70
ijtimoiy xizmatlar oluvchilarning oila va jamiyat bilan aloqalarini saqlash,
ularning qulay muhitda bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash;
ijtimoiy xizmatlar standartlariga rioya etilishini ta’minlash;
ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish”
114
- kabi ustuvor vazifalar belgilangan.
Ijtimoiy ishni kasb
sifatida shakllanishidan shaxs, jamiyat va davlat tash-
kilotlari manfaatdordir. Shu boisdan ham ijtimoiy ish bilan shug‘ullanuvchilarning
kasbiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish ijtimoiy-madaniy mazmun kasb etadi.
Bizningcha, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi xodim bir qator kom-
petensiyalarga ega bo‘lishi kerakki, ularni quyidagicha guruhlarga ajratish
mumkin:
- shaxsiy sifatlar;
- umumkasbiy kompetensiyalar;
- kasbiy kompetensiyalar –
bular ijtimoiy texnik, tadqiqiy, ijtimoiy
loyihalash-tirish va boshqalar;
- kasbiy-amaliy kompetensiyalar –
ijtimoiy texnik, tadqiqiy, tashkiliy-
boshqa-ruvchanlik, ijtimoiy loyhalashtirish.
Har bir tarixiy davr turli jihatlari bilan ajralib turadi.
Bunda asosiy
ko‘rsatkich sifatida ilm-fan sohalarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, insoniyat tarixida
o‘chmas iz qoldirgan mutafakkir va allomalarning ijod mahsulining namunalari,
ishlab chi-qarishda qo‘lga kiritilgan moddiy boyliklar kabi omillar tasnif uchun
mezon sifatida qabul qilinishi mumkin. Mamlakatimizning
galdagi taraqqiyot
bosqichida, davlat darajasida amalga oshirilayotgan – kamolotga yetaklaydigan
tadbirlarning maj-muasini mazmunidan kelib chiqqan holda bir so‘z bilan
kelajagimiz poydevori deb ko‘rsatsak xato qilmagan bo‘lamiz.
Chunki barcha
tadbirlarning zamirida inson salomatligi, uni turmush tarzi, ma’rifati va madaniyati
o‘z ifodasini topgandir. Bu tayyorlanayotgan yosh kadrlarga e’tibor, ularni kamol
topishi uchun barcha sha-roitlarni yaratilishi alohida diqqatga sazovor masaladir.
Tarixan yosh kadrlarga e’tibor qaratilishi o‘z an’analariga ega bo‘lib, ularga,
taraqqiyotni ta’minlovchi kuch, milliy madaniyat davomchilari, an’analarning
vorislari sifatida e’tibor qaratib kelinganligini kuzatish mumkin. Taraqqiyotning
istiqboli, aholi turmush tarzini farovonligini ta’minlash
mutaxassis kadrlarning
shaxsiy va kasbiy jihatlardan kamol topishlariga bog‘liqdir. Shu bois
mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni milliy istiqbol
poydevori deb ko‘rsatsak maqsadga muvofiqdir. Bu mas’uliyat o‘z
navbatida
ijtimoiy ish xodimlaridan yetuk mutaxassisi bo‘lib, o‘z imkoniyatlarini (aqliy,
jismoniy, ijodiy va b.) mamlakatimizda farovon turmush tarzini ta’minlash yo‘lida
sarflanishini taqozo etadi.
114
Ўзбекистон Республикасининг 2016 йил 26 декабрдаги ЎРҚ-415-сонли “Кексалар, ногиронлар ва
аҳолининг бошқа ижтимоий эҳтиёжманд тоифалари учун ижтимоий хизматлар тўғрисида”ги қонуни-
www.lex.uz.