199
Hammurapi 10 yillik urushda
Mari podshosi Zimrilim
bilan birlashib yanchib tashladi.
O’zaro urushlar shahar, davlatlarni zaiflashtirdi.
Larsa shahrini Elam bosib oladi. Elam hokimi Rimsin
(er. avv. 1822-1763-yillar) kanallar, ibodatxonalar
barpo qiladi. Ko’pgina shaharlar Uruk, Nippur, Issin
va Larsa unga qaram bo’ladi.
Shunday bir sharoitda Bobil shahrining yangi
markaz sifatida roli kuchayadi. Shaharning ikki
daryo oralig`ining qoq o’rtasida joylashuvi barcha
sun'iy sug`orish inshootlarining va Old Osiyoning
quruqlik va daryo yo`llarini tutashgan joyda
o`rnashgani
Bobilning siyosiy, iqtisodiy markaz
bo’lishiga qulay omillar bo’ladi.
Bobilni gullab-yashnashi I-Bobil sulolasining
oltinchi podshosi Hammurapi (er.avv. 1792-1750
yillar) davriga to’g`ri keladi. Hammurapi dono,
uzoqni ko’ra oladigan davlat arbobi, ayyor diplomat,
yirik strateg, adolatli
qonunshunos va mohir
tashkilotchi edi. Hammurapi Bobil uchun foydali
bo’lgan ittifoqlar tuzishga mohir diplomat bo’lib, bu
ittifoq o’z vazifasini o’tab bo’lgach tezda undan voz
kechgan. Hammurapi dastlab Larsa bilan ittifoq
tuzadi va janubda Ur va Issin shaharlarini bosib oladi.
Mari bilan ittifoq tuzib, Eshnunna shahrini bosib
oladi. Mari bilan birgalikda
sobiq ittifoqchisi Larsani
o’ziga bo`ysundirgach, Hammurapi er.avv. 1759 yil
Mari shahrini bosib oladi. Shimolda faqat zaiflashib
200
qolgan Osuriya qoladi, uning yirik shaharlari Ashshur
va Nineviya Bobil hokimiyatini tan oladilar.
Hammurapining 42 yillik hukmronligi davomida
Bobil kichik shahardan
butun Mesopotamiyani
birlashtirgan yangi qudratli davlatning poytaxti, Old
Osiyoning yirik siyosiy–iqtisodiy va madaniy
markaziga aylanadi.
Mesopotamiyada yagona markazlashgan davlat
tashkil topdi. Hammurapi uni ikki qismga: akkad
tillarida so’zlashadigan shumer-akkad xudolariga
sig`inadigan asosiy hududga va Elam Suzasi, Yuqori
Mesopotamiyani xurrit-amoriy hududlarini o`z
ichiga
olgan viloyatga bo`ldi.
Hammurapining vorisi Samsuilin (er. avv. 1749-
1712 yillar) davrida Bobilda ichki ziddiyatlar
kuchayib, qishloq jamoalar, jangchilar va boshqa soliq
to’lovchilarning ahvoli yomonlashadi. Er. avv. 1742-
yilda Mesopotamiyaga shimoli-sharqdan bu yerda
avval noma`lum bo`lgan “kass” etnomidagi hind-
yevropa qabilalari (Akkadcha Kassu,
zamonaviy
fanda kassitlar, o`zlarini kaspe-kaspiy deb atagan)
Gandash nomli yo`lboshchilari bilan bostirib kiradilar.
Elam janubda shumer shaharlariga bostirib kiradi.
Sippar va Issin shaharlarida qo`zg`olon ko`tariladi.
Shimoliy-g`arbda yangi Mitanni davlati vujudga
keladi. Mitanni davlati Bobilni Kichik Osiyo va
Sharqiy O`rtayer dengizi qirg`og`iga boradigan
yo`llardan to`sib qo`yadi. Buning ustiga eramizdan
201
avvalgi 1595-yilda xettlar Bobilga bostirib kirib I
Bobil sulolasini tugatadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: