26-bob. Odam tashish 152. Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobilining yukxonasida odam tashish “S”
toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan (odamlar soni kabinadagi yo‘lovchilarni
ham qo‘shib hisoblaganda 8 nafardan ortiq bo‘lmasa) va shu toifadagi transport vositasini kamida 3 yil
davomida boshqargan haydovchilar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Yuk transport vositalarining yukxonasida
tashiladigan odamlar soni kabinadagi yo‘lovchilarni
ham qo‘shib hisoblaganda 8 nafardan ortiq bo‘lganda, haydovchi mazkur bandning
birinchi
xatboshida
belgilangan talablarga qo‘shimcha “D” toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqiga
ham ega bo‘lishi kerak.
Harbiy haydovchilarning yuk avtomobillarida odam tashishiga ruxsat berish O‘zbekiston
Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
153. Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili yukxonasining borti 1,3 metrdan kam
bo‘lmasligi shart. Bunda yukxonaning pastki qismidan 0,3 — 0,5 metr balandlikda mahkamlangan
o‘rindiqlar jihozlangan bo‘lishi kerak.
154. Odam tashish uchun moslashtirilmagan yuk avtomobillarining yukxonasida faqat yukni
olish uchun borayotgan yoki uni kuzatib borayotgan shaxslarning bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi, bunda ular
bort sathidan pastda o‘tirish uchun o‘rindiqlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
155. Shaharlararo, sayyohlik, ekskursiya yoki to
g‘li yo‘nalishlarda va bolalar guruhini tashkiliy
ravishda tashish Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-maydagi 424-son
qarori
hamda 2003-yil 4-
noyabrdagi 482-
son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida avtobuslarda yo‘lovchilar
tashish xavfsizligini ta’minlashga doir
talablarga
muvofiq amalga oshiriladi.
156. Bolalar guruhini tashkiliy tashishda avtobus (mikroavtobus)da katta yoshli kuzatib
boruvchi(lar) bo‘lishi shart.
Bunday avtobus (mikroavtobus)larning oldi va orqa tomoniga “Bolalar guruhini tashish” taniqlik
belgisi o‘rnatilishi kerak.
157. Harakatni boshlashdan oldin haydovchi yo‘lovchilarga xavfsizlik choralari, avtomobilga
chiqish, undan tushish va unga joylashish tartibi haqida tushuncha berishi kerak.
Haydovchi harakatni boshlashdan oldin yo‘lovchilarni xavfsiz tashish sharoiti
ta’minlanganligiga ishonch hosil qilishi kerak.
158. Haydovchi transport vositasi to‘liq to‘xtagandan keyin yo‘lovchilarning chiqishi va
tushishida ularning xavfsizligini ta’minlashi kerak. Eshiklar yopilgandan so‘ng harakatlanishni boshlashi
va to‘liq to‘xtamaguncha ularni ochmasligi shart.
159. Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
bolalarni yuk avtomobillarining yukxonasida;
transport vositasining kabinasidan tashqarida (odam tashish uchun mo‘ljallangan bortli yuk yoki
furgon-yuk xonali avtomobillar bundan mustasno);
Traktorlar va boshqa o‘ziyurar uskunalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk
mototsikllari yukxonasida;
Mototsikllarning konstruksiyasida ko‘zda tutilgan joylaridan tashqarida;
12 yoshga to‘lmagan bolalarni mototsiklning orqa o‘rindig‘ida, shuningdek bolalarni ushlab
turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilmagan transport vositasining old o‘rindig‘ida;
odam soni transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘zda tutilgan miqdordan ortiq
bo‘lganda.
Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korxona belgilagan ruxsat
etilgan vazndan oshmasligi kerak.