashina narxi pasaysa benzinga talab ortadi. Narx oshsa, buning aksi yuz beradi.
4. Xaridorlarning didi. Xaridorlar g‘oyat ko‘pchilik bo‘lganidan ularning individual didi jiddiy farqlanadi, chunki ayrim iste’molchi yoki oila har xil tovarlami afzal ko‘radi va didiga yoqqanini tanlab oladi. Xaridor didi subyektiv, ya’ni u nimani xush ko‘rishi uning o‘ziga bog‘liq. Ammo did ham yangi odatlar va moda ta’sirida o‘zgarib turadi, talabga ta’sir etadi.
5. Xaridorlar soni. Xaridorlaming oz yoki ko‘p bo‘lishi va ularning xarid qurbi talabga ta’sir etmay qolmaydi. Xaridorlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, talab shunchalik ortadi va aksincha bo‘ladi. Masalan, bir bozorga' 100 ta xaridor kelib «А» tovardan 300 ta oladi, boshqa bozorga 200 ta xaridor kelib, xuddi shu tovardan 600 ta oladi. Xaridorlar soni aholisi ko‘p bo‘lgan mamlakatlar uchun (masalan, Xitoy va Hindiston) muhim. Aholisi kam mamlakatlarda talabga aholi sonidan ko‘ra, uning yonidagi puli ko‘proq ta’sir etadi.
6. Xaridorlaming o‘zgarishlarni kutishi. Muayyan paytda xaridor talabi u ikki narsani kutishiga bog‘liq, birinchisi daromadning o‘zgarishi, ikkinchisi narxning o‘zgarishi. Agar pul daromadlarining ortishi kutilsa, oldin pul kamligidan xarid etilmay turilgan tovarlarga ham talab paydo bo‘ladi. Agar narxning ortishi kutilsa joriy talab ortadi, narxning pasayishi kutilsa u qisqaradi, ya’ni narx tushgan paytga ko‘chiriladi. Masalan, kuz paytida sabzi, piyoz va kartoshkaga talab ortadi, chunki qishda narxning ortishi kutiladi. Ertapishar meva va sabzavotlar narxi yuqori bo‘lganidan ularga talab kam bo‘ladi, chunki xaridorlar qizg‘in pishiqchilik davrida ular narxining pasayishini kutadilar. Shunday qilib talabga xilma-xil omillar ta’sir etadi, lekin bular orasida narx va daromad asosiydir. Talab o‘sayotgan, barqaror qondirilgan, qondirilishi kechiktirilgan, normal va vahima talablarga bo‘linadi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot davomida ehtiyojlar yuksalib borishi munosabati bilan talab ham o‘sadi. Ishlab chiqarish kuchli joyda talab barqaror qondiriladi. Ishlab chiqarish hajmi pasayib ketganda eng zarur tovarlarga bolgan talab ham yetarli darajada qondirilmay qoladi, ularni qondirish muddati orqaga surilib, kechiktiriladi. Kechiktirilgan talab nosog‘lom iqtisodiyot belgisidir. Uning ortib borishi natijasida korxona, tashkilotlar va aholi qo‘lida to ’plangan pul tovar bozoriga tazyiq o‘tkazib, narxni oshirishga sabab bo‘ladi. Bir tovarga talab qondirilmasa, u boshqa tovarga ko‘chadi. Sotilish ko‘payib, serob bo’lgan tovarlar ham taqchil tovarga aylanadi. Kechiktirilgan talab zanjirli aks ta’sirlar orqali umuman bozorda talabni izdan chiqaradi. Vahima talab bozordagi shov-shuv va vahima ta’siri ostida sun’iy paydo bo‘ladigan va shiddat bilan ortib boradigan talabdir.
Vahima talab odatdagi normal talabga nisbatan ortiq bo’lgan talab hisobla- nadi. Bunday talab bir tomondan, aholi orasida mish-mishlar tarqatish va reklama vositasida muayyan tovarga o'ta yuqori baho berish orqali iste’molchi ruhiyatiga ta’sir etish yo‘li bilan, ikkinchi tomondan, tovarlarga bo‘lgan g‘oyat katta qiziqish, qimmatchilik xavfi, pul almashish ehtimoli, har xil gap-so‘z ta’sirida puldan tezroq qutulishga intilish oqibatida yuzaga keladi. Vahima talabning paydo bo‘lishi bozor narxini ko'tarib yuboradi, tovarlar talashib olinadi, taqchillik kuchayib ketadi. Vahima talab iqtisodiyotda uchrab turadigan hodisa. Lekin u o‘tkinchi xarakterga ega bo‘lib, xaridorlar puli tamom bo‘lguncha davom etadi. Bozor iqtisodiyotiga qonuniy tarzda o‘sib borayotgan normal talab xos bo‘ladi.


Download 60,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish