Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik


-bob. IJTIMOIY ISHCHINING KASBIY ETIKASI



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

3-bob. IJTIMOIY ISHCHINING KASBIY ETIKASI 
Reja: 
1. Kasbiy axloqning zamonaviy jamiyat axloqiy fanlar tizimidagi o‘rni 
va roli
2. Kasbiy axloq turlari. Zamonaviy ijtimoiy xizmatchining kasbiy 
etikasi: umumiylik va o‘ziga xoslik
3. Ijtimoiy xizmatchining kasbiy etikasining asosiy tushuncha va 
prinsip-lari
Tayanch so‘z va iboralar: 
axloq, kasbiy axloq, ijtimoiy ishda axloq, 
prinsip-lar, kasbiy layoqatlilik. 
 
1. Kasbiy axloqning zamonaviy jamiyat axloqiy fanlar tizimidagi o‘rni 
va roli 
Axloq eng qadimgi ijtimoiy hodisalardan biridir. Uzoq vaqtlar davomida u 
jamiyatda yagona tartibga solib turuvchilik vazifasini bajarib keldi. 
Axloq qaysi vaqtda shakllanganligi haqida turli tuman nuqtayi nazarlar 
mavjud. Nima bo‘lganda ham, u ibtidoiy jamiyatdayoq paydo bo‘lgan. Axloq shu 
vaqtda paydo bo‘ldiki, unda inson nima bor-u, nima bo‘lishi kerakligining farqiga 
borgan edi. Eng qadimgi zamonlardan boshlab barcha falsafiy ta’limotlar ko‘proq 
yoki ozroq darajada tartibga keltirilgan axloqiy qarashlar tizimini, albatta, o‘zida 
mujassamlashtirgan edi. 
Ma’lumki, kasbiy axloqiy fazilatlar va axloqiy munosabatlar bilan bog‘liq 
holda namoyon bo‘ladi. Chunki, axloq, avvalo, ijtimoiy-ma’naviy hodisa sifatida 
inson kasbiy kamoloti ham muhim ahamiyatga ega. Bu xususda akademik 
E.Yusupov: “Axloq insonning konkret sharoitlarda bo‘layotgan voqea va hodisa-
larga mustaqil baho berishi, ularga nisbatan o‘z munosabatini bildirishi hamdir,‒
deydi. ‒ Umuman, axloq ijtimoiy munosabatlar zaminida alohida shaxs sifatida 
mavjud bo‘lgan insonlarning o‘z-o‘zini idora qilish shakllari va me’yori, o‘zaro 
muloqot va munosabatda ularga xos bo‘lgan ma’naviy kamolot darajasining 
namoyon bo‘lishidir. Axloq yo‘q joyda inson ijtimoiy shaxs sifatida 
shakllanmaydi. Faqat yetuk axloq zaminidagina kishilarda hayotning mazmuni va 
maqsadi, jamiyat oldidagi burchi va mas’uliyati, baxt, diyonat, yaxshilik va 
yomonlik, yovuzlik, haqli-lik va nohaqlikka nisbatan muayyan munosabat 
shakllanadi”
104

Ana shu jihatdan xulq tushunchasi axloqning tarkibiy qismi sifatida inson 
kasbiy kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, xulq ikki ko‘rinishda namo-
yon bo‘ladi. 
Birinchisi ‒ 
yaxshi, chiroyli xulqlar. Bunga shirinsuxanlik, 
muloyimlik, halollik, iffat, diyonat, or-nomus, nafsni tiyish, vijdon, shijoat, sabr, 
ilmlilik, g‘ayrat, riyozat, qanoat, sabr, intizom, munislik, haqiqatparvarlik, 
vatanparvarlik, insonpar-varlik, adolatparvarlik va shu singari ijobiy tuyg‘ular 
kiradi. Bular o‘z navbatida insonni axloqiy jihatdan kamolotga yetkazadi.
104
 Юсупов Э. Инсон камолотининг маънавий асослари. Т. Янги аср авлоди. 1998. 116-бет. 


65 
Ikkinchisi
-yomon, xunuk xulqlar. Unga xudbinlik, hasadgo‘ylik, ta’magirlik, 
ikkiyuzlamachilik, firibgarlik, ig‘vogarlik, tuhmatchilik, badnafslik, badniyatlik, 
badjahllik, 
bachkanalik, 
dilozorlik, 
andishasizlik, 
bevafolik, 
berahmlik, 
tovlamachi-lik, behayolik singari illatlar kiradi. Bular insonni tubanlik sari 
yetaklaydi va ma’na-viyatini qashshoqlashtiradi. Mazkur illatlarni odat qilgan 
kishilar umumtasavvurida jirkanch taassurot qoldiradi va kasbiy faoliyatga salbiy 
ta’sir etishi bilan birga axloqiy me’yor va kasbiy huquqda deviatsiyaga olib keladi. 
Bu xususda ma’rifatpar-var alloma Abdulla Avloniy shunday degan edi: “Bu 
sanagan yomon xulqlarning fanoliqlarini, yuqorida sanagan yaxshi xulqlarning 
go‘zalligini insof muvozanasi ila o‘lchab, vijdon muhokamasi ila ta’qiqlab, 
yaxshilarini tinglab amal qilmak, yomon-larini anglab, hazar qilmak, lozimdur. 
Zeroki, insonning izzati, dunyoning lazzati yaxshi so‘zlarni eshitub va ko‘rub hissa 
olmak, yomon va zararliklarini o‘qub, bilub, o‘zini tiymak, qo‘ldan kelgancha xalq 
va millat foydasiga tirtishmak va bu fano dunyodan yaxshilik otini olub 
ketmakdadur”
105

Inson hayotida kasbiy axloqiy me’yorlarning ahamiyati katta. Faylasuf olim 
Abdulla Sher “Axloqshunoslik” kitobida muhim axloqiy me’yorlarni ko‘rsatib, 
ular axloqiy tamoyillarga nisbatan ancha sodda, umumlashmagan, tor qamrovli 
ekanligi-ni, axloqiy me’yorlarni kundalik hayotimizda ma’lum axloqiy 
tamoyillarning amal-ga oshish murvatlari ham deyish mumkinligi, ular axloqiy 
talablarning eng oddiy shakli sifatida ro‘yobga chiqishini ta’kidlaydi
106
.
Insoniyat paydo bo‘libdiki, u har doim o‘zini boqish, ehtiyojlarini va man-
faatlarini qondirishga harakat qilgan va hozirda ham shu yo‘ldan bormoqda. Inson 
o‘z ehtiyojlarini, eng avvalo, oziq-ovqat, boshpana, kiyim-kechaklarga bo‘lgan 
ehtiyojlarni qondirishdan boshlagan. Keyinchalik yangi sivilizatsiyalar paydo 
bo‘lgach, ya’ni insoniyat madaniylashib borgan sari o‘z ehtiyojlariga kerak bo‘lgan 
mahsulotlarni ishlab chiqara boshlagan. Kasb inson ish faoliyatining ma’lum 
tajriba, tayyorgarlik talab etadigan faoliyat turi, sohasi, hunardir. Kasbga umumiy 
yoki maxsus ma’lumot hamda amaliy tajriba yo‘li bilan erishiladi. Insoniyat hayot 
faoliyati uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish davomida yangi kasblar ham 
paydo bo‘lib bormoqda. Dunyoda 60 ming (qiyoslash uchun Rossiyada 20 ming), 
O‘zbekistonda 6 mingdan ziyod kasblar mavjud
107
. Shuni aytish kerakki, kasb-
hunar va uning egalari azaldan xalqimiz tomonidan e’zozlanib kelingan. 
O‘zbekistonda hozirda bilimdon, o‘z kasbini yaxshi egallagan, mustaqil fikrlovchi, 
o‘z kasbiga ijodiy yondashuvchi, yuqori malakali, madaniyatli, izlanuvchan, 
intiluvchan mohir ustalar, kasb egalari ko‘proq talab qilinmoqda. Shu jumladan
O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy ish mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasi 
dolzarb va katta e’tibor berilayotgan masalalardan biri bo‘lib turibdi. Shu bois 1-
chizma orqali yaxshi kasb egasi bo‘lishning o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsatishimiz 
mumkin: 
105
 Абдулла Авлоний. Танланган асарлар. 2 томлик. 2-т. Т. Маънавият. 1998. 71-бет.
106
 Абдулла Шер. Ахлоқшунослик. Т. Янги аср авлоди. 2004. 168-бет. 
107
 Жалолов А. Касб қандай танланади. – Т., 2010. –62-б 


66 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish