O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Bobil er. avv. II ming yillik oxiri er. avv. I



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/244
Sana11.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#898754
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

 
Bobil er. avv. II ming yillik oxiri er. avv. I
ming yillikning I yarmida 
Er. avv. XII asrda kassitlar Bobiliga Elam 
halokatli zarba berdi. Elam bir necha bosqinlardan 
keyin er. avv. 1150-yillar atrofida kassitlar sulolasi 
hukmronligini tugatadi. Navuxodonosor I (er. avv. 
1124-1108-yillar) II Issin sulolasi davrida elamliklar 
Bobildan haydab yuboriladi. Elamga shunday zarba 
beriladiki, u haqda uch asr (er. avv. 821- yilgacha) 
biror bir matn xabar bermaydi.
Bobilni keyingi tarixida Dajla, Frot daryolari, 
Fors qo`ltig`i qirg`og`i va janubiy Mesopotamiyaning 


208 
shaharlari oralig`ida joylashgan xaldey qabilalari
muhim o’rinni egalladilar. Ular yarim ko`chmanchi 
chorvador va dehqonlar edilar. Xaldeylar er. avv. IX 
asrda Bobilni janubiy qismini bosib oladilar va Bobil 
madaniyatini qabul qiladilar. Bobilning oliy xudosi
Mardukka sig`inadilar.
Er. avv. 729-yilda Bobilni Osuriya bosib oladi. 
Osuriyaliklar Bobilda er.avv. VII asrgacha
hukmronlik qiladilar. Yangi Bobil podsholigini
paydo bo’lishi eramizdan avvalgi 629-yilga to’g`ri 
keladi. Lashkarboshi Nabopalasar Bobilda yangi 
xaldey sulolasiga asos soldi. Navuxudonosor II ning 
hukmronlik yillari Bobilning gullab-yashnagan (er. 
avv. 605-562-yillar) davri bo’ldi. Bobil 200 ming
aholisi bo’lgan qadimgi sharqning eng yirik shahriga 
aylandi. Shahar Frot daryosining ikki qirg`ogida 
joylashgan bo’lib, uzunligi 123 metr, kengligi 5-6 
metr bo’lgan ko`prik bilan birlashtirilgan. Shaharda 
ulkan podsho saroyi, sun'iy tepalikda Bobilning 
muqaddas ibodatxonasi Esagila joylashgan edi. 
Ibodatxonaning har bir tomoni uzunligi 400 metrni 
tashkil qilgan. Undan janubda balandligi 91 metr 
bo’lgan yetti qavatli Etemenanki («osmon va yerning
markazidagi ibodatxona») deb atalgan zikkurat 
ibodatxona qurilgan. U qadimgi yetti mo'jizaning biri 
deb hisoblangan. Shahar ikki qator devor bilan 
o’ralib, uning aylanasi 8 km.ni tashkil qilgan va 8 
darvozadan shaharga kirilgan.


209 
Navuxodonosor II vafotidan so’ng Bobil 
zaiflashadi. Er. avv. 539 - yilda Bobilni Eron 
podshosi Kayxusrav II bosib oldi. Bobil eramizdan 
avvalgi 331- yilgacha Ahmoniylar davlati tarkibiga 
kiradi, keyin esa Makedoniyalik Iskandar davlatiga, 
uning yemirilishidan so’ng Salavkiylar davlati 
tarkibiga kiradi.
Bizgacha Bobil tarixini er. avv. VII-VI asrlariga 
doir ma'muriy matnlar, yozuvlar, podsho farmonlari 
va farmoyishlari yetib kelgan. Bobil to’g’risida
ayrim antik mualliflar ma'lumotlari mavjud.
Hujjatlarga ko’ra, bu davrda qullarning soni 
ko’paygan. Ibodatxona xo`jaligida yuzlab qullar 
ishlagan, boylarning yerlarida 3-5 qul, tadbirkor 
uylarda o’nlab qullar mehnat qilganlar. Yirik yer 
egalari erkin kishilarga va qullarga yerni ijaraga bir 
xil shartlarda berganlar.
Yollanma ishchilar, kam yerli yoki yersiz kishilar 
ko’pchilikni tashkil qilgan. Yangi Bobil podsholigi 
davrida savdo-tadbirkorlik uylari keng tarqalgan. 
Arxiv ma'lumotlariga ko’ra Egibi va Murashu uylari 
katta-katta yerlarni ijaraga berganlar. Ibodatxonalar 
ham tovar-pul munosabatlariga tortilgan. Ular yer va 
qullarni ijaraga berganlar. Er. avv. I ming yillikda
podsho xo`jaligi sezilarli rol o`ynamagan. Podsho 
yerlari ham ijaraga berilgan. Ibodatxona va xususiy
xo’jaliklar yetakchi o’rinni egallaydilar.


210 
Bobil xalqaro savdoda Sharqiy O’rtayer dengizi 
qirg`og`i mamlakatlari va Mesopotamiyadan janubiy-
sharqda turgan viloyatlar o’rtasida savdoda 
vositachilik qilgan. Misr, Suriya, Elam va Kichik 
Osiyo bilan gavjum savdo qilingan. Bobil ahmoniylar 
viloyatlariga g`alla, kiyim-kechak va jun, gazlama 
yetkazib beradigan asosiy markaz bo’lgan. Bobil Fors 
davlatining eng boy satrapliklaridan biri edi, u har 
yili xazinaga 1000 talant (30 tonna) kumush bilan 
davlat solig`ini to`lagan. 


Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish