3.29 va 3.30 belgilari qatnov qismining qarama-
qarshi tomonlarida bir vaqtda o‘rnatilganda,
qatnov qismining har ikkala tomonida soat 19:00 dan 21:00 gacha to‘xtab turishga ruxsat etiladi (joyini
o‘zgartirish vaqti).
3.31. “Barcha cheklovlarning oxiri”. 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilaridan bir
nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan hududlarning oxiri.
3.32. “Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan”.
3.33. “Portlovchi va tez alangalanuvchi yukni tashiyotgan transport vositasining harakati
taqiqlangan”.
3.1
— 3.3, 3.18.1, 3.18.2, 3.19, 3.27 belgilarga amal qilish yo‘nalishli transport vositalariga, 3.2
— 3.8 belgilari ta’sir oralig‘ida joylashgan korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalariga,
shuningdek, ushbu belgilar ta’sir oralig‘ida yashovchi yoki ishlovchi fuqarolarga xizmat qiluvchi yoki
ularga tegishli bo‘lgan transport vositalariga ta’sir qilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari
belgilangan joyga yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.
3.27. belgisi yo‘nalishsiz yengil taksilarga yo‘lovchilarni tushurish-chiqarish (yuklarni ortish-
tushurish) vaqtida ta’sir qilmaydi;
Ushbu Qoidalarning
176-bandiga
binoan “Nogiron” tanish belgisi bilan belgilangan avtomobillar
va kajavali mototsikllarni boshqarayotgan nogiron haydovchilar 3.2, 3.3 va 3.28 belgilari talablaridan
chetga chiqishlari mumkin. 7.18 belgi bo‘lganda 3.27 belgisining ta’sir doirasida to‘xtashga ruxsat
etiladi.
3.28
— 3.30 belgilarining taksometri ishlab turgan taksilarga taalluqli emas.
3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o‘rnatilsa, shu
kesishmaga tatbiq etiladi.
3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26
— 3.30 belgilarining ta’siri belgi o‘rnatilgan joydan keyingi eng yaqin
chorrahagacha, qayrilib olish joyigacha, ular bo‘lmaganda — aholi punktining oxirigacha ta’siri qiladi.
Yondosh hududlardan yo‘lga chiqish joylarida yoki yo‘lning dala, o‘rmon yo‘llari va boshqa
doimiy harakatlanish, o‘tib ketish uchun mo‘ljallanmagan yo‘llar bilan kesishgan (tutashgan) joylarida,
ularning oldida tegishli belgilar o‘rnatilmagan bo‘lsa, bu belgilarning ta’siri yo‘qolmaydi.
Aholi punktlariga y
etmasdan o‘rnatilgan 3.24 belgisining ta’siri 5.22 belgisigacha kuchini
saqlaydi.
Belgilarning ta’sir doirasi aniqlashtirilishi mumkin:
3.16 va 3.26 belgilari uchun 7.2.1 qo‘shimcha axborot belgisi bilan;
3.20, 3.22, 3.24 belgilari 3.21, 3.23, 3.25 belgila
ri va 7.2.1 qo‘shimcha axborot belgisi orqali;
3.24 belgisining ta’sir oralig‘i undan keyin boshqa eng yuqori harakatlanish tezligi ko‘rsatilgan
3.24 belgisini o‘rnatish bilan;
3.27
— 3.30 belgilarining amal qilish oralig‘i oxiriga 3.27 — 3.30 belgilari 7.2.3 qo‘shimcha
axborot belgisi bilan birga takror o‘rnatiladi yoki 7.2.2 qo‘shimcha axborot belgisi bilan qo‘llaniladi.
3.27 belgisi 1.4 yotiq chizig‘i bilan birgalikda, 3.28 belgisi esa 1.10 yotiq chizig‘i bilan birgalikda
qo‘llanishi mumkin, bunda belgilarning ta’sir hududi yo‘l chizig‘i uzunligi bilan aniqlanadi.
3.10, 3.27
— 3.30 belgilari yo‘lning qaysi tomonida o‘rnatilgan bo‘lsa, ularning ta’siri faqat o‘sha
tomonga amal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: