O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/244
Sana11.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#898754
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

 
Ilmiy bilimlar 


224 
Qadimgi Mesopotamiyada dunyoning ilmiy 
bilishda ma'lum yutuqlarga erishildi. Bobilda ayniqsa, 
matematika fanlari amaliy maqsadlar uchun yuzaga
kelib, yuqori darajada rivojlanadi. Qadimdayoq, 
bobilliklar zikkuratlarning yuqori qavatlaridan turib 
osmon jismlarini muntazam kuzatganlar. Ana shu 
ko’p asrlik kuzatishlari natijasida matematik-
astronomiya vujudga keldi. Astronomlar yulduzlar 
o’rtasidagi masofani astronomik hisob-kitob 
qilganlar. Bobilda ko’p sonli astronomik jadvallar
vujudga kelgan. Shu davrda Bobilda mashhur
astronomlar Naburian va Kiden yashaganlar. 
Naburian oy fazalarini aniqlash tizimini ishlab 
chiqdi. Kiden quyosh yilini 365 kun, 5 soat 41 minut 
va 41,6 sekund xisobladi. U yil hisobi
davomiyligida bor yo`g`i 7 minut, 17 sekundga xato 
qilgan. Astronomiya astrologiya bilan bog`langan edi.
Bizgacha juda ko’p Bobil tibbiyot matnlari yetib 
kelgan. Mesopotamiya vrachlari chiqqan va singan 
suyak bo`g`inlarini davolay olganlar, lekin odamning 
ichki kasalliklarni davolay olmaganlar. Er. avv. III
ming yillikdayoq mesopotamiyaliklar Hindistonga 
boradigan yo`lni, er. avv. I ming yillikda Efiopiya va 
Ispaniyaga boradigan yo`lni bilganlar. Bizgacha yetib
kelgan xaritalar bobilliklarning o’z geografik 
bilimlarini tizimga solishga harakat qilganliklarini 
ko’rsatadi.
 


225 
San'at
Qadimgi Mesopotamiyaning san'atini 
shakllanishi va keyingi taraqqiyotiga shumerlarning 
badiiy an'analari hal qiluvchi rol o`ynaydi. Tosh 
o`ymakorlik er.avv. III ming yillik boshlarida 
shakllandi. Toshga naqshlar o`yish (gliptika) er.avv.I 
asrigacha yuksak darajada rivojlandi. Er.avv. XXIV-
XXIII asrlarda Mesopotamiya yagona davlat bo`lib, 
birlashgan paytda podsholarning ideallashtirilgan
portret-tasvirlari paydo bo’ladi.
Er.avv. II ming yillik boshlaridan qurbonlik 
keltirish, saroy hayoti manzaralari tasvirlangan freska 
san'ati rivojlanadi. Mesopotamiya san'ati er.avv. VIII-
VII asrlarda Osuriya davlatining gullab-yashnagan 
davrida o’zining yuqori cho`qqisiga chiqadi. Bu 
asosan relef san'atida o’z aksini topgan. Bu davrda 
ulug`vor saroy va ibodatxonalar barpo qilina 
boshlandi.
Er.avv. I ming yillikda Mesopotamiyada yirik 
savdo-hunarmandchilik madaniyat markazlari
bo’lgan katta shaharlar paydo bo’ladi. 
Mesopotamiyadagi osuk podshosi Sinaxxreb 
tomonidan er. avv. 705-681-yillarda qurilgan, 
maydoni bo’yicha Old Osiyoda eng katta shahar 
Osuriya poytaxti Nineviya edi. Shahar 729,7 ga yerni 
egallab, shaharda 170 ming aholi yashagan.
Mesopotamiyada shisha ishlab chiqarish juda 
erta er.avv. XVII asrda boshlanadi, temirdan 


226 
foydalanish esa, kechroq er.avv. XI asrga 
boshlanadi. Mesopotamiyaning ilmiy bilimlari, san'ati,
me'morchiligi, dini, yozuvi va adabiyoti, qadimda 
ko’pgina sharq xalqlari madaniyati ravnaqining 
o`lchov mezoni bo’lib xizmat qildi.


Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish