1,2,3-amaliy mashg’ulotlar Bankali go’sht konservalariga tegishli standartlarda xavfsizlik ko’rsatkichlarini aniqlash



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/27
Sana27.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#904070
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
sertifikat amaliy UMK

Tabiiy meva sharbatlari
. Tabiiy sharbatlar - yangi meva va sabza- votlardan
suv yoki shakar qo‘shmasdan olinadigan mahsulotlardir. Ular- ning tarkibida 
bo‘yoqlar, ozuqa kislotalar va konservantlar ishlatilmasligi lozim. 
Sharbatlarni qadoqlashdan oldin sharbatlar paster izatsiya, sterili- zatsiya 
jarayonlaridan o‘tkaziladi. Barcha sharbatlarning sifati standart ta- lablarga 
javob berishi lozim. Sharbatlar tarkibida misning miqdori 5 mg/l, qalayniki 
100 mg/l dan oshmasligi talab etiladi.


Kola ichimligi. Hozirgi kunda ko‘pchilik mamlakatlarda kola ichim- liklari 
tarqalgan bo‘lib, ular o‘ziga xos ta’mi, chanqoq bosuvchanligi bilan 
ko‘pchilikka yoqadi, ayrimlari esa tetiklashtiruvchi ichimlik hisoblanadi. 
Ushbu mahsulot, asosan, AQSH va issiq iqlimli davlatlarda ko‘p tarqalgan.
Kola ichimligi tarkibiga turli xil komponentlar, essensiyalar kiradi. Uning 
nomi 5 ta tetiklashtiruvchi modda ushlovchi kola yong‘og‘idan olin- gan. 
Kola mevasi o‘zida alkaloidlar, kofein (1,2-2 %) va teobromin (0,01 % 
atrofida) tutadi. Kola yong‘oqlari ilgari uchuvchilar uchun uchishdan avval, 
sportchilar uchun esa musobaqalarga va mashg‘ulotlarga tayyor- lanish 
oldidan iste’mol qilinadigan «Kola» shokoladini tayyorlash uchun ishlatilgan.
Pepsi-kola ichimligining asosini turli xil essensiyalar, ortofos- fat kislota, 
kofein, kuydirilgan shakar, kola yong‘og‘i ekstrakti, shakar va suv tashkil 
etadi.
Mineral suvlar. Bular har xil kimyoviy tarkibli bo‘lib, gaz bilan to‘yin- 
tirilgan yer osti suvlaridir. Ayrim mineral suvlar ko‘p miqdorda mikroele- 
mentlar - temir, brom, yod tutadi. Sun’iy mineral ichimlik suvida natriy va 
magniy tuzlarini eritib, karbonat angidrid gazi bilan to‘yintirib, keyin 
idishlarga quyib qopqoqlanadi. Sun’iy mineral suvlarga sodali suvlar kiradi. 
Mineral suvlar tiniq, rangsiz, yot moddalarsiz bo‘ladi. Ularda ozroq mineral 
tuzlarning cho‘kmasi bo‘lishi mumkin.
Mineral suvlar sovuq (20 
o
C gacha), iliq, subterminal (20-37 
o
C), issiq 
terminal (37-42 
o
C), juda issiq giperterminal (42 
o
C dan yuqori) turlarga 
bo‘linadi.
Kimyoviy tarkibiga ko‘ra mineral suvlar karbonat angidridli, oltingu- gurtli, 
radonli, bromli, temirli, yodli va boshqalarga bo‘linadi.


Tabiiy mineral suvlar davolovchi xususiyatga ega bo‘lsa-da, lekin ular 
oshxona suvi sifatida chanqoq qondirish uchun ishlatiladi. 
Bu suvlardan

ayniqsa, Narzan, Yessentuki №20, Berezali turlari mashhurdir.
MDH davlatlarida 170 dan ortiq balneologik (tibbiyotning mineral suvlar va 
loy-balchiqlar xususiyati va ular vositasida davolash bilan shug‘ul- lanadigan 
bo‘limi) kurortlarida 3500 ta mineral suv manbalari mavjud.
Mineral suv manbasi aniqlangan taqdirda o‘sha joyda mineral suvlar bilan 
davolovchi balneologik davolash muassasalari tashkil etiladi. Mineral suvlar 
bilan davolash ichki (ichimlik sifatida) va tashqi (vannalar) turlarga bo‘linadi.
MDH davlatlarida balneologik markazlar, asosan, Kavkaz (Kislovodsk, 
Yessentuki, Pyatigorsk va Jeleznovodsk) shaharlarida mavjud- dir. MDH 
davlatlaridan xalqaro maqomga ega balneologik markazlardan biri bo‘lgan 
Sochining (Masesta) oltingugurtga boy suvlaridan yurak-qon tomir va boshqa
kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Xorijdagi balne- ologik markazlardan 
Karlovi Varining (Chexiya) suvlari ovqat hazm qilish tizimi, oshqozon, o‘n 
ikki barmoqli ichak, jigar kasalliklarini davolashda katta ahamiyatga ega.
Surxondaryo viloyatining Boysun tumani Omonxona qishlog‘ida yer- ning 
yuqori bo‘r qavatidan chiqib keladigan mineral suvli buloq bor. Buloq 
«Omonxona davolash maskani»da joylashgan. Ushbu davolash maskanida 
davolovchi - «Omonxona» mineral suvi ishlab chiqariladi va uzoq mud- datga
davolash maqsadida iste’mol qilishga tavsiya etiladi. Ushbu mineral suv 
natriy-kalsiy-magniy sulfatning XIII guruhiga mansub bo‘lib, «Kashin» 
(Rossiya) mineral suviga o‘xshash va oshqozon-ichak tizimining organik va 
funksional buzilishlari, markaziy asab tizimining asteniziyasi, moddalar 
almashinuvi buzilishlarida davolash oshxona suvi sifatida shi- sha idishlarga 
quyib tarqatishga tavsiya etilgan. «Omonxona» davolash oshxona mineral 
suvi ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik ko‘rsatma (TK 64-22004062-
001:2010) ishlab chiqilgan.
Qadoqlangan ftorli suv. Ftorning biologik ahamiyati to‘qimalar klas- 
sifikatsiyalanishi bilan bog‘lanadi, uning hisobiga gidroksiapatit va ayrim 
fermentativ tizimlarda gidroksil ioni faolligi bilan izohlanadi. Organizm- da 
ftorning me’yorda bo‘lishi suyak to‘qimasi (mineralizatsiyalanish), tishda 


dentin va emal hosil bo‘lishiga yordam beradi. Ftorning deyarli (99 %) 
barchasi qattiq to‘qimalarda tarqalgan. Yumshoq to‘qimalarda ftorning hosil 
bo‘lishi ularda patologik jarayonlar yuz berayotganidan dalolat beradi.
Ftorning 75 % atrofidagi miqdori odam organizmiga suv, ichimliklar va 
suyuq ovqat orqali tushishi aniqlangan, sovuq iqlimli sharoitda ichim- lik 
suvidagi ftor miqdori - 1,2—1,5 mg/l, issiq iqlimli sharoitlarda esa 0,7 mg/l 
me’yor belgilangan.
Ichimlik suvi tarkibida ftor miqdori 0,5 mg/l dan kamayib ketsa, gipoftor 
holati yuz beradi. Ayniqsa, tish kariyesining oldini olish uchun ichimlik 
suvini ftor bilan boyitish chora-tadbirlarini ishlab chiqish lozim. Ftorlash 
uchun, asosan, ftor elementi birikmalaridan: NaF va Na
2
SiF
6
foy- dalaniladi.
Ftor ovqat tarkibida kam miqdorda bo‘ladi va 100 gr mahsulotda: 
konservalangan sardinalarda — 0,2—0,4; qizil uzum va uzum sharbatida — 
0,15—0,3; krevetka va krablarda — 0,15—0,2; baliq go‘shtida — 0,01—
0,17; cho‘chqa va tovuq go‘shtida — 0,05—0,15; non va yormalarda — 0,05
—0,07; mevali va sabzavotli sharbatlar, yaxna ichimliklarda, ko‘katlarda — 
0,01— 0,06 mg bo‘ladi.
Oxirgi yillarda osh tuzini ftorlash (yod bilan birgalikda) amaliyotda sinaldi, 1 
gr osh tuzi 0,25 mg ftor tutadi. Ushbu usul ichimlik suvida ftor kam bo‘lgan 
va uni ftorlash amaliyotda bo‘lmagan hududlarda qo‘l keladi.
Sutni 2,5 mg/l ftor bilan boyitish texnologiyasi ham ishlab chiqilgan. 
Boyitilgan sut kichik hajmli (200-300 ml) paketlarga joylanadi, yorlig‘iga esa
ftor bilan boyitilganligi haqidagi ma’lumot yozib qo‘yiladi.
Organizmga ftor ko‘p miqdorda tushishi faqat ichimlik suvini ftor bilan 
boyitish orqali bo‘ladi. Me’yorda aralash ovqat ratsionidagi 80 % ftor odam 
organizmiga singadi. Uning o‘zlashtirilishi ayrim dori vositalari ta’sirini 
to‘xtatib qo‘yadi, xususan, antosid 
moddalar tarkibiga kiruvchi
, ovqat 
yog‘larini faollashtiruvchi alyumin gidroksidi.
Ftorning alimentar yetishmasligi an’anaviy ravishda kariyesning rivoj- lanishi
bilan bog‘lanadi.


Shu bilan birgalikda, ftorning odam organizmiga me’yorda tushishiga 
giperftoroz natijasida kelib chiqadigan flyuoroz — mikroelementozni ham 
hisobga olgan holda e’tibor berilishi lozim. Organizmga ortiqcha ftorning 
kelib tushishi tabiiy yoki ekologik bo‘lishi mumkin. Ftor ishlab chiqarish 
orqali ortiqcha kelib tushishi (suv va aerozol yo‘llar orqali) yoki parhez ovqat
tarkibida ko‘p miqdorda bo‘lishi mumkin. AQSH Milliy ilmiy aka- demiyasi 
mutaxassislari ftorning kunlik me’yori kuniga 1,5 dan 4,0 mg deb 
hisoblashadi.
Organizmga ftor ko‘p miqdorda tushishi natijasida tishlarda eroziv pigment 
o‘zgarishlar, skeletlar deformatsiyasi kabi klinik ko‘rinishli flyuoroz 
rivojlanadi. Ftorning uzoq muddat davomida ortiqcha tushishi butun or- 
ganizmni tizimli ravishda zararlaydi, xususan, ichki organlar va tomirlar- 
ning kalsinozlanishi, siydik va o‘t pufagida toshlar hosil bo‘lishi mumkin. 
Giperftorozning biomarkeri sifatida sochlarda ftor konsentratsiyasining oshib 
ketishi - 480-830 mg/kg, me’yorda esa bu ko‘rsatkich 53-72 mg/kg.
O‘zbekiston Respublikasi aholisining ko‘pchilik qismi ftor sezilarli darajada 
yetishmaydigan hududda istiqomat qiladi. Kariyes kasalligining oldini olish 
maqsadida, avvalo, ichimlik suvini ftor bilan boyitish lozim. Oxirgi yillardagi
tekshirish natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston Res- publikasida 
stomatologik kasalliklar o‘sib kelayotgan yosh avlodga jiddiy ta’sir 
ko‘rsatmoqda.
Respublikamiz hududida shahar sharoitida yashovchi maktabgacha ta'lim 
yoshidagi bolalarning 87,76 foizida, qishloq sharoitida yashovchilarning esa 
80,91 foizida kariyes aniqlandi.
Toshkent shahridagi vodoprovod suvida ftor konsentratsiyasi 0,36 mg/ 
dm
3
(suvdagi ftorning eng kam ko‘rsatkichi) ni tashkil etadi.
Suv quyidagi vaziyatlarda ftorlanishi shart:
1.
tabiiy suv manbaidagi ftorning miqdori 0,03 mg/dm
3
dan kam bo‘lsa;


2.
xavfli guruhda (maktabgacha tarbiya yoshidagi) tish kariyesiga nis- 
batan sezilarli o‘zgarish kuzatilsa.
Tish kariyesining sezilarli tarzda rivojlanishi deganda, bu kasallik mak-
tabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda 80 % va undan ko‘prog‘ida uchrashi, 
kariyes intensivligi (KPV indeksi) 2,5 va undan ko‘p bo‘lishi tushuniladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar organizmiga kundalik ftorning sifatini 
baholash mezoni sifatida T.M.Martaler tomonidan ishlab chiqilgan «Yosh 
xususiyatiga ko‘ra ftorning kunlik me’yor ko‘rsatkichlari» nomli qo‘llan- 
madan foydalaniladi. Ushbu qo‘llanmaga asosan maktabgacha yoshdagi 
bolalar uchun ftorning kundalik me’yori 0,8-1,75 mg hisoblanadi. Qadoq- 
langan ftorli suvni tayyorlash uchun natriy ftor ishlatiladi.
4.9.1-jadvalda 1000 l qadoqlangan ftorli suvni tayyorlash uchun zarur 
bo‘ladigan quruq natriy ftor tuzi miqdorlari berilgan.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish