O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Polis tizimining tushkunligi



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/244
Sana11.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#898754
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

 
Polis tizimining tushkunligi 


599 
 
Er. avv. V asr so’ngida yunon polislari uzoq 
davom etgan tushkunlik pallasiga kirdi. Fuqarolarning
yopiq jamoasiga asoslangan yunon polisi endilikda 
yer mulkchilik munosabatlarida keskin o’zgarishlar 
boshlandi. Yerga ishlov berishdan keladigan 
daromaddan ko’ra sudxo’rlik daromadi o’sib ketdi. 
Yerni sotish keng tarqaldi, katta-katta yer maydonlari 
ayrim fuqarolarning qo’liga o’tib qoldi. 
Kambag’allashgan, yeridan ajralgan fuqarolar o’z 
fuqarolik majburiyatlarini bajarmay qo’ydilar. Ilgari
iqtisodiy o’sish davlatni boyishi bilan birga borar edi, 
boy fuqarolar ko’pgina mablag’larini fuqarolik 
jamoasi ehtiyojlariga sarflashni o’z majburiyatlari deb 
bilar edilar. Er. avv. V asrda esa boylik ayrim xususiy 
kishilar qo’lida to’plandi va ular o’zlarini fuqarolik 
majburiyatlarini bajarishdan bo’yin tovlay 
boshlaydilar. Ularning ko’pchiligi o’z mablag’larini 
dengiz savdosiga qo’ya boshladilar. O’z polislaridan 
boshqa hududlarda katta-katta yer maydonlariga 
egalik qila boshladilar hamda ma’lum bir polis 
fuqarosi bo’lish ahamiyatsiz bo’lib qoldi. Bu davrda 
yunon polislarida davlat xo’jaligining mavjud 
emasligi davlat xazinasiga daromad tushmasligi bilan 
belgilandi. Davlat hokimiyati iqtisodiy-moliyaviy 
jihatdan hech qanday mablag’ga ega emas edi. 
Bundan tashqari polislarning moliyaviy 
qiyinchiliklari, uzluksiz urushlar, yollanma 
qo’shinlarni keng tarqalishi, harbiy ehtiyojlarga 


600 
xarajatlarni muntazam ravishda o’sib borishi bilan 
chuqurlashdi. Demokratik polislarda lavozimlarga 
haq to’lash, kambag’al fuqarolarga muntazam nafaqa 
berish tizimi bu qiyinchiliklarni yanada 
chuqurlashtirdi. Agarda ilgari Afina o’z xarajatlarini 
ittifoqchilar hisobidan qondirgan bo’lsa er. avv. IV 
asrda esa mulkdan olinadigan favqulodda soliq-
eysfora bilan qoplay boshladi. Tinchlik vaqtida Afina 
fuqarolari hech qanday soliq to’lamas edilar. Xalq 
yig’ini eysfora to’g’risidagi qarorlarni kambag’al 
fuqarolar manfaatlariga tekkani uchun istamay qabul 
qilar edi. Afinani boy tabaqasiga soliq solishga urinish
boylarning noroziligiga olib keldi.
Yer mulk munosabatlarida o’zgarishlar yuz berdi. 
Er. avv. V asr oxiridan boshlab yerning erkin oldi-
sotdisi keng tarqaldi. Ko’pgina fuqarolar nochorlikdan 
o’z yerlarini sotishga majbur bo’ldilar, natijada bu 
yerlarni fuqaroligi bo’lmagan kishilar ham sotib ola 
boshladilar. Xususiy va jamoa yerini ijaraga berish va 
garovga qo’yish keng tarqaldi. 
Er. avv. V asr so’ngida meteklar va chet elliklarga 
alohida xizmatlari uchun polis hududida yer va 
uylarga egalik qilish hollari tarqaldi. Iatdan 
kelganlarga fuqarolik huquqi kamroq sovg’a qilindi.
Polisni tushkunligi yollanma askarlarni
tarqalishida ham ko’rindi. Yer mulkidan ajralgan, 
qarzga botib kambag’allashib qolgan fuqaro qurol-
yarog’ olishga mablag’ topa olmas edi, ko’pincha 


601 
begonalarni manfaati uchun jang qilishni xohlamas 
edi. To’xtovsiz urushlar harbiy texnikaning 
takomillashuvi yaxshi o’rgatilgan askarlarni talab 
qilar edi. O’z yeridan mahrum bo’lgan, jismoniy 
mehnat bilan shug’ullanishni istamaganlar o’z 
polislaridan quvilgan kishilar yollanma askarlar safini 
to’ldirdilar.
Yunon polisining tushkunligi quldorlik tizimini 
tushkunligi emas edi, chunki qulchilik yanada 
rivojlandi, qullar mehmatidan foydalanish hajmi o’sdi. 
Afinada davlat qurilishida erkin fuqarolarning 
mehnati kamaydi, chunki ularning mehnatiga ham 
metek va qullarga ham baravar haq to’lanar edi. 
Qullarni qishloq xo’jaligi, hunaemandchilik, uy-
ro’zg’or ishlarida ishlatish, boshqa kishilarga 
yollanma mehnatga berish bilan birga quldor qulni
hunar va savdo bilan mustaqil shug’ullanishga ruxsat 
berar edi. Bunday qullar mulk oilaga ega bo’lib 
alohida yashar edilar. Ular pul to’plab o’z 
ozodliklarini sotib olishlari mumkin edi. Er. avv. IV 
asrda ozod qo’yilgan qullarni soni o’sdi, ularni yunon 
polislari iqtisodiy hayotidagi roli kuchaydi. Huquqiy 
jihatdan ular meteklarga tenglashtirilib, ijtimoiy 
jihatdan hunarmand va savdogarlar ommasiga 
qo’shildilar. Mehnat va hayot kechirishning 
o’xshashligi fuqaro va fuqaroligi bo’lmagan 
kishilarni bir-biriga yaqinlashtirdi. 


602 
Er. avv. IV asrda polislarda turli ijtimoiy 
tabaqalar o’rtasidagi ziddiyatlar kuchaydi. Boylar va 
kambag’allar o’rtasidagi qarama-qarshiliklar davlat 
hokimiyatini zaiflashuviga olib keldi.
Yunonistondagi er. avv. IV asrning birinchi 
yarmida Spartaning mavqeini kuchaydi. Sparta 
polislarni ichki ishlariga qo’pol ravishda aralasha 
boshladi Bu ko’pchilik polislarni noroziligiga olib 
keldi. Oqibatda Yunonistonda Spartaga qarshi harbiy 
harakatlar boshlandi va Spartaning Yunonistondagi 
yetakchiligi tugatildi. Fiva shahrini yunon dunyosiga
yetakchiligi ham vaqtinchalik bo’ldi, Afina ittifoqini 
qayta tiklashga urinish ham natijasiz tugadi. Biror-
bir yunon polisi qandaydir mustahkam birlashuvni 
tashkil qilish va unga rahbarlik qilish qobiliyatiga ega 
emas edi. Yunon polislari endilikda o’zaro
kelishmovchiliklarni bartaraf qila olmay, qudratli 
Eron davlatini vositachi sifatida taklif qila 
boshladilar.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish