Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Mahsulot va xizmatlarni o‘z ehtiyojini qondirish uchun emas, balki



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Mahsulot va xizmatlarni o‘z ehtiyojini qondirish uchun emas, balki 
bozorda ayirboshlash uchun ishlab chiqarish – tovar ishlab chiqarish,
bunday 
ishlab chiqarishga asoslangan xo‘jalik esa – tovar xo‘jaligi deyiladi.
Tovar 
xo‘jaligida kishilar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar buyum orqali, ular mehnati 
mahsulini oldi-sotdi qilish orqali namoyon bo‘ladi. Tovar ishlab chiqarish natural 
xo‘jalikning rivojlanishi, mahsulotlar turi va miqdorining o‘sishi natijasida paydo 
bo‘ladi. Natural va tovar xo‘jaliklarining bir-biridan farqini 4.1-jadval orqali 
ko‘rish mumkin. 
4.1-jadval
Natural va tovar xo‘jaligining asosiy farqlari 
Asosiy jihatlar 
Natural xo‘jalik 
Tovar xo‘jaligi 
1. Ne’matlar ishlab 
chiqarishning asosiy 
maqsadi 
Shaxsiy ehtiyojlarni 
qondirishda foydalanish 
Boshqa 
tovarlarga 
ayirboshlash, bozorda oldi-
sotdi qilish 
2. Ishlab chiqariladigan 
mahsulot tarkibining 
aniqlanishi 
Ehtiyojlar va imkoniyatlar-
dan kelib chiqqan holda 
oldindan aniqlanadi 
Bozordagi muayyan talab va 
ishlab chiqaruvchining xususiy 
manfaati asosida aniqlanadi 
3. Iste’molchini o‘ziga 
jalb etish uchun kurash 
Bunday kurash mavjud 
emas 
Bunday kurash mavjud va 
tovar xo‘jaligining rivojlanishi 
bilan kuchayib boradi 
4. Ishlab chiqarilgan 
mahsulotning iste’mol 
qilinish darajasi 
Barcha ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar to‘liq iste’mol 
qilinadi 
Ishlab 
chiqarilgan 
mahsulotlarning ayrim turlari 
va qismlari sotilmay qolishi, 
ya’ni iste’mol kilinmasligi 
mumkin
5. Ishlab chiqarish 
jarayonida ishchi 
kuchining ishtirok etish 
tamoyillari 
Ishlab chiqarish jarayonida 
faqat o‘zining va oila 
a’zolarining ishchi kuchidan 
foydalaniladi 
Ishlab chiqarish jarayonida 
ustun ravishda yollanma ishchi 
kuchidan keng foydalanish 
mumkin 
Tovar ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi 
munosabatlarning, mehnatni o‘lchash va uni jamiyatning jami mehnati tarkibiga 
kiritishning o‘ziga xos usulidir. Natural xo‘jalikni siqib chiqarish va tovar 
ayirboshlashning rivojlanish jarayoni mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab 
chiqarishning ixtisoslashuvi, xususiy mulkning vujudga kelishi va rivojlanishi 


131 
asosida individual xo‘jaliklarning tovar ayirboshlashga, oldi-sotdiga o‘tish yo‘li 
bilan boradi. Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv ularni 
turli xil ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida ayirboshlashni zarur qilib qo‘yadi.
Ayni paytda ixtisoslashuv mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi, 
demak, tovar ayirboshlash faqat zarurgina emas, balki foydali bo‘lib ham boradi. 
Vaqtni va moddiy resurslarni tejash tovar xo‘jaligini rivojlantirishning 
harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib chiqadi. Ayirboshlash jarayoniga tortiladigan ishlab 
chiqaruvchilar tobora bir-birlariga ko‘proq bog‘lanib boradilar. Dastlabki davrlarda 
tovar xo‘jaliklari jamoalar, quldorlik latifundiyalari, feodal va dehqon xo‘jaliklari 
o‘rtasida aloqalar o‘rnatilishiga yordam berib, ishlab chiqarishning va umuman 
jamiyatning rivojlanishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochgan.
Ma’lum tarixiy davrlarga kelib tovar munosabatlari jamiyat iqtisodiyotining 
barcha tomonlarini keng va chuqur qamrab oladi.
Tovar xo‘jaligining vujudga kelishi va amal qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy 
asoslari hamda shart-sharoitlari quyidagilardan iborat: 
1) ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi. Bunda ishlab chiqaruvchilar u 
yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ixtisoslashuv, o‘z 
navbatida, qiyosiy ustunlik tamoyili bo‘yicha, ya’ni mahsulotni nisbatan kam 
muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati bilan aniqlanadi;
2) shaxsiy va xususiy mulkchilikning shakllanishi va rivojlanishi. Bunda ular 
o‘z mulklari hamda mehnat natijalarini o‘zlari tasarruf qiladilar; 
3) ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi. Iqtisodiy 
alohidalik xo‘jalik faoliyatiga oid barcha qarorlarni ishlab chiqaruvchining o‘zi hal 
qilishini bildiradi; 
4) Pulning kelib chiqishi va rivojlanishi; 
5) Ishchi kuchining tovarga aylanishi. 
Xuddi shu besh holat hamma narsani tovar sifatida ayirboshlash va ishlab 
chiqarishni tovar sifatida olib borishni zarur qilib qo‘yadi va bozor iqtisodiyoti 
vujudga kelishining shart-sharoiti hisoblanadi. Mehnat mahsuli tovarga, ya’ni 
bozorda ayirboshlash uchun, sotish uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab 


132 
chiqaruvchilar esa tovar ishlab chiqaruvchilarga aylanadi. Tovar ishlab 
chiqarishning mohiyatini yanada kengroq tushunish uchun uning asosiy unsuri 
bo‘lgan tovarning xususiyatlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish