160
taraflar ixtiyoriga bog’liq bo’lmagan, ushbu Kodeksning 106-moddasi 1 va 2-
bandlarida nazarda tutilgan holatlarga binoan.
Mehnat shartnomasi ushbu
Kodeksning 106-moddasi 4-bandiga binoan bekor qilinganda ishdan bo’shatish
nafaqasi to’lanadi, ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar xodimning
aybi bilan buzilgan hollar (sudning muayyan lavozimni egallash yoki muayyan
faoliyat turi bilan shug’ullanish huquqidan mahrum etish haqidagi hukmini
yashirish, soxta hujjatlar taqdim etish va hokazo) bundan mustasno;
xodim yangi mehnat shartlari asosida ishni davom ettirishni rad etganligi
sababli (89-moddaning to’rtinchi qismi).
Ishdan bo’shatish nafaqasining miqdori o’rtacha
oylik ish haqidan kam
bo’lishi mumkin emas (109-modda).
Mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinganda
xodimga tegishli ish haqi, uning miqdori xususida nizo bo’lmasa:
1) mehnat shartnomasi bekor qilingan kunga qadar ishlayotgan xodimga, -
mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni;
2) mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamayotgan xodimga, - u hisob-
kitob qilishni talab etgan kuni to’lanishi kerak.
Mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan bekor qilinganda unga
tegishli ish haqi, uning miqdori xususida nizo bo’lmasa:
1) qonun bo’yicha yoki shartnomaga muvofiq mehnat shartnomasini bekor
qilish haqida ish beruvchini ogohlantirishi shart bo’lgan xodimga, -
ogohlantirishiga ko’ra u ishni tashlab ketishga haqli bo’lgan
kundan
kechiktirmasdan;
2) mehnat shartnomasini bekor qilishi haqida ish beruvchini ogohlantirishi
shart bo’lmagan xodimga, - ishdan ketgan kunining ertasidan kechiktirmasdan
to’lanishi lozim.
Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga tegishli haqning miqdori
yuzasidan nizo chiqqan taqdirda, xodimga shak-shubhasiz tegadigan summani ish
beruvchi ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko’rsatilgan
muddatlarda to’lashi shart (110-modda).
161
Mehnat shartnomasi g’ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim
g’ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o’tkazilgan hollarda, u ish beruvchining o’zi,
sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan avvalgi ishiga tiklanishi lozim.
Nizoni ko’rish vaqtida ish beruvchiga mehnat shartnomasini bekor qilish yoki
xodimni boshqa ishga o’tkazishning asosliligini isbotlab berish mas’uliyati
yuklatiladi.
Agar jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida
mehnat shartnomasini ish
beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishni kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki
xodimlarning boshqa vaqillik organi bilan oldindan kelishib olish nazarda tutilgan
bo’lsa, sud kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlar boshqa vaqillik organining
oldindan roziligi olingan-olinmaganligini aniqlaydi (111-modda).
Ishga tiklanganda ish beruvchiga xodimga yetkazilgan zararni qoplash
majburiyati yuklatiladi.
Zararni qoplash:
majburiy progul vaqti uchun haq to’lash shartligidan (275-modda);
mehnat shartnomasi bekor qilinganligi yoki xodim boshqa ishga
o’tkazilganligi ustidan shikoyat qilish bilan bog’liq qo’shimcha xarajatlar
(mutaxassislardan maslahat olish, ish yuritish
uchun ketgan xarajatlar va
boshqalar) uchun kompensastiya to’lashdan;
ma’naviy zarar uchun kompensastiya to’lashdan iboratdir. Ma’naviy zarar
uchun to’lanadigan kompensastiyaning miqdori ish beruvchining xatti-harakatiga
berilgan bahoni hisobga olib, sud tomonidan belgilanadi,
lekin bu miqdor
xodimning oylik ish haqidan kam bo’lishi mumkin emas.
Xodimning iltimosiga ko’ra sud ishga tiklash o’rniga uning foydasiga (ushbu
moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgandan tashqari) kamida uch oylik ish
haqi miqdorida qo’shimcha haq undirib berishi mumkin.
Mehnat shartnomasini g’ayriqonuniy ravishda bekor qilishda yoki xodimni
g’ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o’tkazishda aybdor bo’lgan mansabdor
shaxslar xodimga ish haqi to’lanishi munosabati bilan ish beruvchiga yetkazilgan
162
zarar uchun ushbu Kodeksning 274-moddasida nazarda
tutilgan tartibda moddiy
javobgar bo’ladilar (112-modda).
Xodimni ishdan chetlashtirishga, qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari,
yo’l qo’yilmaydi.
Alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik
holatida ishga kelgan xodim shu kuni (smenada) ishga qo’yilmaydi.
Xodim majburiy tibbiy ko’rikdan o’tishdan bo’yin tovlagan yoki o’tkazilgan
tekshirishlar natijalari bo’yicha tibbiy komissiya tavsiyalarini bajarmagan taqdirda,
ish beruvchi uni ishga qo’ymaslikka haqlidir.
Xodim ish beruvchining aybi bilan g’ayriqonuniy ravishda ishdan
chetlashtirilganda xodimga yetkazilgan zararni ushbu Kodeksda nazarda tutilgan
tartibda to’lash majburiyati ish beruvchiga yuklatiladi (113-modda).
Do'stlaringiz bilan baham: