Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Ijtimoiy zaruriy naflilik deb – talab miqdori va sifatiga mos keladigan



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ijtimoiy zaruriy naflilik deb – talab miqdori va sifatiga mos keladigan 
turdagi miqdor va sifatdagi naflilikka aytiladi. 
Ne’matlar tovar bo‘lishi uchun, ular ayirboshlashga mo‘ljallangan, ma’lum 
mehnat sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan bo‘lishi zarur. Shunga ko‘ra, tovar 
mahsulotdan farqlanadi. Tovar, eng avvalo, o‘z iste’moli uchun emas, balki 
boshqalarning iste’moli uchun bozorga sotish maqsadida tayyorlanadigan 
mahsulotdir. 
Tovarning 
natural-buyum 
va 
ijtimoiy-iqtisodiy 
tomonlari, 
xususiyatlari ana shundan kelib chiqadi.


137 
Tovarning almashuv qiymati – bu biror turdagi naflilikning boshqa turdagi 
naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir. Masalan, bitta bolta 20 kg 
donga ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan tovarlarning bu miqdoriy nisbatida 
ularning almashuv qiymati ifodalanadi.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari
1
fikriga ko‘ra, tovarlar qiymatining 
umumiy asosi bo‘lib mehnat hisoblanadi, shu sababli ular ma’lum miqdorlarda bir-
biriga tenglashtiriladi. Tovarlarning og‘irligi, hajmi, shakli va shu kabi tabiiy 
xususiyatlaridan birortasi qiymatning umumiy asosi bo‘la olmaydi. Hatto 
ayirboshlashning zarur sharti sifatida tovarlarning nafliligi ham asos bo‘la olmaydi. 
Chunki, turli tovarlarning nafliligi sifat jihatidan farq qilish bilan birga miqdoriy 
o‘lchamga ega emas. Miqdor jihatdan taqqoslash uchun tovarlarda mavjud bo‘lgan 
umumiy narsa – ularni yaratish uchun sarflangan mehnatdir.
Tovarlar o‘lchovdosh bo‘lishining boisi shuki, bularning hammasi umuman 
inson mehnati mahsulidir, ya’ni inson kuchi, miyasi, mushaklari, asablari va 
hokazolari sarfining mahsulidir. 
Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat 
uning qiymatini tashkil qiladi.
Bu qiymat tovar ayirboshlaganda ko‘rinadi, 
shuning uchun almashuv qiymati (ya’ni iste’mol qiymatlarini ayirboshlash nisbati) 
qiymat shakli bo‘lib, uning ichki mazmunini tashkil etadi. Bu holat L.M.Kulikov 
tomonidan qiymat va almashuv qiymatini tovarning alohida asosiy xususiyatlari 
sifatida ajratilib ko‘rsatilishida namoyon bo‘ladi. «Qiymat – bu tovar ishlab 
chiqarish va uni sotish (ko‘pincha qisqacha qilib «ishlab chiqarish xarajatlari» deb 
ataydilar) qanchaga tushganligi ifodasidir. Tovarni ayirboshlaganda (sotilganda) 
ishlab chiqaruvchi (sotuvchi), tabiiyki, o‘z xarajatlarini qoplashni istaydi, biroq 
bozorda boshqacha nisbatlar tarkib topishi mumkin. Endi ularni boshqa ko‘rsatkich 
– almashuv qiymati ifodalaydi. Bu bir tovar boshqasiga ayirboshlanadigan 
miqdoriy nisbatdir».
2
Tovarning o‘zi esa ikki tomon – naflilik va qiymatning uzviy 
birligidan iboratdir. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, L.Kulikov tomonidan 
qiymatga berilgan yuqoridagi ta’rif ba’zi hollarda iqtisodchilar tomonidan yo‘l 
1
Tovar qiymatini mеhnat bilan aniqlashga yondashuvlarida ma'lum farqlar mavjud bo‘lsada, ularga A.Smit, 
D.Rikardo, U.Pеtti, J.S.Mill va boshqa ayrim iqtisodchilarni, ularning izdoshlarini kiritish mumkin.
2
Куликов Л.М. Экономическая теория: учеб. – М.: ТК Вебли, Изд-во Проспект, 2005, с.129. 


138 
qo‘yiladigan yanglish fikrlardan ham xoli emas. Ya’ni, qiymatning ishlab chiqarish 
xarajatlari bilan ayniylashtirilishini u tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolik deb 
hisoblaymiz. Aslida, ishlab chiqarish xarajatlari qiymatning bir qismi bo‘lib, 
aksariyat hollarda miqdor jihatidan qiymatdan kam bo‘ladi. 
Tovar qiymatining miqdori 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish