Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Qiymatning mehnat nazariyasi 
asoschilari Uilyam Petti, Adam Smit, David 
Rikardolar hisoblanadi. U.Petti – qiymatning mehnat nazariyasining dastlabki 
asoschisi bo‘lib, u qiymatning manbai mehnat hisoblanishini, aynan mehnat sarfi 
tovar qiymati miqdorini belgilab berishini ko‘rsatib o‘tgan. Biroq, U.Petti 
tovarning iste’mol qiymati va qiymati o‘rtasidagi farqni aniq ko‘ra olmagan. U 
tovarning qiymati faqat qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishga sarflanuvchi 
mehnat orqali yaratiladi, deb hisoblagan. A.Smit o‘zining «Xalqlar boyligining 
tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqotlar» (1776) nomli asarida tovarning iste’mol 
va almashuv qiymatini farqlab bergan. U tovar qiymatining yagona manbai bo‘lib 
moddiy ishlab chiqarishning har qanday sohasida sarflangan mehnat hisoblanadi
degan xulosaga kelgan. Shu bilan birga, tovar qiymatining miqdorini har qanday 
mehnat emas, balki jamiyat uchun zarur bo‘lgan o‘rtacha mehnat belgilab berishini 
ko‘rsatib o‘tgan. 
D.Rikardo qiymatning yagona mezoni bo‘lib tovar ishlab chiqarishga 
sarflangan hamda ish vaqti sarflari orqali aniqlanuvchi mehnat hisoblanishini 
isbotlab bergan. U tovarning iste’mol qiymati va qiymati o‘rtasidagi farqni aniq 
ko‘rsatib, har qanday ishlab chiqarishda tovarning qiymati sarflangan mehnat 
orqali aniqlanishini ta’kidlagan. Demak, yuqorida ta’kidlaganimizdek, qiymatning 
mehnat nazariyasi tarafdorlarining fikricha, tovarlarni ayirboshlash ularning 


141 
qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, tovarlarning har bir 
birligini ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan, ya’ni ijtimoiy 
zaruriy ish vaqti bilan o‘lchanadi. Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari tovar 
ishlab chiqarish sharoitida tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi aloqalarni, 
ijtimoiy mehnatni taqsimlash va rag‘batlantirishni tartibga soluvchi obyektiv 
qiymat qonunining mavjudligini e’tirof etadilar. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish