75
o‘rinda, “Ijtimoiy falsafa” ijtimoiy xizmat uchun fan tarmog‘i sifatida
“metodologik”, “gnoseologik” va “prognostik” vazifalarni bajaradi
117
.
“Jahondagi barcha elat va xalqlar ancha murakkab etnik jarayonni boshdan
kechirganlar. Chunki har bir etnos uzoq tarixiy davr davomida
turli elatlar bilan
aloqada, ba’zan bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib, boshqa etnoslar bilan aralashib,
ularni o‘ziga singdirib yoki tarkibiy qism qilib olish natijasida shakllanib
kelgan”
118
. Ana shu tarixiy davr davomida ijtimoiy xizmatning ayrim jihatlari
shakllana borgan.
Ijtimoiy xizmatning aksiologik ko‘rinishi islom madaniyatida mehr-oqibat
na-munalarida, Xristian madaniyatida hamdarlik ko‘rinishida kechgan bo‘lsa
119
,
umummadaniy bosqichda insonning jismoniy, ma’naviy va psixologik sog‘ligida
aniq nuqsonlar namoyon bo‘lganda yordam ko‘rsatish tarzida amal qilgan. Institut-
sional bosqichga kelib
120
, ijtimoiy xizmatning mehnat
obyekti va predmeti aniq-
landi, huquqiy va iqtisodiy asoslari yaratildi, mutaxassislar, ularning kasbiy
darajasi shakllandi. Tijoriy bosqichda esa (bugungi kunda), muhtojlarning talab va
ehtiyoji asosida tarmoqlarga, sohalarga ajratildi, xizmat ko‘rsatishning
sifatiga
e’tibor kuchaydi. Natijada hamkorlik, birdamlik, o‘zaro aloqalarni yarata olish
yo‘lga qo‘-yilib, bunda streotipli munosabatlar amal qilinishi kuzatiladi. Bular
bevosita identiklik bilan bog‘liq bo‘lib
121
, etnomadaniyatning tarkibiy elementlari
hisob-lanmish an’analar,
qadriyatlar, me’yorlar, marosimlar, udumlar, arxetiplar
kabilarda mujassamlanib, sotsiumda hamkorlikni ta’minlash funksiyasini bajaradi.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatishdan ko‘zlangan maqsad muhtoj insonlar iqtidori va
ko‘nikmalarini rag‘batlantirib, ular ijtimoiylashuvi muvozanatini ta’minlash uchun
maishiy, ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, tibbiy,
psixologik, jismoniy masalalarda
ama-liy yordam ko‘rsatishdan iborat. Mamlakatimizda bu borada amalga
oshirilayotgan islohotlar xususida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 2017-
yil 22-dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlanishicha: “Amaliy
natijadorlik, inson manfaati va yana bir bor inson manfaati islohotlarning bosh
maqsadi etib belgi-lanadi”
122
. Ma’lumki, inson manfaatlari ustuvorligini
ta’minlashning zamirida, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish alohida o‘rin egallaydi. Chunki
inson hayotining boshidan oxirigacha e’tibor, mehrga ehtiyoj sezib yashaydi.
A.Maslouning ehtiyojlar nazari-yasida o‘rtamiyona inson hayotida mehrga bo‘lgan
ehtiyojning 50 % qondirishi taxmin qilinadi
123
. Demak, har qanday insonda mehrga
muhtojlik eng katta ehtiyoj bo‘lib qolaveradi. Har qanday holat va vaziyatda inson
mehrga kuchli ehtiyoj sezib yashaydi. Misol tariqasida
Buyuk Britaniyada
“yolg‘izlik” bo‘yicha vazirlik tashkil etilishi va unga Buyuk Britaniya bosh vaziri
117
Мусаева Н. К. Социальная работа как объект философского анализа. Дис. ... канд. филос. наук. –Бишкек:
Институт философии и политико-правовых исследований, 2012. – С.30–31.
118
Жабборов И. Ўзбеклар: турмуш тарзи ва маданияти (Этномаданий лавҳалар) - Тошкент: Ўқитувчи,
2003. –Б.10.
119
Филантропия и благотворительность на различных этапах развития общества. - yourlib.net/content/view
120
Нурова С. С., Айтбаева П. М.Институционализация социальной работы в Кыргызстане. -
arch.kyrlibnet.kg
121
Мадаева Ш. Идентиклик антропологияси. - Тошкент: Noshir, 2015. -Б.39.
122
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси // Халқ
сўзи, 2017 йил 23 декабрь, №258 (6952).
123
Maslow A. Self-actualizing and Beyond // Challenges of Humanistic Psychology. - N.Y., 1967.– P. 51.
76
Tereza Mey sport va jamiyat masalalari bo‘yicha vazir Treysi Krauchni
“yolg‘izlik” bo‘yicha vazir etib tayinlanganligini keltirish mumkin. Negaki,
mutaxassislar “Buyuk Britaniyada “yolg‘izlik epidemiya-si” avj olganligidan
xavotirlanmoqdalar. Britaniyaning 65,6 mln. aholisidan 9 mln.dan ko‘prog‘i o‘zini
yolg‘iz his qilmoqda”
124
, – deb ta’kidlanmoqda.
Ijtimoiy yordam ko‘rsatishni aniq tarixiy vaqt,
insoniyatning hayotiy
tajribasi bilan bog‘liq holda o‘rganish lozim. Shunday yondashuv K.Lorensda
masalaga madaniyatshunoslik mazmunida e’tibor qaratganligini anglatadi. Negaki,
ijtimoiy yordam ko‘rsatish bioijtimoiy hodisa hisoblanib, turli darajaviy
ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanishi mumkin. Shu kabi “ijtimoiy yordam
ko‘rsatish” R.Samarovning muammoga madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan
yondashuvida milliy-madaniy hayot tarzi bilan bog‘lanib, bunda qadriyatlarning
shakllanishi, takomil-lashuvi hamda an’analarning
vujudga kelishi va amal
qilishiga alohida urg‘u beriladi.
Ayrim manbalarda
125
ijtimoiy xizmatning kelib chiqishi va shakllanishini
filantropik amaliyot, xristian an’analari bilan bog‘lab sharhlash kuzatiladi
126
. Bu
borada ilgari surilgan qarashlar va mulohazalar pirovardida shuni qayd etish
lozimki, G‘arbda ijtimoiy xizmat va ijtimoiy xizmat tizimi xristian an’analari
asosida shakl-langan. Sharqda esa ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning
genezisi
islomgacha bo‘lgan qadriyatlar hamda islom qadriyatlari uyg‘unligida mazmun-
mohiyat kasb etdi. Mazkur masalani nazariy jihatdan asoslash maqsadida Amir
Xusrav Dehlaviyning quyidagi baytida ilgari surilgan g‘oyasini keltiramiz:
Aslida odamdan kam emas odam,
Chunki barchamizning otamiz Odam
127
.
Bunda, Odam alayhissalomning yaratilish g‘oyasi dominantlik qilib, barcha
insonlar Odam va Havoning farzandlari ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shu sababli
ham insonlar bir-birlariga mehr ko‘rsatib, o‘zaro amaliy yordam berishlari maqbul
hisoblanadi.
Retrospektiv tahlil va manbalarning qiyosiy tahlili natijasi sifatida ijtimoiy
xizmatning shakllanishi va rivojlanishini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: