gabaritidan bo‘yiga va eniga 0,5 metrdan ortiq chiqib turgan yoki boshqarishga xalaqit
beradigan yuklarni tashish;
velosiped yo‘lkasi bo‘lgan holda yo‘lning qatnov qismida harakatlanish;
tramvay harakatlanadigan yo‘llarda va shu yo‘nalishda harakatlanish uchun bo‘lagi bittadan
ko‘p bo‘lgan yo‘llarda chapga burilish yoki qayrilib olish;
yo‘lda motoshlemni qadab olmasdan harakatlanish (moped haydovchilari uchun);
yo‘lning qatnov qismidan, shu jumladan, piyodalar o‘tish joyidan velosipedlarni boshqarib kesib
o‘tish (velosiped yo‘laklarida harakatlanish bundan mustasno).
Velosipedlarni va mopedlarni shatakka olish, shuningdek, ulardan shatakka olishda
foydalanish taqiqlanadi (velosiped yoki mopedga mo‘ljallangan tirkamalarni shatakka olish bundan
mustasno).
169. Chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan velosiped yo‘lkasi bilan yo‘l kesishmasida
velosiped va moped haydovc
hilari yo‘lda harakatlanayotgan boshqa transport vositalariga yo‘l
berishlari kerak.
Velosiped yo‘lkasi va piyodalar yo‘lkasi (trotuar) o‘zaro kesishgan holatlarda velosipedchi
piyodaga yo‘l berishi kerak.
170. Ot-
aravalarda ularni to‘xtatib turadigan moslama va orqaga tisarilib ketishga yo‘l
qo‘ymaydigan tirgaklar bo‘lishi kerak.
Qorong‘i vaqtda va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda harakatlanganda ot-aravaning old
tomoniga oq rangli chiroq yoki ikkita nur qaytargich, orqa tomoniga esa qizil rangli chiroq yoki ikkita nur
qaytargich o‘rnatilishi kerak.
Yondosh hududdan yoki ikkinchi darajali yo‘ldan ko‘rinishi cheklangan joylarda yo‘lga
chiqayotgan arava haydovchisi hayvonlarning jilovini qo‘yib yubormasligi kerak.
171. Hayvonlarni yo‘lda, asosan sutkaning yorug‘ vaqtida haydab borilishi kerak. Podachilar
hayvonlarni mumkin qadar yo‘lning yo‘l yoqasida olib yurishlari kerak.
172. Hayvonlarni temir yo‘l kesishmalari orqali haydab o‘tishda podachilar sonini hisobga olgan
holda hayvonlar podasi xavf-xatarsiz ha
ydab o‘tilishi ta’minlanadigan to‘dalarga bo‘linishi kerak.
173. Aravani boshqarayotgan, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni, podani haydab
ketayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:
yo‘llarda hayvonlarni nazoratsiz qoldirish;
podani temir yo‘ldan va yo‘lda maxsus ajratilmagan joylardan, shuningdek ruxsat etilgan
joylarda esa sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda haydab o‘tish;
boshqa yo‘llar bo‘lganda hayvonlarni mukammal qoplamali yo‘llarda haydab borish;
ko‘kalamzorlashtirilgan joylarda (yo‘l, yo‘l yoqasi, ajratuvchi mintaqa va boshqalar) hayvonlarni
boqish va bog‘lab qo‘yish.
Do'stlaringiz bilan baham: