157
uni mehnatga oid munosabatlarning kelgusida bekor qilinishi to’g’risida kamida
ikki oy oldin yozma ravishda (imzo chektirib) ogohlantirishi
yoki unga shunga
mutanosib kompensastiya to’lashi shart.
Mehnat shartnomasi xodim aybli xatti-harakatlar sodir etganligi munosabati
bilan bekor qilingan hollarda (100-modda ikkinchi qismining 3 va 4 bandlari), ish
beruvchi xodimni mehnatga oid munosabatlarning bekor qilinishi to’g’risida
kamida uch kun oldin xabardor qiladi yoki unga mutanosib kompensastiya
to’laydi.
Ogohlantirish muddati davomida, mehnatga oid munosabatlar xodimning
aybli xatti-harakatlar sodir etganligi munosabati bilan bekor qilish to’g’risidagi
ogohlantirishni istisno etganda, xodimga boshqa ish qidirish uchun haftada kamida
bir kun shu vaqt uchun ish haqi saqlangan holda ishga chiqmaslik huquqi beriladi.
Xodimni ogohlantirish muddatiga vaqtincha
mehnatga qobiliyatsizlik davri,
shuningdek uning davlat yoki jamoat vazifalarini bajargan vaqti qo’shilmaydi,
mehnatga oid munosabatlarning korxona tugatilganligi natijasida bekor qilinishi
bundan mustasno.
Ish beruvchi xodimlarni ommaviy ravishda ishdan ozod etish ehtimoli
to’g’risida o’z vaqtida, lekin kamida ikki oy oldin tegishli kasaba uyushmasi
organi yoki xodimlarning boshqa vaqillik organiga axborot taqdim etadi va ishdan
ozod etish oqibatlarini engillashtirishga qaratilgan maslahatli ishlarni amalga
oshiradi. Ish beruvchi, shuningdek kamida ikki oy oldin har bir xodimning kasbi,
mutaxassisligi, malakasi va mehnat haqi miqdorini ko’rsatgan holda, bo’lajak
ishdan ozod qilish to’g’risidagi ma’lumotlarni mahalliy
mehnat organiga ham
ma’lum qilishi shart (102-modda).
Muddatli mehnat shartnomasida uni muddatidan oldin bekor qilganlik uchun
taraflarning neustoyka to’lashi haqidagi o’zaro majburiyatlari nazarda tutilishi
mumkin, bunga ko’ra, agar mehnatga oid munosabatlar xodimning aybli xatti-
harakatlari bilan bog’liq bo’lmagan asoslar bo’yicha (100-modda ikkinchi
qismining 1, 2, 5, 6, va 7-bandlari) ish beruvchining tashabbusi bilan bekor
qilingan bo’lsa, ish beruvchi xodimga neustoyka to’laydi,
agar mehnatga oid
158
munosabatlar xodimning tashabbusi bilan (99-modda), shuningdek xodimning
aybli xatti-harakatlari bilan (100-modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari)
bog’liq asoslar bo’yicha bekor qilingan bo’lsa, xodim ish beruvchiga
neustoyka
to’laydi. Agar mehnat shartnomasida neustoykaning miqdori belgilab qo’yilmagan
bo’lsa, taraflar uni to’lashdan ozod etiladilar.
Neustoykaning miqdori ish beruvchi tomonidan xodimning manfaatlarini
ko’zlab qilingan xarajatlarga, xodim ishlagan davr va boshqa holatlarga bog’liq
tarzda tafovut qilishi mumkin.
Xodim to’laydigan neustoyka miqdori ish beruvchi to’laydigan neustoyka
miqdoridan oshib ketishi mumkin emas.
Agar mehnat shartnomasi ushbu Kodeksning 99-moddasi beshinchi qismida
nazarda tutilgan hollarda xodim tashabbusi bilan bekor qilingan bo’lsa, u
neustoyka to’lashdan ozod etiladi.
Taraflardan biri neustoyka to’lashdan bosh tortsa, uni undirish sud tartibida
amalga oshiriladi (104-modda).
Muddatli mehnat shartnomasi muddati tugashi bilan bekor qilinadi.
Agar muddat tugagandan keyin ham mehnatga oid munosabatlar davom
etaversa va taraflardan birortasi bir hafta davomida uning
bekor qilinishini talab
qilmagan bo’lsa, shartnoma nomuayyan muddatga uzaytirilgan deb hisoblanadi.
Ish joyi (lavozimi) saqlanishi lozim bo’lgan xodimning ishda bo’lmagan
vaqtiga mo’ljallab tuzilgan mehnat shartnomasi shu xodim ishga qaytgan kundan
e’tiboran bekor qilinadi (105-modda).
Mehnat shartnomasi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
1) xodim harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan
taqdirda;
2) shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga tiklangan taqdirda;
3) xodimni jazoga mahkum etgan sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan
taqdirda, basharti buning natijasida xodim avvalgi ishini davom ettirish
imkoniyatidan mahrum etilgan bo’lsa, shuningdek xodim sudning qaroriga binoan
ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasiga yo’llangan taqdirda;
159
4) ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar buzilganligi munosabati
bilan, agar yo’l qo’yilgan qoidabuzarlikni bartaraf etishning imkoni bo’lmasa va u
ishni davom ettirishga to’sqinlik qilsa;
5) xodimning vafoti munosabati bilan;
6) qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda (106-modda).
Do'stlaringiz bilan baham: