Mesopotamiyada davlat va jamiyatning paydo
bo’lishi.
Shumer shahar davlatlari, Shumer-akkad
davlatlari
Mesopotamiya sivilizatsiyasi
Mesopotamiya (yunoncha-“ikki daryo oralig’i”,
Dajla va Frot oralig’idagi o’lka) Fors qo’ltig’idan
180
Arabiston cho’li, Suriya, Arman Tavri va Zagros bilan
cheklangan. Hudud Quyi va Yuqori
Mesopotamiyaga bo’linadi. Quyi Mesopotamiya Old
Osiyoning eng unumdor qismi, lekin u mineral xom-
ashyo va yog’ochga kambag’al. Keng miqyosdagi
suniy sug’orish ishlarini amalga oshirilishi tuproqni
sho’rlanishi va hosilni pasayishiga olib keldi.
Er. avv. XI-VIII ming yilliklarda mezolit davrida
Dajla va Frot daryolarining vodiylariga qo’shni tog`li
rayonlarida temirchilik, hayvonlarni, o’simliklarni
ilk madaniylashtirish jarayoni boradi: ilk paxsa
binolar paydo bo’ladi. Bu davrda Zavi-Chemi-
Shanidar, Mifat dehqonchilik manzilgohlari mavjud
bo’lgan.
Neolit davrida taraqqiyot sur'ati kuchayadi.
Zagros vodiysida Jarmo madaniyati manzilgohlari
paydo bo’ladi. Er. avv VII ming yillik oxiri VI ming
yillik boshlarida Tel-Satto o’troq manzilgohlari
shakllanadi.
Er. avv VI ming yillik o’rtalarida Shimoliy
Mesopotamiyada Xassun madaniyati rivojlanadi. Er.
avv. IV ming yillik oxiri-III ming yillik boshlarida
Jamdat-Nasr madaniyati davrida mis va qalay
mehnat qurollari ishlatila boshlaydi.
Er. avv III ming yillikda Mesopotamiya janubida
shumerlar, Dajla va Frot daryolarining o’rta oqimida
akkadlar, shimolda-xurritlar taraqqiyotda ildam
qadam tashlaydilar. Yirik shahar markazlari
181
Ashshur, Mari, Nineviya va boshqalar paydo bo’ldi.
Er. avv III ming yillikning birinchi yarmida
Mesopotamiya janubida qator shahar-davlatlar Eredu,
Ur, Larsa, Uruk va Kish kabilar paydo bo’ladi.
Hunarmandchilik yuqori darajada rivojlandi.
Metallurgiya sanoati birinchi o’ringa chiqib oladi.
Metall quyish, kovsharlash, payvandlash usullari
o’zlashtiriladi. Savdo hunarmandchilikdan ajralib
chiqadi. Jamoada maxsus savdogarlar tamkarlar
faqat tovar ayirboshlash bilan shug`ullana
boshlaydilar. Yerni sotish va sotib olish boshlandi.
Qulchilik munosabatlari rivojlanadi. Urushlar
qulchilik manba bo’lgan. Qullar «begona mamlakat
erkagi (ayoli)» degan ideogrammalar mavjud.
Qullar xo’jalikning turli sohalarida ishlatilgan.
Ibodatxonalarda qul mehnatidan foydalanilgan,
o’rtacha qullar soni podsho, ibodatxona xo`jaligida
100-200 tani tashkil qilgan. Xususiy xo’jalikda 1-3 ta,
podsho xo’jaligida bir necha o’n qul bo’lgan.
Taxminlarga ko’ra, Lagash davlatida 80-100 ming
erkin kishiga 30 ming, qul Shuruppakda 30-40 ming
erkin kishiga 2-3 ming qul to’g`ri kelgan.
Qullar 15 sikldan 23 sikl kumushga sotilgan.(1
sikl-8 gramm). Shumer jamiyatida qullardan tashqari
o’z yeri bo’lmagan yoki yeridan ajralgan, boshqa
jamoalardan kelganlar, kambag`al oilaning kichik
a'zosi ibodatxonaga bag`ishlangan qaram kishilar
ko’p bo’lgan. Bu qaram kishilar ibodatxona va
182
xususiy xo’jaliklarda qullar qatorida mehnat
qilganlar. Ilk sulola davrida Shumer jamiyatining
hukmron qatlamini quldorlar tashkil qilgan. Bu
qatlamga urug` zodagonlari, oliy kohinlar, ma'muriyat
vakillari bo’lgan amaldorlar kirgan. Mayda ishlab
chiqaruvchilar qatlamini kichik yer uchastkasiga ega
bo’lgan hududiy va katta oilalarga birlashgan oddiy
jamoachilar tashkil qilgan. Shumer jamiyatida yer
egaligi ikki qismdan jamoa va ibodatxona yerlaridan
iborat bo’lgan. Ilk sulola davrida er. avv. XXVIII-
XXVII asrlarda shahar-davlat tepasida «En» (janob)-
oliy kohin turgan, ehtimol u saylab qo`yilgan.
«En»ning vazifasi kohinlik, ibodatxona ma'muriyatini
boshqarish, ibodatxona, shahar qurilishi-sug`orish
inshootlarini barpo qilish, boshqa jamoa mulki hamda
uning iqtisodiyotini boshqarish bo’lgan. Er. avv. III
ming yillik o’rtalarida “En” unvoni o’rniga “Ensi”
(“kohin-quruvchi” shahar boshqaruvchisi) va
“Lugal”-(“katta odam”, “podsho”, akkadcha
“sharru”) paydo bo’ladi.
«Ensi» vazifasi sug`orish inshootlari va
ibodatxonalar qurishga rahbarlik qilish bo’lgan, shu
sababli u ko’pincha boshida qandaydir qurilish
materiallari bilan to’ldirilgan savat ko`targan tarzda
tasvirlangan;jamoani, ibodatxonani boshqarish,
soliqlar to’plash, ba'zida ibodatxona harbiy qismini
boshqargan. «Ensi» vazifasi saylanadigan bo’lib shu
sababli uning hukmronligi «navbat» deb atalgan.
183
«Lugal» funksiyasi «Ensi»dan obro`liroq va
mavqei kattaroq bo’lib, yirik shahar ba'zida shaharlar
birlashmasi hukmdoriga nisbatan aytilgan. Ilk sulola
davrida oqsoqollar kengashi va yig`ini hokimni
saylagan yoki mansabidan tushirgan, uning faoliyati
ustidan nazorat qilgan, jamoa a'zoligiga qabul qilgan,
hukmdor oldida maslahat organi bo’lgan.
Mulkiy tabaqalanishni kuchayishi natijasida xalq
yig`inning roli tusha boradi. Hukmdorning iqtisodiy-
siyosiy mavqei o’sib boradi. Uning tayanchi qo’shin
bo’ladi. Bu yaxshi qurollantirilgan 5-6 ming kishini
tashkil qilgan.
Ilk Shumer shahar davlatlari hududi kichik bo’lib,
odatda u kichik shahar, atrofdagi qishloq xo’jalik
okrugidan iborat bo’lgan. Eng qadimgi Shumer shahri
Eredu hisoblangan. U bilan birga qadimgi hujjatlarda
shimoldagi Sippar, janubdagi Shuruppak tilga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |