Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Ikkinchi model: 
“Ijtimoiy muhit – ijtimoiy ish mutaxassisi – ijtimoiy 
yordam olishga ehtiyojmand inson (guruh) – mikromuhit – amaliy yordam 
ko‘rsatish – mai-shiy hayot – muammo (nuqson) – maqsadga ega bo‘lish 
(shakllantirish)” 
kabi munosabatlar majmuasi
115

Yuqoridagi modellardan ko‘rinib turibdiki, ijtiomiy ish amaliyoti uchun 
uning funksiyalari, tuzulishi va darajalarini belgilab berishga xizmat qiladi. Shu 
sababli, ijtimoiy xizmat professiogrammasini ilmiy ta’limotlar (masalan, “Ijtimoiy-
faoliyatli yondashuv”; “Madaniy-sivilizatsiyaviy yondashuv”; “Individual-shaxsiy 
yonda-shuv”) asosida ishlab chiqish lozimki, mehnat sotsiologiyasi, mehnat 
psixologiyasi doirasida bu masala dolzarb hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan D.Rahmonovning nazariy modeli ijtimoiy ish xodim-
larini ikki yo‘nalish bo‘yicha rivojlanishini ta’minlash uchun xizmat qilishi 
mumkin: 
birinchidan
, muassasa-tashkilot doirasida amal qiladigan talablarga mosla-
shuvini samarali kechishi uchun; 
ikkinchidan
, kasbiylashgan jamoalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish 
uchun muhim kasbiy bilimlarni, malakalarni egallash uchun. 
Kasbiy axloqiylik tizimini (keyinchalik KAT) rivojlantirish o‘zida KAT 
kon-sepsiyasi va dasturini hamda kasbiy ta’limni qamrab oladi. KAT 
konsepsiyasining tarkibiy qismi, quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: 
- ijtimoiy ish xodimining qobiliyat va ehtiyojlarining diagnostik xulosasini; 
- ijtimoiy ish xodimlarning shaxsiy va kasbiy muammolarni ajrata bilish 
qobi-liyatini; 
- an’anaviy tafakkur stereotiplarini o‘zgartirishini; 
- o‘z-o‘zini baholashni ijobiylashuv darajasini; 
- shaxsiy qadriyatlarning shakllanishini; 
- faoliyat me’yorlarini o‘zlashtirishini; 
- o‘zni namoyon etish uchun ijtimoiy-madaniy muhitni o‘rganishni; 
- innovatsion xulqni tarbiyalashni. 
Kasbiy axloqiylik tizimi konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etishda tashkiliy, 
ilmiy-uslubiy kabi omillarni muhim o‘rin tutishini inobatga olish lozimdir. 
Ijtimoiy ish mutaxassislar hamda soha professional xodimlari bilan o‘tka-
zilgan diagnostik suhbat natijasi asosida ta’kidlash mumkinki, yuqori kasbiy 
tayyor-garlikka ega bo‘lgan mutaxassislarga talab oshib boradi. Buning natijasida 
xodimlar bilan ishlashda quyidagi yo‘nalishlar muhim hisoblanadi: 
♦ ijtimoiy ish mutaxassislarining kasbiy texnikasini oshirishga yo‘naltirilgan 
dasturlar ahamiyatli hisoblanadi; 
♦ muassasalarda yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan ijtimoiy ish 
xodimiga ehtiyoj oshib borishi natijasida, raqobatga ko‘p e’tibor qaratiladi
115
 Рахмонов Д.А. Ўзбекистонда ижтимоий хизмат тизимини ривожлантиришнинг этномаданий 
хусусиятлари // Фалсафа фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертация автореферати. – Тошкент, 
2019. –Б. 8. 


74 
♦ ko‘rsatilayotgan xizmatga nisbatan yuqori darajadagi talablar qo‘yiladi, 
natijada ilmiylik, dolzarblilik, to‘liqlik, asoslilik, predmetlilik kabi jihatlar ustun 
sanaladiki, bu o‘z navbatida yangi texnologiyalardan foydalanishni taqozo etadi; 
♦ kasbiy o‘sishni rejalashtirishga e’tibor qaratiladi; 
♦ kasbiy faoliyatning muvaffaqiyatli kechishi kompyuter texnologiyalariga 
bog‘lanib qoladi; 
♦ yangi texnologiyalarning yaratilishi ijtimoiy ish kasbiy ta’lim sifatini oshi-
rishni taqozo etadi; 
♦ ijtimoiy ish xodimlari orasida kasbiy mahoratni oshirish va uni namoyon 
etishda sog‘lom raqobat vujudga keladiki, bu o‘z navbatida ijtimoiy ishda 
boshqaruv usullarini takomillashtirishni taqozo etadi; 
♦ jamoaning ma’naviy holati psixometrik va sotsiometrik uslublar asosida 
o‘rganishga ehtiyoj oshadi, natijada psixolog va sotsiologlar xizmatidan foydala-
nishga to‘g‘ri keladi va b. 
Bular o‘z navbatida muassasa doirasida qator tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy, 
ilmiy-uslubiy mazmunga ega bo‘lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishni taqozo 
etadi. Shu asnoda ta’kidlash lozimki, gohida tizimni inqirozga keltiruvchi omillar 
haqida munosabat bildirar ekanmiz, turli bo‘g‘inlarda faoliyat yuritayotgan 
xodimlarning kasbiy axloqsizligi tizimni inqirozga keltiruvchi omillar sirasiga 
kirishiga ko‘p ham e’tibor qaratmaymiz. Amaliyot natijasi asosida ko‘rsatib o‘tish 
mumkinki, egallab turgan lavozimiga xodimni kasbiy bilimi, kasbiy ko‘nikmasi va 
kasbiy malakalarini mos tushmasligi natijasida bo‘lim, bo‘linmani faoliyati 
tagtizim sifatida izdan chi-qadi. Bu o‘z navbatida kasbga tayyorlash masalasiga 
majmuaviy tarzda yondashish maqbul ekanligini ko‘rsatadi. Bugungi kunda 
jamiyat doirasida ifodalanadigan masalalar qatorida ta’lim tizimi oldiga 
qo‘yiladigan talablar sonini oshib borishi kuzatilmoqdaki, bu hodisani tabiiy tarzda 
qabul qilish lozim. Negaki, ta’lim tizimi raqobatbardosh bo‘lishi uchun, doimiy 
tarzda (tizim sifatida) mehnat bozorini (ichki, tashqi va b.) talab va ehtiyojlaridan 
kelib chiqqan holda takomillashib borishi lozim bo‘ladi. Bu o‘z navbatida siyosiy, 
iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy institutlar oldiga inson kamoloti tizimida kasbiy 
layoqatlilikni ta’minlash yo‘lida hal etilishi shart bo‘lgan qator vazifalarni qo‘yadi. 
Mazkur vazifalarni amaliyotda hal etilishi esa, ijtimoiy taraqqiyotning galdagi sifat 
ko‘rsatkichiga olib chiqadi. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish