549
spartaliklarning butun hayoti davomida qonunlarni
bajarishini ham nazorat qilganlar.
Eforlar davlatda ijroiya hokimiyatni ham amalga
oshiganlar. Taxminlarga ko’ra eforlar ilk davrda
podsholar tomonidan tayinlanganlar, er. avv. XI
asrdan boshlab esa xalq yig’ini
tomonidan
tayinlanganlar. Besh efor podsholar va gerusiya
faoliyatini nazorat qiladigan oily organ sifatida paydo
bo’ldi va tezda Sparta oligarxiyasi hokimiyatining
qo’shimcha oliy organiga aylandi. Besh Sparta
qishlog’ining har biridan 1 tadan efor bir yil muddatga
saylangan. Ular oliy nazorat hokimiyatiga ega edilar.
Hamda har qanday spartaliklarni, hatto geront va
podsholarni ham javobgarlikka tortish huquqiga ega
edilar. Bundan tashqari Sparta turmush tarzi qoidalari
va Sparta qonunlarini bajarilishini kuzatganlar. Eforlar
spartaning ichki va tashqi siyosatini boshqardilar
hamda ilotlarga qarshi jazo-qo’rqitish tadbirlarini
amalga oshirishga rahbarlik qildilar.
Podsholar 60 yoshdan yuqori bo’lgan aslzoda-
yigirma sakkiz keksadan tuzilgan kengash (gerusiya)
majlisiga boshchilik qilganlar.
Gerusiyada xalq
yig’iniga ko’riladigan qaror loyihalarini
tayyorlaganlar, hamda jinoiy ishlar bo’yicha sud
ishlarini amalga oshirganlar. Eforlar xalq yig’ini-
appelaga boshchilik qilganlar. Ular har qanday
mansabdor shaxsni ishdan chetlatish, zaruriyat
bo’lganda chet elliklarni mamlakatdan chiqarib
550
yuborish huquqiga ega edilar.
Davlat moliyasi, tashqi
ishlar ularning qo’lida edi. Podsholar ba’zi umrbod
imtiyozlarga (xarbiy o’ljalar 1/3 ga egalik qilish,
tantanali dafn qilish va h.k.) ega bo’lsalarda
eforlarning kuchi hokimiyati ularni podsholar bilan bir
qatorda kuyar edi, bu tashqi tomondan quyidagi
odatda ifodalangan edi. Boshqa spartaliklardan farq
qilgan holda, eforlar podsholar ko’ringanda o’z
o’rinlaridan turmaslik huquqiga ega edilar.
Xalq yig’ini appelada 30 yoshga etgan barcha
spartaliklar ishtirok etar edilar. Masalalar qizg’in
muhokama qilinadigan oddiy fuqoro faol so’zga
chiqadigan Afina eklessiyasidan Sparta appelasi
keskin farq qilar edi. Appelada
oddiy spartaliklarning
ovozi faqat favqulodda holatlarda eshitilar, barcha
qarorlar eforlar va gerusiya a’zolari tomonidan taklif
etilar edi. Appela muhokama qilmas, bahslashmas
faqat ovoz berar edi. Spartaliklarning davlat qurilishi
ana shunday edi. Bu davlat qurilishi qonunshunos
Likurg tomonidan amalga oshirilgan islohotlar natijasi
edi. Sparta davlatining konservativ holati uni
zaiflashtirar edi. Sparta to er. avv.
IV asrning ikkinchi
yarmigacha shu xolatda yashadi.
Er. avv. IV asrning II yarmidan boshlab butun
yunon dunyosini cho’lg’ab olgan ijtimoiy va madaniy
o’zgarishlar Spartaga ham ta’sir qila boshladi.
Spartaning maqtalgan tenglar jamiyati buzildi.
Spartalik erkaklarning barchasi uchun harbiy xizmat
551
majburiy edi. Spartaliklar 7 yoshdan 18-20 yoshgacha
harbiy ta’limni o’rganib 20 yoshdan 60 yoshgacha
harbiy xizmatda bo’lganlar. Jangda qo’shinning
oldingi qismida ilotlar, perieklar borgan, ulardan
keyin yosh spartaliklar, oxirida 60 yoshgacha bo’lgan
keksalar jangga kirishgan. Sparta qo’shini er. avv. VI-
V asrlarda yunonistondagi
eng yaxshi tashkil etilgan
intizomli va kuchli qo’shin edi. Qo’shinlar 12 ta
harbiy qismga (loxga) bo’lingan. Lox tepasida loxak
turgan. Qo’shinga qo’mondonlikni podsholar amalga
oshirganlar. Ularga harbiy ishlarda harbiy
maslahatchilar yordam berganlar. Qo’shin tarkibida
300 ta suvoriy askar bor edi, suvoriylar urush vaqtida
podsholarni qo’riqlaydigan tinchlik vaqtlarda esa
mamlakat xavfsizligini ta’minlaydigan o’ziga xos
otliq gvardiyani tashkil etganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: