7-mavzu. Axloqiy qadriyatlar (Etika) Reja



Download 439,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana13.04.2022
Hajmi439,11 Kb.
#547881
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
7-mavzu 060422092000



7-mavzu. Axloqiy qadriyatlar (Etika) 
Reja: 
1. “Etika” fanining predmeti, mohiyati, uning asosiy belgilari va tuzilmasi. 
2. Gedonizm va evdemonizm tushunchalarining ahloqiy ahamiyati. 
3. Axloqning paydo bo`lishi haqidagi diniy, empirik va genetik konsepsiyalar. 
4. XXI asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaruriyati. 
1. “Etika” fanining predmeti, mohiyati, uning asosiy belgilari va tuzilmasi. 
Axloqshunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo`lgan qadimiy fan. U bizda 
“Ilmi ravish”, “Ilmi axloq”, “Axloq ilmi”, “Odobnoma” singari nomlar bilan atab 
kelingan. G`arbda esa “Axloqshunoslik” “Etika” nomi bilan mashhur. Biz ham 
yaqin-yaqingacha ushbu atamadan foydalanib kelar edik. “Etika” atamasi 
yunoncha “ethos” so`zidan olingan bo`lib “odat”, “fe`l”, “fikrlash tarzi” singari 
ma`nolarni anglatadi.
Uni birinchi bo`lib yunon faylasufi 
Arastu
ilmiy muomalaga kiritgan. Arastu 
fanlarni tasniflar ekan ularni uch guruhga bo`ladi: 
nazariy, amaliy va ijodiy.
Birinchi guruhga falsafa, matematika va fizikani, ikkinchi guruhga etika va 
siyosatni, uchinchi guruhga esa san`at, hunarmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. 
Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta`limotni fan darajasiga 
ko`targanlar va 
“Etika”
deb ataganlar. 
Axloqshunoslik
- bu axloq nazariyasi bo’lib, kishilarning axloqiy hayotini 
o’rganadigan, axloqiy hodisalarning o’ziga xos xususiyatlari va rivojlanish 
qonuniyatlarini ochib beradigan eng qadimgi insonshunoslik fanlaridan biridir. U 
o’z predmetini ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas aloqadorlikda tadqiq etar 
ekan, faqat axloqning paydo bo’lishi va tarixiy taraqqiyot qonuniyatlarini, 
funksiyalarini aniqlash bilangina cheklanib qolmay, balki ayni paytda axloqning 
ijtimoiy mohiyatini, kishilarning yurish turishini, axloqan tartibga solish 
qonunlarini va u orqali ijtimoiy jarayonlarni o’rganish bilan shug`ullanadi. 
Ammo shu o`rinda ta`kidlab o`tish joizki, bizda, bizning mintaqamizda dastlabki 
axloqiy g`oyalarning vujudga kelishi va axloqiy qadriyatlarning shakllanishi 
yunonlar yashagan davrdan ancha ilgari sodir bo`lgan. Ajdodlarimizning eng 
ko`hna e`tiqodiy-axloqiy kitobi “Avesto” buning yorqin dalilidir. Garchi yunonlar 
buni fan darjasiga ko`targan bo`lsalar-da keyinchalik bizning bobokalonlarimiz, 
ulug` olim va fuzalolarimiz ushbu fan sohasida yangi-yangi nazariyalarni 
yaratdilar, uni yangicha bosqichga olib chiqdilar va buni asrlar davomida saqlab 
keldilar. 
Axloqshunoslik mustaqil fan sifatid shakllangunga qadar, falsafaning tarkibiy 
qismi, hattoki, uning yadrosi hisoblanar edi. Faylasuflar dunyoqarash muammolari 
(insonni o’rab olgan olam, odamning shu olamdagi o’rni), dunyoni bilish yo’llariga 
javob berish jarayonida ular jamiyatda odam qanday yashamog`i va faoliyati 
qanday bo’lmog`i kerak, uning ijtimoiy burchi, vazifasi nimadan iborat bo’lishi 
kerak, insonning turmush kechirish normalari va boshqa shu kabi savollarga ham 
javob topishga uringanlar. 


“Axloq” so`zi arabchadan olingan bo`lib, “xulq” so`zining ko`plik shaklidir. 
Buyuk jadid mutafakkiri A. Avloniy axloqqa quyidagicha ta`rif beradi; “Insonlarni 
yaxshilikka chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdur. Yaxshi 
xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila 
bayon qiladurg`on kitobni axloq deyilur”
1

Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo’lsak, 
doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq, keng qamrovli 
qismini axloq egallaydi 
Odob - inson haqida yoqimli taassurot uyg`otadigan, lekin jamoa, jamiyat va 
insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo’lmaydigan, milliy urf-
odatlarga asoslangan chiroyli hatti-harakatlarni o’z ichiga oladi.
Xulq - oila, jamoa, mahalla-kuy miqyosida ahamiyatli bo’lgan, ammo jamiyat va 
insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydigan yoqimli insoniy hatti-
harakatlarning majmui. Axloq esa - jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna 
bo’la oladigan ijobiy hatti-harakatlar yig`indisidir. 
Bu fikrlarimizni misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Deylik, metroda 
yoshgina yigit, talaba hamma qatori o’tiribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi 
chiqib, uning ro’parasida tik turib qoldi. Agar talaba darhol: «O’tiring, otaxon», 
deb joy bo’shatsa, u chiroyli a’mol qilgan bo’ladi: chetdan qarab turganlar unga 
ich-ichidan minnatdorchilik bildirib: «Baraka topgur, 
odobli 
yigitcha ekan» deb 
qo’yadi. Aksincha, talaba yo teskari qarab olsa, yoki o’zini mudraganga solib, 
qariyaga joy bo’shatmasa, g`ashimiz keladi, ko’nglimizda: «Buncha beodob, surbet 
degan tasavvurni uyg`otadi. Lekin, ayni paytda, talabaning qariyaga joy 
bo’shatgani yoki bo’shatmagani oqibatida vagondagi yo’lovchilar hayotida biror-
bir ijobiymi, salbiymi muhim o’zgarish ro’y bermaydi. 
Xulqqa 
quyidagicha misol keltirish mumkin: mahallamizdagi oila boshliqlaridan 
biri imkon boricha qo’ni-qo’shnilarning barcha ma’rakalarida xizmatda turadi, 
hech kimdan qo’lidan kelgan yordamini ayamaydi, ochiq ko’ngil, ochiq qo’l, 
doimo o’z bilimini oshirib borishga intiladi, tirishqoq, oila a’zolariga mehribon va 
h.k. Unday odamni biz Xushxulq inson deymiz va unga mahallamizning namunasi 
sifatida qaraymiz. Bordi-yu, aksincha bo’lsa, u qo’ni-qo’shnilar bilan qo’pol 
muomala qilsa, tuy-ma’rakalarda janjal ko’tarsa, sal gapga o’dag`aylab, musht 
o’qtalsa, ichib kelib, oilada xotin-bolalarini urib, haqoratlasa, uni badxulq deymiz. 
Uning badxulqliligidan oilasi, ba’zi shaxslar jabr ko’radi, mahalladagilarning 
tinchi buziladi, lekin hatti-harakatlari jamiyat ijtimoiy hayotiga yoki insoniyat 
tarixiga biror bir ta’sir o’tkazmaydi. 

Download 439,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish