Afina demokratiyasi
Afina demokratiyasi deganda 20 yoshdan katta,
erkin tug’ilgan, to’la huquqli Afina erkaklari uchun
xos bo’lgan demokratiya to’g’risida so’z borardi. Ular
aholining ozchilik qismini tashkil qilar edi. Siyosiy
huquqlardan, qullardan tashqari ayollar, boshqa
585
viloyatlarda Afinaga qochib kelganlar va Afinada
yashab turib, erkin bo’lsada fuqaroligi bo’lmagan
meteklar mahrum edi. Meteklar 100 mingga yaqin
kishini tashkil qilib ular asosan savdo
hunarmandchilik bilan shug’ullanar edilar.
Polisning suveren hokimi – xalq yig’inini Afina
fuqarolik huquqiga ega bo’lgan soni ko’p bo’lmagan
katta yoshli erkaklar tashkil qilar edilar. Mansabdor
shaxslar qur’a tashlash yo’li bilan saylanar, faqat
mansabga nomzodlar afinalik bo’lishi ustidan nazorat
qilinar edi. Arxont yoki strateg vazifasini har qanday
fuqaro bajarishi mumkin degan tushuncha mavjud edi.
Chunki barcha mansabdor shaxslar yig’inda xalq
irodasi va qonunlarini ifodalagan holda tadbiq qilar
edilar. Ularning funksiyasiga hech qanday muhim
vazifa kirmas edi. Oliy mansabdor shaxslar –
arxontlar hokimiyati oila va meros huquqiga rioya
qilishga g’amxo’rlik (arxont eponim) sacral vazifa
(arxont basilevs) sud jarayonlariga raislik qilish
(fesmofet) bilan cheklangan edi. Arxont polemarx
(qo’shin qo’mondoni) faqat nomidagina qo’mondon
bo’lib, amalda u chet elliklar ustidan sud ishlarini
amalga oshirar edi. Qurolli kuchlarga urush va
tinchlik paytida rahbarlik qilish 10 strategga tegishli
edi. Ular qur’a tashlash yo’li bilan emas, balki har bir
nomzodga bevosita ovoz berish yo’li bilan saylanar
edilar. Mansabdor shaxslar faqat boshiga mirta
gulchambardan boshqa hech qanday hokimiyat
586
belgisiga ega emas edi. Bu uning xokimiyatini
cheklanganidan guvohlik berar edi. Ammo katta
bo’lmagan xokimiyatni ham suiste’mol qilish mumkin
edi, shu sababli qonun bir kishini bir mansabga qayta
saylashni taqiqlar edi.
Boshqaruv kollegial edi. Har bir feldan 10 strateg
saylanib, ko`cha va inshootlarni xolatini nazorat
qilish uchun 10 astinom bozor va tovarlar to’g’risida
g’amxo’rlik qilib sotuvchi va xaridor o’rtasidagi
janjallarni10 agranomlar ajrim qilar edilar. Ijroiya
xokimiyati har bir felddan 50 kishi saylanadigan 500
lar kengashi- pritanlar qo’lida edi. Kengash xalq
yig’iniga olib chiqiladigan qarorlar loyihasini
tayyorlar va mansabdor shaxslar yordamida yig’in
qarorlarini bajarar edi. Kengash jamoat ishlarini
tashkil qilish, konfiskatsiya qilingan mulkni sotish,
davlat saylagan komissiya orqali moliya ishlarini
nazorat qilish, kemalar qurilishi va otliq qo’shinlar,
Afina doimiy qo’shinini jangovar qobilyatini saqlash
kabi ishlarni amalga oshirar edi. Besh yuzlar kengashi
boshqaruv masalalarini tezkor hal qila olmas edi. Shu
sababli har bir fild o’zining 50 vakili- pritanlat orqali
davlatni yilni 1/10 qismida idora qilar edi. Pritanlar
kun davomida majlis qurganlar, ularning ¾ qismi
tunda qolgan. Kengash chet davlatlar bilan
yozishmalar olib borgan, elchilarni qabul qilgan. Har
kun pritanlar tarkibidan qur`a tashlash bilan kengash
raisi saylanib, u davlat xazinasini kaliti va muhrini
587
olgan. U shu kun xalq yig’ini bo’lsa unga raislik
qilgan.
Dastlab xalq yig’ini oyda bir marta, keinchalik
oyda 4 marta shaharning g’arbiy qismidagi qoyali
terrasa pniksda to’plangan. Yig’ilishlarda besh yuzlar
kengashi tayyorlagan qaror loihalari muhokama
qilinib, so’zga chiquvchilar faqat shu mavzudagina
so’zlashlari mumkin edi. Yig’ilish va ekklesiya “
isagoriya”- so’z erkinligiga qat’iy rioya qilinar,
qaysiki “isotomiya”-mansablarni egallashda tenglik va
“isonomiya” –qonunlar oldida tenglik fuqarolarning
siyosiy huquqlarini poydevorini tashkil qildi.
Afina davlati mehnat qobiliyatini yo’qotgan
fuqarolar va Vatan uchun jonini fido qilgan
fuqarolarning bolalari to’g’risida g’amhurlik qilgan.
Aksincha davlat uchun xavfli deb hisoblangan
fuqarolarni xalq yig’ini quvg’in qilishi mumkin
bo’lgan. Afina demokratiyasi ostrakizm vositasi bilan
obruli, ta’sirga ega bo’lgan mashhur fuqarolarni o’z
yakka hukmronligini o’rnatishdan xavfsirab, uni
quvg’in qilgan. Xalq yig`ini vakolatiga Afina
fuqaroligiga qabul qilish,meteklar ishi, chet
davlatlarga elchilar yuborish kirgan. Urush vaqtida
strateglar xalq oldida o’zlari o’tkazgan urush
xarakatlari to’g’risida hisobot berganlar, harbiy
mag’lubiyat uchun hatto strateglarni o’lim jazosiga
hukm qilinish xavfi kuchli bo’lgan.
588
Afinada mansabdor shaxslar katta xokimiyat va
obro`ga ega bo’lmaganlar, aksincha yig’inlarda so’zga
chiqishni biladigan,qonunlar loyihasini qabul qilishga
xalqni ko’ndira oladigan, hech qanday mansabga ega
bo’lmagan kishilar xalq ishonchiga sazovor
bo’lganlar. Ular demagoglar deb atalgan. Afina
davlati o’z fuqarolarining ma’naviy barkamolligiga
jiddiy e’tibor bergan. Fuqarolarni teatrga kirish,
bayramlarga ishtirok etish imkoniyati yaratilgan.
Tomoshalarga kambag’al kishilarning kirishi uchun
davlat teorikon- teatrga kirish uchun ikki obol
miqdorida pul to’lovini joriy qildi. Perikl taklifi bilan
joriy qilingan nafaqa oddiy fuqaroga teatrga kirish
imkoniyatini berdi.
Er. avv. VI-V asr boshlarida sport musobaqalari
zodagonlar uchun ko’ngil ochish bo’lsa, Afina
demokratiyasi uni oddiy fuqarolarni ham sport bilan
shug`ullanishlariga sharoit yaratishga harakat qildi.
Zallar, hammomlarga ega bo’lgan gimnasionlar,
mashq qiladigan ko’p sonli palestralar har qanday
Afina fuqarosi uchun ochiq edi. Lekin boy afinaliklar
uchun gimnasion va palestalar alohida edi. Barcha
sport inshoatlari davlat ixtiyorida edi. Sport
inshootlari ishini tashkil etish va boshqarish xalq
yig’ini tomonidan tayinlangan lavozim safronist
qo`lida edi. Sport Afinada kishini o’z-o’zini idora
boshqarishga o’rgatish, adolatli o’yin qoidasiga rioya
qilish, o’z ruhini ko’tarishga xizmat qilishi kerak edi.
589
Afinaliklar boshqa yunonlar kabi ko’pgina yugurish
bilan (mash`ala yoki boshqa yuk bilan uzun
masofaga, to`la harbiy anjomda yugurish)
shug’ullanganlar. Shu bilan birga aravalarda poyga,
sakrash, nayza yoki disk uloqtirish, qo’l jangi, kurash
va kamondan otish keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |