134
ekanligini, bu xususiyatlarni bilishning bozor ishtirokchilari uchun o‘ta
muhim
ekanligini hamma ham tushunavermaydi.
Shuni ta’kidlash joizki, har qanday ishlab chiqarilgan narsa: maxsulot yoki
xizmat ham tovar bo‘lavermaydi. Masalan, dehqonning o‘z tomorqa xo‘jaligida
o‘zining iste’moli uchun etishtirgan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari
ko‘pchilik oilada kishilarning o‘z oilasi uchun qilgan xizmatlari tovar bo‘lmaydi.
Tovar bo‘lishi uchun eng avvalo, u bozorda sotish uchun boshqalarning extiyojini
qondirish uchun ishlab chiqarilishi, unda ikki xususiyat: naflilik va qiymat mavjud
bo‘lishi shart.
Demak, tovar bir-biriga qarama-qarshi turgan ikki tomonning qiymat va
naflilikning birligidan iboratdir. Tovardagi bir-biriga qarama-qarshi turgan bu ikki
xususiyat unda gavdalangan mehnatning ikki yoqlama tavsifidan ya’ni aniq va
abstrakt mehnatning natijasida kelib chiqadi.
Bunda aniq mehnat tabiat ashyolaridan foydalanib tovarning nafliligini ya’ni
kishilarning biron-bir narsaga bo‘lgan extiyojini qondirish qobiliyatini yaratadi,
ya’ni yerning tuproq
unumdorligidan foydalanib, turli xil qishloq xo‘jaligi
maxsulotlarini ishlab chiqaradi, yer qaridan olingan temirdan turli xil asbob
uskunalar, buyumlar, mashinalar yasaydi. O‘rmonda o‘sib turgan yog‘ochlardan
uylar quradi, yog‘och buyumlar yasaydi va h.k. Abstrakt mehnat esa uning
qiymatini yaratadi. Gap shundaki, mehnatning ikki tomonlama tabiati bir vaqtning
o‘zida ro‘y beradi va bir vaqtning o‘zida tovarning ikki xil xususiyati yaratiladi.
Tovarning qiymatini va nafliligini, ularning bir-biriga
qarama-qarshi turgan ikki
tomonini, bu ikki tomonning doimo harakatda, rivojlanishda bo‘lib, o‘zgarib
turishini, ular bir-biri bilan o‘zaro ta’sirda hamda o‘rin almashib, shakl almashib
turishini bilmaslik natijasida sifat jihatdan bir-biridan farq qiladigan iqtisodiy
jarayonlarni, ularning omillari, manbalari va natijalarini
bir-biri bilan adashtirish,
ularga bir xil tushuncha deb qarab, chalkashliklarga yo‘l qo‘yish xollarini keltirib
chiqaradi. Masalan, tovarning qiymati va nafliligining farqiga bormaslik, ularni
aniq ajrata bilmasdan bir xil tushuncha deb qarash nazariy va amaliy jihatdan
zararli xulosalar va amaliy harakatlar qilinishiga sabab bo‘ladi. Bunday noaniqlik
135
va chalkashliklar K.Marksgacha yashab, ijod qilgan va undan to hozirgacha
iqtisodiy ta’limotlar tarixida ma’lum bo‘lib, ijod qilgan.
Agar biz ikki tomonlama yondashuv va taxlil usulini qo‘llab, har bir tovarda
va xizmat birligida, binobarin yaratilgan barcha tovarlarda
qiymat va naflilik
borligini mana shu qiymat va naflilik degan tushunchalarni, ularning kelib chiqish
sababi bo‘lgan mehnatning ikki tomonlama tavsifini (aniq va abstrakt mehnatni)
ularning harakatidagi o‘zgarishlarni bilsak, uni e’tiborga oladigan bo‘lsak va uni
rivojlantirsak, o‘z faoliyatimizda qiymatni ko‘paytirishga emas, aksincha, uni
kamaytirib naflilikni ko‘paytirishga harakat qilishimiz zarurligini anglaymiz. Bu
narsani to‘g‘ri va aniq tushunish uchun yana bir bor misol bilan ko‘rsatishimiz
mumkin. Masalan, g‘alla, paxta, sabzavot ekayotgan xo‘jalik ularni ekish, o‘stirish,
parvarishlash va nihoyat yig‘ib olish uchun mehnat, moddiy, pul xarajatlarini
amalga oshiradi. Bunda turli darajadagi xo‘jalik uchun, jumladan dehqon uchun
etishtirayotgan turdagi mahsulotning hajmi
va sifatini oshirish muhimdir,
xarajatlarni esa iloji boricha kamroq sarflash, binobarin, qiymatni pasaytirish
asosiy maqsad bo‘ladi.
Shuni ta’kidlash joizki, har qanday ishlab chiqarilgan narsa ham tovar bo‘lishi
uchun unda ikki xususiyat mavjud bo‘lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: