O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Er. avv. IV asr Yunoniston. Polis tizimini



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/244
Sana11.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#898754
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Er. avv. IV asr Yunoniston. Polis tizimini 
tushkunligi 
 
Peloponnes urushlari 


596 
Yunon-fors urushlaridan keyin Yunonistonda 
iqtisodiyotning umumiy o’sishi kuzatildi. Polislar 
o’rtasidagi va xalqaro savdo rivojlandi. Bu Elladaning 
savdo-hunarmandchilik polislari o’rtasida raqobat 
kuchaydi, ayniqsa kuchli savdo-hunarmandchilik, 
dengiz savdosi bilan shug’ullangan. Afinaning Korinf 
va Megara bilan raqobati kuchaydi. Afina va Sparta
boshchiligidagi ikki kuchli harbiy-siyosiy ittifoqlar 
o’rtasidagi muvozanat buzildi. Afina yunon 
polislaridagi demokratik tuzumlarni Sparta esa
oligarxiya hukm surgan polislarni qo’llab-
quvvatlashga harakat qildilar. Yana shuningdek Sparta 
va Afina o’rtasida Yunonistonda yetakchilik uchun 
raqobat qariyb 30 yil davom etgan Peloponnes 
urushlariga olib keldi. Urush er. avv. 431-yilda Sparta 
qo’shinlarini Attika hududiga bostirib kirishi bilan 
boshlandi. Afina harbiy kuchlarini boshqargan Perikl
quruqlikda mudofaa taktikasini qo’llash kerak deb 
hisobladi. Sparta qo’shinlari Attika hududini talon-
taroj qilayotgan paytda barcha aholi Afina shahriga 
kirib jon saqladi. Tezda shaharda oziq-ovqat 
tanqisligi boshlanib, turli xil yuqumli kasalliklar 
tarqaldi. Xalq norozi bo’ldi, er. avv. 430-yilda 15 yil 
davomida birinchi marta Perikl arxont etib 
saylanmadi. Keyingi yil u qandaydir yuqumli 
kasallikdan vafot etdi. 
Davlat boshqaruvi faol urush harakatlarini olib 
borish tarafdori bo’lgan Afina demokratiyasining 


597 
vakillari qo’liga o’tdi. Shunday rahbarlardan biri 
Kleon-kelib chiqishi hunarmandlardan bo’lgan 
ustaxona egasi, ajoyib notiq, shijoatli siyosatchi va 
urushni g’alabagacha davom ettirish tarafdori edi. 
Uning davrida afina floti Peloponnes qirg’oqlarida 
faol urush harakatlarini boshladi. Afinaliklar er. avv. 
425-yil Messeniyadagi muhim. Pilosni va uning 
qarshisidagi Sifakteriya orolchasini bosib oldilar. 
Spartaliklarning ahvoli og’irlashib qoldi. Ular
urush harakatlarini shimolga Frakiyaga ko’chirdilar. 
Bu yerdagi bir qancha shaharlar Afina bilan 
ittifoqdan chiqdilar. Er. avv. 422-yilda Amfiopol 
shahri yaqinida katta jang bo’lib, har ikki tomondan
ko’plab qurbonliklar berildi. Bu jangdan so’ng Afina 
bilan Sparta o’rtasida 50 yil muddatga tinchlik 
shartnomasi imzolandi. Bu shartnoma Afinaning 
elchisi Nikiy nomi bilan Nikiy shartnomasi deb 
ataldi.
Ammo bu tinchlik uzoqqa bormadi. Afinada er. 
avv. 420-yilda Sparta bilan urushni davom ettirish 
tarafdorlari Periklning jiyani Alkiviad boshchiligida 
hokimiyatga keldilar va bir necha peloponnes 
polislarida Spartaga qarshi fuqarolarni chiqishini 
uyushtirdilar. Alkiviad Sitsiliyani bosib olish 
g’oyasini ilgari surdi, bundan tashqari janubiy Italiya 
hatto Karfagenni bosib olishni orzu qildi. Uning 
istilochilik rejalari Afinada keng qo’llab-quvvatlandi. 
Er. avv. 415-yil afinaliklar Sitsiliya oralig’idagi


598 
Sirakuza shahriga qarshi harbiy dengiz 
ekspeditsiyasini uyushtirdilar. Afinaliklarni Sirakuza 
Sparta yordami bilan tor-mor qildi. Natijada 7000 
afinalik asirga olinib, qul qilindi. Sitsiliya halokati 
natijasida Afinani dengiz davlati mavqeiga putur 
yetdi. Afina ittifoqchilari bo’lgan bir necha yirik 
shahar va orollar vaziyatdan foydalanib, Afinadan 
ajralib ketdilar. 
Sparta Eronning yordami bilan Kichik Osiyodagi 
yunon shaharlariga o’z ta’sirini kuchaytirdi. Afinada 
hokimiyatni oligarxlar bosib oldilar va ular Sparta 
bilan tezda tinchlik o’rnatish harakatini boshladilar. 
Peloponnes urushining ikkinchi bosqichi (Dekeley 
urushi er. avv. 415-404-yillar.)deb ataldi. Spartaliklar 
Qora dengizga boradigan yo’llardagi bo’g’ozlarni 
bosib oldilar. Bu Afinani oziq-ovqat bilan 
ta’minlashni qiyinlashtirdi. Urushda eng katta zararni
Afina ko’rdi. Afinani yunon dunyosidagi obro’-
e’tibori tushib ketdi. Yunonistonda Spartaning 
gegemonligi o’rnatildi. Peloponnes urushlari davrida 
vaziyatga qarab har ikki tomonga yordam berib 
turgan, aslida Afina bilan Sparta munosabatlarini
keskinlashtirgan Eron asta-sekin yunon polislarida o’z 
ta’sirini kuchaytirdi. Aslini olganda biror-bir yunon 
polisi bu urushdan foyda ko’rmadi, aksincha 
Yunoniston polislari tushkunligi boshlandi.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish