Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik


-chizma. Kasb tushunchasining asosiy tamoyillari



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

2-chizma. Kasb tushunchasining asosiy tamoyillari 
Murakkab bo‘lsa-da, ijtimoiy ishni tashkil etishda ijtimoiy-madaniy, kasbiy, 
diniy, milliy, yosh va jinsiy manfaatlar hamda ehtiyojlar inobatga olinishi lozim 
bo‘ladi. Negaki, Sharq va G‘arb quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi: G‘arb – 
antropotsentrik mintaqa. Bunday turdagi jamiyatning markazida tabiat va jamiyatni 
o‘ziga bo‘ysundirgan, dunyo hukmdori bo‘lgan Inson turadi. Sharq – teotsentrik 
mintaqa bo‘lib, unda dunyo qurilishida inson bo‘ysunadigan transsendent erk 
turadi va ushbu erkni anglash, uning tamoyillari asosida harakatlanish hayotning 
asosi hisoblanadi. Jamiyat va shaxs qadriyatlari masalasida G‘arb moddiy 
qadriyatlarga yo‘nalgan va jamiyat ham “iste’molchi jannati” deb tushuniladigan 
umumiy farovonlikka intiladi. Sharqda ma’naviy qadriyatlar ustuvor, jamiyat esa 
109
 Абдурахманов Ф.Р., Дусмухамедова М.Х. Касб таълими ислоҳотлари ва касб психологияси // Замонавий 
таълим, 2015, 5-сон. – Б.34-40. 
Kasb tayyorgarlikni talab etadi 
Kasb qonuniylikni talab etadi 
Kasb egasiga foyda keltirishi zarur 
Kasb ixtiyoriylikni talab etadi 
Bir kasbga kiritilgan faoliyat turi 
boshqasidan farqlanishi zarur 
KASB 


68 
ma’naviy tamoyillar asosida rivojlanishga asoslangan. Bunday rivojlanishning 
maqsadi nafaqat moddiy farovonlik, balki uyg‘unlik va hamohanglikdir. 
Yaqinlariga yordam berish, hamdard bo‘lish va xayr-ehson qilish azaldan 
turli mamlakatlar xalqlariga xosdir. Ushbu fazilatlar O‘zbekiston xalqiga ham xos 
bo‘lib, milliy qadriyatlar, an’analar va urf-odatlarning asosini ifodalaydi. Ularni 
esa asrash va rivojlantirish zarur. Bu odamlar, ayniqsa yoshlar ongida 
insonparvarlik va demokratik qadriyatlarni mustahkamlash zarurligi bilan uzviy 
bog‘liq yangi ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish bosqichiga chiqqan bir 
pallada, ayniqsa, muhimdir. Mamlakatni isloh qilish, bozor munosabatlari qaror 
topayotgan sharoitlarda jamiyatdagi har bir kishining munosib hayot kechirishini 
ta’minlash sifatida tushuniladigan milliy-davlatchilik manfaatlari ustuvorligi olib 
borilayotgan ijtimoiy siyosatning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Jamiyatning 
barcha qatlamlari ijtimoiy birdamligi va javobgarligi bunga erishishning zarur 
omili hisoblanadi. Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari 
surilgan: “Hech kim hech qachon unutmasligi kerak: qanchalik qiyin bo‘lmasin, 
qancha mablag‘ va imkoniyat talab etilmasin, O‘zbekistonning bironta fuqarosi o‘z 
holiga tashlab qo‘yilmaydi”
110
– degan gumanistik g‘oya asosida chora-tadbirlar 
amalga oshirilib kelinmoqda. 
Markaziy Osiyo mintaqasida qadimdan insonlarga hurmat va ehtirom 
ko‘rsa-tish, keksayganda ularga g‘amxo‘rlik qilish ijtimoiy himoyaning tarkibiy 
qismi bo‘lib kelganki, ular milliy an’ana tariqasida namoyon bo‘lmoqda. Bunda 
jins, yosh, kasb kabi ijtimoiy-madaniy omillar belgilovchi hisoblangan. Bu o‘ziga 
xoslikning ma’naviy asosi o‘zbek xalqining turmush tarzida dehqonchilik
chorvachilik bilan shug‘ullanishi va jamoaviy tarzda mehnat qilishi singari omillar 
bilan izohlanadi. Mazkur holat ma’naviy birlik tuyg‘usi bilan bog‘liq bo‘lib, milliy 
ma’naviyatning tarkibiy elementi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Shu bois 
mehr ko‘rsatish, oqibatli bo‘lish, g‘amxo‘rlik qilish milliy ta’lim-tarbiya tizimida 
vazifadorligi jihatidan ajralib turishini ta’kidlash lozim. O‘zbekiston 
Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda yangi tahrir asosida qabul qilingan 
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining
 
5-moddasida “Jinsi, irqi, millati, tili, dini, 
ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar, har 
kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi”
111
, – deya belgilangan. Bu 
esa ijtimoiy ish xodimlari mijozlar bilan ish olib borishda muhim institutsional 
ahamiyat kasb etadi. Negaki, bunda ijtimoiy ish xodimi mijozlarning ta’lim-tarbiya 
olish jarayoniga ham bevosita daxldor ekanligini inobatga olish lozim.
Inson o‘z yaqinlariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish bilan birga, 
ularning g‘am-tashvishlariga hamdardlik qilishga tayyor turish fazilatini o‘zida 
mujassam etishi lozim. Aynan ana shu jihatlar bizning davrimizgacha yetib kelgan 
xalq og‘zaki ijodi namunalarida, ya’ni rivoyat va ertaklar, afsona va maqollarda, 
110
 Ўзбекистон 
Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг “Ўзбекистон Республикаси 
мустақиллигининг йигирма тўққиз йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи” - 
http://xs.uz/uzkr/post/prezident-shavkat-mirziyoevning-ozbekiston-respublikasi-mustaqilligining-jigirma-toqqiz-
jilligiga-bagishlangan-tantanali-marosimdagi-nutqi 
111
 Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 23 сентябрдаги “Таълим тўғрисида”ги N ЎРҚ-637-сонли Қонуни. 
Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси 2020 йил 24 сентябрь - www.lex.uz. 


69 
shuningdek, “Avesto”, “Qur’on”, Hadislar to‘plami kabi diniy manbalar va o‘tmish 
ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan nodir qo‘lyozmalarda ham o‘z ifodasini topgan. 
Mana shunday fazilatlarni shakllantirish asosida jamiyatda ijtimoiy muhofa-
zaga oid ijtimoiy foydali maqsad ommalashtirib borilgan. Shunday ezgu maqsad-
lardan birini ijtimoiy yordam ko‘rsatish ma’naviyati deb oladigan bo‘lsak, u, 
albatta, muayyan ma’naviy, axloqiy muhitda shakllanadi. Ma’naviy-axloqiy muhit 
esa – insonlar yashaydigan hudud-makonidagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy 
farovonlik va barqaror siyosiy muhitni anglatadi. Barqaror ijtimoiy, siyosiy muhit 
deganda hududdagi mavjud jamiyat a’zolarining tinch-totuvligi va farovonligi 
tushuniladi. Shu sababli ajdodlarimiz ijtimoiy xizmat yoki beg‘araz yordam 
ko‘rsatishni ma’naviy hayot, milliy ong va qadriyatlar, e’tiqod va tafakkur, urf-
odat va an’analar tarkibiga singdirganlar.
Ta’kidlash lozimki, etnoan’ana ko‘rinishida amal qilib kelayotgan yonda-
shuvlar “oilaviy muammoni oilada hal qilish kerak”, “birovlarga dardingni das-
turxon qilma”, “norasida nogiron farzandning jabrini tortgan oila” ko‘rinishidagi 
ayrim munosabatlar belgilangan tarzida ijtimoiy yordam olishda “to‘siq” bo‘lmoq-
da. Bu esa, joylardagi ijtimoiy muammolarni aniqlashda tashkiliy va uslubiy 
jihatlari bilan qiyinchiliklar to‘g‘dirmoqda. Shu tarzdagi ma’lumotlar 
Sh.Tashmetovaning 
tadqiqotida 
ham 
kuzatilib, 
tadqiqotchi 
ularni 
zamonaviylashtirish lozimligini ta’kidlab o‘tgan
112

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh 
Assamble-yasining 
75-sessiyasidagi 
nutqida 
mamlakatimiizda 
amalga 
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mohiyatiga to‘xtalib, “Maqsadimiz – 
har bir insonning aso-siy huquq va erkinliklarini, salomatligi va farovonligini 
ta’minlaydigan adolatli global tizimni birgalikda yaratishdir”
113
, – deya ta’kidladi. 
Darhaqiqat, mamlakati-mizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlardan 
ko‘zlangan asosiy maqsad – ta’limning barcha bosqichlarida sifat ko‘rsatkichlariga 
erishish orqali ilm-fanni rivojlantirish, mehnat bozori talablaridan kelib chiqqan 
holda raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash kabi ustuvor vazifalar 
belgilangan. Bu borada ijtimoiy ish sohasida ham bir qator amaliy chora-tadbirlar 
tizimi ishlab chiqilib, ijtimoiy siyosat doirasida amalga oshirib kelinmoqda. 
Jumladan, O‘zbekiston Res-publikasining 2016-yil 26-dekabrdagi “Keksalar, 
nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy 
xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-415-sonli Qonunining 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish