Akkadning yuksalishi
Kishning fitna qurboni bo’lgan podshosi
Lugalzagissining kichik saroy amaldori, kelib chiqishi
oddiy odamlardan bo`lgan akkadlik (rivoyatlarga
ko`ra tashlandiq bo`lgan va keyinchalik Kish saroyida
tarbiyalangan) Kishning bir qism aholisi bilan
ko`rimsiz Akkad shaharchasiga yashirinadi. O`zini
Sharrum-ken (“haqiqiy podsho” zamonaviy aytilishi
Sargon) Sargon, (er. avv 2316-2361-yillar) deb e`lon
qiladi. Sargon ommaviy yengil qurollangan qo`shin
tuzdi. Shumer shimolidagi Akkad davlatiga asos soldi.
U kuchli qo`shin bilan 34 jangdan keyin butun
Shumerni istilo qildi. Sargon o’zining 55- yillik
podsholigi davrida (er. avv. 2316-2261 yillar) butun
Mesopotamiyani Akkad davlati qo’l ostiga
birlashtiradi. Bundan tashqari u Kichik Osiyo, Kipr,
Suriya, Elam va hatto uzoq Janubiy Erongacha harbiy
yurishlar qiladi. Sargon davlati hududiga
ahmoniylarga bo’lgan bir yarim yil davomida hech
kim teng kela olmadi.
Sargon davlati oldingi Mesopotamiya
davlatlaridan farq qilgan holda markazlashgan davlat
edi. Sargon va uning vorislari davrida mamlakatda
iqtisodiyot, pul-tovar munosabatlari, sun'iy
sug`orishga asoslangan dehqonchilik yuksaladi.
187
Podshoning mustabid hokimiyati urug`
zodagonlarining, oqsoqollar kengashining kuchli
qarshiligiga uchraydi. Podsho ularning qarshiligini
sindirish, o’z hokimiyatini mustahkamlash uchun
xizmatdagi zodagonlar, amaldorlar qisman kohinlarga
tayanib ish ko’radi. Ba'zi shaharlarning merosiy
«Ji»lari (hokimilari) o’rniga podsho o’z kishilarni
tayinlaydi. Sargon muntazam qo’shinni tashkil qilib,
harbiylarga xizmat uchun yer ajratib beradi. Natijada
podsho («Sharrum») ning qudratli hokimiyati vujudga
keladi.
Sargon va uning merosxo’rlari Rimush,
Naramsuen (er. avv. 2236-2200-yillar) podshoning
mustabid hokimiyatini mustahkamlash uchun
isyonchi shaharlar, «ensi»lar, urug` zodagonlariga
qarshi muntazam kurash olib borishga majbur
bo’lganlar. Podsho hokimiyatini mustahkamlash
uchun merosiy «ensi»larni, o’z o’g`illari bilan
almashtirganlar, merosiy hokimlar oddiy amaldorlar
darajasiga tushirilgan. Podsho ichki siyosatda
kohinlarga suyanadi. Kohinlarga ko’plab imtiyozlar
berilgan. Podsho va uning o’g`illari ibodatxona
kohinlari lavozimini bajarganlar. Kohinlar
Naramsuenni «akkad xudosi» deb tan oladilar.
Naramsuen faol tashqi siyosat olib boradi.
Subartu, Elam, Fors qo’ltig`igacha, Zagros tog’larida
lulubeylarga nisbatan g’olibona yurishlari va tashqi
188
siyosatdagi yutuqlari uchun «dunyoning to’rt iqlimi
podshosi» unvoniga ega bo’ladi.
Akkad podsholigining qudratiga Mesopotamiyaga
Zagros tog’laridan bostirib kirgan tog`li qabilalardan
bo’lgan qutiylar chek qo’yganlar. Boshida Naramsuen
ularni og’ir janglarda yengib haydab chiqardi va o’zi
urushda halok bo’ldi, ammo ular yana bostirib
kirdilar. Mamlakat qutiylar tomonidan talon-taroj
qilindi, Shumerning mahalliy hokimlari ularga xiroj
to’ladilar. Lagash hokimlari qutiylar yordamiga
tayanib boshqa shaharlar ustidan ma’lum darajada
hukmronlik qildilar. Janubiy Mesopotamiyada
Lagashning zo’ravonligi boshqa shahar-davlatlarning
qahr-g’azabiga uchradi va qutiylardan ozod bo’lish
vaqtida qo’shni shahar-davlatlar tomonidan Lagash
shahri shafqatsiz buzib tashlanadi. Qutiylar davridagi
Lagash hokimlaridan biri Gudea (er. avv. 2137-2117-
yillar) o’zining yozuvlari va haykallari bilan ma’lum.
Uning davrida Ningirsu xudosi ibodatxonasi atrofida
yagona ibodatxona xo’jaligi tashkil etilgan edi. Gudea
bu xudo uchun olinadigan maxsus soliq joriy qiladi
va qurilish majburiyatini kiritadi. Gudea Hind daryosi
havzasi viloyatlari bilan savdo qiladi va Elam bilan
urush olib boradi.
Qutiylar Mesopotamiyada yuz yilga yaqin
hukmronlik qilganlar. Er. avv. 2109-yil qutiylar Ur
podshosi Utuxengal tomonidan tor-mor qilinadi va
III Ur sulolasi hukmronligi boshlanadi.
189
Utuxengalning safdoshi Ur-Nammu (er. avv. 2106-
2094-yillar) va uning o’g’li Shulgi (er. avv. 2093-
2046-yillar) o’z davlatlarini misli ko’rilmagan
darajada mustahkamladilar va ijtimoiy-iqtisodiy
o’zgarishlarni amalga oshirdilar.
Buzilgan sun'iy sug`orish tizimi to’liq qayta
tiklanib, yangi-yangi kanal, to’g`onlar ko’riladi. Katta
hajmdagi chorvachilik, dehqonchilik xo’jaliklari
tashkil qilinadi, hunarmandchilik bilan
shug`ullanadigan podsho ustaxonalari ishi yo`lga
qo’yiladi, tashqi savdo kengaytiriladi. O`lchov
birliklari tartibga solinadi. Ibodatxona zikkuratlari,
podsho sog`onalari quriladi. III sulola davrida asosiy
yer zahirasi podsho qo’lida to’plandi. Jamoa yerlari
xususiy qo’llarda o’ta boshlaydi. Podsho
jamoachilarni xonavayron bo’lishi jarayonini
sekinlashtirish uchun jamoa yerlari oldi-sottisini
ta'qiqlaydi. Ammo yersizlanish kuchayib ketadi.
Kambag`allarning o’z bolalarini qul qilib sotishi, qarz
uchun vaqtincha qul bo’lish odatdagi hol bo’lib
qoladi. Qullar ko’payib ketadi, qul 9-10 sikl turgan.
Shumer-akkad podsholigining davlat boshqaruvi III
sulola davrida qadimgi sharq podsho hokimiyatining
tugallangan shakli edi. Podsholar cheklanmagan
hokimiyatga ega bo’lib «Ur podshosi, Shumer
podshosi va Akkad podshosi» unvonlariga ba'zida
«dunyoning to’rt iqlimi podshosi» unvonlariga ega
bo’lganlar.
190
Do'stlaringiz bilan baham: |