Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

ibtidoiy bosqich:
faqat yaqin kishilariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish tarzida amal 
qilgan; 
madaniy bosqich:
jismoniy va ruhiy muhtojlarga yordam ko‘rsatish tarzida 
namoyon bo‘lgan; 
institutsional bosqich:
kasbiy, tizimli va tuzilmali yordam ko‘rsatish tarzida 
shakllangan; 
124
 Ёлғизлик вазирлигининг ташкил этилиши -http://kun.uz/77779381 
125
 Surrey J. L. The «Self-m-relation» A theory of wowens development // Women's growth m connection - NY-L, 
1991. - 145 p., Thompson P. The Natureof Work: AnIntroduction to Debatesonth e Labour Process. L., 1989., Yip 
K.S. Tensions and dilemmas of social work education in China, International Journal of Social Welfare, 2007, 50 
(1). - Р.93-105., Антропов В.В. Экономические модели социальной защиты населения в государствах ЕС // 
Автореф. дис. ... докт. эконом. наук. – Москва: МГТУ им. Н.Э.Баумана, 2007. – 48 с. 
126
 Филантропия и благотворительность на различных этапах развития общества. - yourlib.net/content/ 
view 
127
 Хусрав Деҳлавий шеъриятидан. - Тошкент: Ўзбекистон, 1979. – Б.31. 


77 
tijorat bosqichi:
yordam ko‘rsatish orqali foyda ko‘rish qaratilgan mehnat 
turi sifatida amal qilishi kuzatilgan. 
Bu xususda professor M.G‘aniyeva, “Ijtimoiy ish rivojlanishida uch 
bosqichni ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi bosqich ijtimoiy xizmatning kasb 
sifatida qaror topishi bilan ifodalanadi. Ikkinchi bosqich XX asrda Shimoliy 
Amerika va Yevropada ijtimoiy xizmat kasbining ijtimoiy institutga aylanishi bilan 
ifodalanadi. Uchinchi bosqich ijtimoiy xizmatning butun dunyo bo‘ylab tarqalishi 
bilan ifoda-lanadi”
128
,‒ deb yozadi. Bizningcha, har bir mintaqada ijtimoiy yordam 
ko‘rsa-tishning o‘ziga xos ko‘rinishi ham inobatga olinsa, bu bosqichlar yanada 
tako-millashib borishi mumkin. 
Rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish amaliyoti bo‘yicha 
xalqaro tajriba to‘plandi. Bu esa o‘z navbatida ularning rivojlanish tarixi, ya’ni 
mintaqaviy, mental jihatlariga e’tibor qaratishni taqozo etmoqda. Fransiya, Germa-
niya va Italiya singari G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida bu sohada ibratli natijalar 
qo‘lga kiritilganligini ta’kidlash mumkin. 
Ijtimoiy ish bo‘yicha mutaxassislarning professional – etik – axloqiy sifat-
larga bo‘lgan talablar quyidagilar: 
– zamonaviy jamiyat madaniyatining darajasi va uning ijtimoiy ishga va 
uning asosiy subyektlariga – o‘zining falsafiy – axloqiy – etik tasavvurlariga, 
milliy men-taliteti va ijtimoiy an’analariga ega ijtimoiy xizmat xodimlariga 
bo‘lgan munosabati bilan; 
– ijtimoiy ish xodimi malakasiga bo‘lgan xalqaro talablar bilan, bular 
ma’lum darajada Shvetsiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Italiya, Germaniya, 
Gollandiya, Finlyandiya va boshqa mamlakatlarda amalga oshirilgan; 
– ijtimoiy xizmatlarning, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish qilishning kompleks, 
ko‘p tarmoqli va ixtisoslashgan markazlarining shakllanish va rivojlanishining 
obyektiv ehtiyojlari bilan; 
– ijtimoiy muammolarni hal etishning o‘z tasdig‘ini topayotgan ko‘p 
variantligi, o‘tish davri sharoitida ijtimoiy eksklyuzivlarni bartaraf etish, aholini 
ijtimoiy himoyalash va ijtimoiy rivojlantirishning samarali yo‘llarini iqtisodiy 
islohotlar kontekstida emas, balki inson hayoti uchun izlash bilan belgilanadi. 
Ijtimoiy ish xodimlarining professional faoliyatining turi va shakllari, 
mazmuni amalga oshirish yo‘llari shu faoliyat xarakterini belgilab beruvchi 
muayyan tarmoqning faqat o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirib qolmasdan balki 
jamiyatning, konkret hudud – regionning, aholi punktining, ijtimoiy – iqtisodiy 
sohadagi vaziyatlarning xususiyatlarini ham aks ettiradi. 
Ijtimoiy ish xodimlarining professional – etik – axloqiy sifatlariga bo‘lgan 
talablar ijtimoiy ishning vazifalarini bajarish sohasiga va aholini ijtimoiy himoya-
lash obyektlarining xususiyatlariga qarab o‘zgaradi. 
Qashshoqlik, uysizlik, sayoqlik, bolalar va o‘smirlarning asotsial xulq-
atvori, katta yoshdagilarning deviantli xatti-harakati, fohishabozlik, yetimlik, 
ichkilikboz-lik, nogironlik va boshqalar mutaxassis faoliyatining xarakteriga ta’sir 
etuvchi va zaruriy professional sifatlarning shakllanishini belgilab beruvchi muhim 
128
 Ганиева М.Ҳ. Ижтимоий иш асослари. - Тошкент, CHASHMA PRINT, 2010. – Б.11. 


78 
omillar hisoblanadi. 
Shunga ko‘ra professional ijtimoiy ishning shakllanishida 1994-yilning 
oktabrida ijtimoiy xodimlarning Xalqaro federatsiyasida qabul qilingan hujjatlar 
katta ahamitga ega, bular: «Ijtimoiy ish axloqiy – etik prinsiplarining Xalqaro 
dekla-ratsiyasi»da ijtimoiy ish xodimi va mijozning munosabati, ya’ni o‘zaro 
aloqasi quyi-dagi prinsiplarni hisobga olgan holda vujudga kelishi ko‘rsatib 
o‘tilgan: 
- har bir inson o‘zining noyobligi bilan qadrlidir, buni inobatga olish va hur-
mat qilish kerak; 
- har bir inson o‘zini namoyon qilish huquqiga ega; 
- ijtimoiy ish xodimlari ijtimoiy adolat prinsiplari tarafdori bo‘lishi; 
- ijtimoiy xodimlar o‘zlarining barcha bilimlari va ko‘nikmalarini alohida ki-
shilar, guruhlar, jamoalarga, ularning rivojlanishida, shaxs va ijtimoiy muhit o‘rta-
sidagi ziddiyatlarni hal etishda yordam ko‘rsatish uchun qo‘llaydilar; 
- ijtimoiy xodimlar ularga yordam va maslahat so‘rab murojaat etgan har bir 
insonga, uning jinsidan, yoshidan, jismoniy va aqliy nuqsoni mavjudligidan, 
ijtimoiy va irqiy kelib chiqishidan, dini, tili, siyosiy qarashlaridan qat’iy nazar, 
yordam beradilar;
- ijtimoiy xodimlar BMTning inson huquqi Deklaratsiyasi va bu 
Deklaratsiya asosida tuzilgan boshqa xalqaro konvensiyalarga rioya qilgan holda 
individ va guruhlarning asosiy huquqlarini hurmat qiladilar; 
- ijtimoiy xodimlar shaxs daxlsizligi, o‘z ishida axborotdan foydalanish 
javobgarligi va sir tutish prinsiplariga rioya qiladilar. Ijtimoiy xodimlar o‘rinli 
maxfiylikka, hatto mamlakat qonunlari bu talablar bilan zid kelib qolsa ham, rioya 
qiladilar; 
- ijtimoiy xodimlar o‘z mijozlari bilan yaqin hamkorlikda ularning foydasi 
uchun, lekin boshqalarga ziyon keltirmasdan ishlaydilar; 
- ijtimoiy ish terrorizm, qiynoqlar va kishilarga azob berishga, kamsitishga 
qaratilgan boshqa harakatlarni qo‘llovchi individlar, guruhlar, hokimiyat struktura-
larining bevosita yoki bilvosita madadiga qarshidir. 
Mamlakatimizda esa ijimoiy ish xodimlari O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi “Yetim bolalar va ota-onasining qara-
mog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga 
oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4185-sonli qarori bilan 
tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va 
mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2019-yil 11-noyabrda ishlab 
chiqilgan “Ijtimoiy xodimlarning alohida lavozimi bo‘yicha tarif-malaka 
tavsifnomasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi ID-9543-sonli buyrug‘iga asosida 
amalga oshirilmoqda
129
.
129
 Ўзбекистон Республикаси Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги нинг 2019 йил 11 
ноябрдаги “Ижтимоий ходимларнинг алоҳида лавозими бўйича тариф-малака тавсифномасини 
тасдиқлаш тўғрисида”ги ID-9543-сонли буйруғи - https://regulation.gov.uz/oz/document/9543 


79 
Bunda “

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish