Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

(yun. ἠθική [φιλοσοφία] – “axloq falsafasi”, yun. ἤθος (ētos) – 
“odat”)
‒ axloq va uning shaxs hamda jamiyat hayotidagi o‘rnini o‘rganuvchi 
falsafiy fan. Etika axloqshunoslikning falsafiy-nazariy muammolarini va axloqqa 
doir didaktik-amaliy asarlarni o‘z ichiga oladi. U insoniyat o‘z tajribasi orqali 
erishgan donish-mandlik namunalarini hikoyatlar, hikmatlar, naqllar, maqollar 
tarzida bayon etadi, kishilarga axloqning mohiyatini tushuntirib, falsafiy xulosalar 
chiqaradi, ularga axloqiy qonun-qoidalarni o‘rgatadi. 
Etika-shaxs yoki jamiyat odatlarini, axloq normalarini o‘rganuvchi hamda 
belgilovchi falsafiy tadqiqotdir. U “to‘g‘ri”-“noto‘g‘ri”, “yaxshi”-“yomon” tushun-
chalarini tahlil qiladi. 
Etikaning quyidagi mezoniy tushunchalari-kategoriyalari bor: fazilat va illat, 
yaxshilik va yomonlik, rostgo‘ylik, kamtarlik, adolat, burch, vijdon, nomus, ideal, 
baxt, hayotning ma’nosi va boshqalar. Bu kategoriyalarning barchasi ijtimoiy ish 
xodimi faoliyati davomida u bilan yonma-yon yuruvchi kasbiy sifatlar majmuyi 
sifatida namoyon bo‘ladiki, bu fazilatlarsiz ijtimoiy ish xodimi kasbiy qiyofasini 
tasavvur etib bo‘lmaydi. 
Etika 
meta-etika
(etika konseptlari), 
normativ etika
(etik qiymatlarni belgi-
lash) va 
amaliy etika 
(etik qiymatlarni ishlatish) bo‘limlaridan iborat. 
Kishilik jamiyatining butun taraqqiyoti davomida insonlar komillikka intilib 
yashaganlar va yashab kelmoqdalar. Etika fani axloqning kelib chiqishi va mohi-


90 
yatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o‘rganadi. Axloqni umumiy 
tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo‘lsak, doiraning eng 
kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq, eng qamrovli qismini axloq 
egallaydi. 
Axloq o‘zining tarixiy taraqqiyotida quyidagi vazifalarni bajargan: 
– umuminsoniy madaniyat tizimida insonning tabiiy xislatlarini; 
– jamiyatda yashovchi har bir shaxsni har tomonlama kamol toptiruvchi 
ma’-naviy-ijtimoiy omillarini; 
– kishilarning ichki tuyg‘ularini, hissiyotlarini o‘stirib, umuminsoniy 
moddiy va ma’naviy qadriyatlarni anglab yetish, ularni asrash va kelgusi avlodga 
yetkazib berishni; 
– oila va kundalik turmushda mavjud bo‘lgan oilaviy burch, o‘zaro hurmat, 
sadoqat, or-nomus kabi an’analarni avloddan-avlodga o‘tkazish asosida davom 
ettirish vositasi vazifasini; 
– adolatli jamiyat qurish va unda boy-badavlat, tinch-totuv, baxtli yashash 
g‘oyasi va boshqalar.
Bu o‘rinda shuni alohida ta’kidlash joizki, axloqiy tarbiya natijasida odoblilik 
yuksak axloqiylikka aylangani kabi, axloqiy tarbiya yo‘lga qo‘yilmagan joyda shaxs 
vaqti kelib, odobsizlikdan axloqsizlikka o‘tishi mumkin. Shu boisdan ham 
ijtimoiy ish 
xodimi etikasini tarbiyalash
bevosita ma’rifiy jarayon bilan bog‘liq hodisa bo‘lib, 
bunda jamiyatda mavjud me’yor va normalar asosida shakllanib, rivojlanib boruvchi 
holatdir. 
Axloq individual ong bilan ham, ijtimoiy ong bilan ham bevosita bog‘liq 
bo‘lib, faqat ularga bog‘lab o‘rganilishi mumkin. Hozirda mavjud bo‘lgan ijtimoiy 
ish haqidagi individual ong masalasini ijtimoiy ong darajasiga ko‘tarish masalasi 
bir qadar ziddiyatli va murakkab bo‘lib turibdi. Negaki, bugungi bizning sotsiumda 
ijtimoiy ish xodimining aniq bajaradigan vazifalari haqida ijtimoiy ongda tasavvur 
yetarli darajada shakllanmaganligi masalani bir qadar qiyinlashtirish bilan birga, 
mijozlarga sifatli ko‘maklashish va xizmat ko‘rsatishga to‘siq bo‘lmoqda. 
Xususan, bizdagi ijtimoiy ish haqida aholi o‘rtasida yetarlicha tasavvur va 
tushunchalarga ega emas. Bu esa joylarda ijtimoiy xizmatga muhtojlarni aniqlash 
va ularga xizmat ko‘rsatishda qiyinchiliklar va anglashilmovchilarni keltirib 
chiqarmoqda. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab munozaralarga sabab 
bo‘lgan, pandemiya sharoitida birinchi navbatda ehtiyojmand va qarovsiz individ 
va oilalarga ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ijtimoiy xizmatlarni amalga oshirish 
jarayonidagi turli anglashilmovchilik va tushunmovchiliklar, yoxud “temir 
daftar”ga aslida kimlar kiritilishi lozimligini aniqlashdagi qiyinchiliklar shular 
jumlasidandir. 
Axloqning negizini jamiyatning tarkibiy tuzilishi, xususan, undagi mulkiy 
munosabatlar, mehnat taqsimoti, aholining yoshi va ularning ehtiyoj va manfaatlari 
belgilaydi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosini xilma-xil 
shakllardagi mulklar tashkil etayotgan bir vaqtda, uni rivojlantirishning ma’naviy-
axloqiy negizlarini, ya’ni: 
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; 


91 
- xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; 
- insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; 
- vatanparvarlikni tashkil qiladi.
Shubhasizki, ana shu negizlar asosida O‘zbekiston xalqlarining yangicha 
mazmundagi ma’naviy-axloqiy dunyosi shakllanadi va qaror topadi. Bu esa, o‘z 
navbatida, xalqimiz axloqining negizini belgilab beradigan asosiy omillardan biri 
hisoblanadi. Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish