Reyting savollari
1.
Yunon
–fors
urushlaridan keyin qaysi
yunon
polisining
iqtisodiyotni umumiy
o`sishi kuzatiladi?
A) Evbeyada
B) Miletda
S) Messeniyada
D)Kerkirada
E)Afinada
2. Afina qaysi yunon
polislari bilan savdo-
hunarmandchilikda
raqobati kuchaytirdi?
A)Korinf va Megara
bilan
B) Attika va Pella bilan
S) Rim bilan
D) Amfiopol va
Messeniya bilan
E) Frakiya bilan.
605
3. Afina yunon
polislaridagi qaysi
tuzumni qo`llab-
quvvatlashga harakat
qiladi
A) demokratik tuzimini
B) oligarxik tuzimini
C) tiraniyani
D) monarxiyani
E) respublika tuzimini
4. Peloponnes urushi
necha yil davom etdi?
A) 25 yil
B) 10 yil
C) 18 yil
D) 30 yil
E) 27 yil
5. Peloponnes urushi er.
avv. nechanchi yilda
Sparta qo’shinlarini
Attika hududida bostirib
kirish bilan boshlandi?
A) er. avv. 434-yil
B) er. avv. 450-yil
C) er. avv. 431-yil
D) er. avv. 428-yil
E) er. avv. 446-yil
6. Afina harbiy
kuchlarini boshqargan
Perikl quruqlikda
qanday urush usulini
qo’llash kerak deb
hisobladi?
A) mudofaa usulini
B) falanga usulini
C) qurshab olish usulini
D) qamal usulini
E) to’g’ri javob yo’q
7. Perikl necha yil qaysi
vazifada ishlagan?
A) 15 yil, arxont
vazifasida
B) 16 yil, strateg
vazifasida
C) 18 yil, sudya
vazifasida
D) 15 yil, strateg
vazifasida
E) 16 yil, arxont; 18 yil
strateg vazifasida
8. Kimning davrida
Afina floti Peloponnes
qirg’oqlarida faol urush
harakatlarini boshladi?
A) Perikl davrida
606
B) Alkiviad davrida
C) Kleon davrida
D) A,B
E) A, B, C
9. Nechanchi yil
afinaliklar
Messeniyadagi muhim
polisni va uning
qarshisidagi Sifakteriya
orolchasini bosib
oldilar?
A) er. avv. 428-yilda
B) er. avv. 430-yilda
C) er. avv. 431-yilda
D) er. avv. 425-yilda
E) er. avv. 426-yilda
10. Peloponnes urushi
oqibatida
spartaliklarning ahvoli
og’irlashib qolgach,
urush harakatlari
qayerga ko’chdi?
A) Attikaga
B)
Frakiyaga
C) Sirakuzaga
D) Pellaga
E) Messeniyaga
11. Er. avv. nechanchi
yilda Amfiopol shahri
yaqinida katta jang
bo’ldi ?
A) er. avv. 438-yilda
B) er. avv. 435-yilda
C) er. avv. 422-yilda
D) er. avv. 428-yilda
E) to’g’ri javob yo’q.
12. Qaysi jangdan so’ng
Afina va Sparta o’rtasida
50 yil muddatga tinchlik
shartnomasi tuzildi?
A) Amfiopol shahri
yaqinida
B) Messeniya shahri
yaqinida
C) Farkil shahri yaqinida
D) Attika shahri
yaqinida
E) to’g’ri javob yo’q.
13. Qaysi shartnoma
Afina elchisi nomi bilan
bog’liq ?
607
A)
Nikiy
B) Kalliy
C) Axeliya
D) Salamin
E) Demosfen
14. Sparta bilan urushni
davom ettirish tarafdori
bo’lgan Alkiviad qachon
hokimiyat tepasiga keldi
?
A) er. avv. 418-yilda
B) er. avv. 422-yilda
C) er. avv. 420-yilda
D) er. avv. 421-yilda
E) er. avv. 419-yilda
15. Alkiviad Sitsiliyani
bosib olish g’oyasini
ilgari surdi, undan
tashqari qayerlarni bosib
olishni orzu qildi?
A) janubiy Italiya va
Karfagenni
B) Sirakuza va Megarani
C) Korinf va Megarani
D) Makedoniyani
E) Eronni
16. Afinaliklar
Sitsiliyadagi qaysi
shaharga qarshi harbiy
dengiz ekspeditsiyasini
uyushtirdilar?
A) Attikada
B) Sirakuzada
C) Pellada
D) Neopolda
E) Alaliyada
17. Afinaliklar Sitsiliya
Sirakuza shaharlariga
nechanchi yil harbiy
dengiz ekspeditsiyasini
uyushtirdilar ?
A) er. avv. 413-yilda
B) er. avv. 415-yilda
C) er. avv. 420-yilda
D) er. avv. 417-yilda
E) er. avv. 414-yilda
18. Sirakuza Sparta
yordami bilan
afinaliklarni tor-mor
608
qilgach qancha afinalik
asir olinib, qul qilindi ?
A)
7000
B)
7500
C)
8000
D) 10000
E) 6000
19. Sparta qaysi
davlatning yordami
bilan Kichik Osiyodagi
yunon shaharlariga o’z
ta’sirini kuchaytirdi ?
A) Xitoy yordami bilan
B) Hindiston yordami
bilan
C) Eron yordami bilan
D) Lidiya yordami bilan
E) Rim yordami bilan
20. Peloponnes
urushining ikkinchi
bosqichi nechanchi
yillarni o’z ichiga oladi ?
A) er. avv. 415-405-
yillarni
B) er. avv. 415-404-
yillarni
C) er. avv. 415-401-
yillarni
D) er. avv. 415-400-
yillarni
E) er. avv. 415-408-
yillarni.
21. Spartaliklar qaysi
dengizga boradigan
yo’llardagi bo’g’ozlarni
bosib oldilar va bu
Afinani oziq-ovqat bilan
ta’minlashni
qiyinlashtirdi ?
A) Egey dengizida gi
B) O’rta Yer dengizidagi
C) Qora dengizidagi
D) Sariq dengizida gi
E) Kaspiy dengizidagi
22. Ilgari Afina o’z
xarajatlarini ittifoqchilar
hisobidan qondirgan
bo’lsa, er. avv. IV asrda
esa nimadan olinadigan
soliq-eoysfora bilan
qoplangan ?
609
A) oziq-ovqatdan
B) mulkdan
C) chorvadan
D) yoysfora soliq turi
mavjud emas
E) to’g’ri javob yo’q
23. Qachondan boshlab
meteklar va chet
elliklarga alohida
xizmatlari uchun polis
hududida yer va uylarga
egalik qilish huquqi
berila boshlandi?
A) er. avv. V asr
so’ngida
B) er. avv. VI asr
boshida
C) er. avv. IV asrda
D) er. avv. IV asr
o’rtalarida
E) er. avv. VI asr oxirida
24. Er. avv. V asr
so’ngida meteklar va
chet elliklarga alohida
xizmatlari uchun polis
hududidan nimalarga
egalik qilish hollari
tarqaldi ?
A) davlat xazinasiga
B) yer va uylarga
C) faqat yerga
D) hamma soliq turlariga
E) hech qanday huquq
berilmagan.
25. Nechanchi asrda
ozod qo’yilgan qullar
soni o’sdi ?
A) er. avv. V asrda
B) er. avv. IV asrda
C) er. avv. VI asrda
D) er. avv. III asrda
E) er. avv. VII asrda
26. Nechanchi asrda
polislarda turli ijtimoiy
tabaqalar o’rtasida
ziddiyatlar kuchaydi ?
A) er. avv. V asrda
B) er. avv. IV asrda
C) er. avv. VI asrda
D) er. avv. III asrda
E) er. avv. VII asrda
Qadimgi
yunon madaniyati
610
Falsafa
Ilk yunon falsafasi vakillari miletlik Fales,
Anaksimandr, Kichik Osiyolik Anaksimon tabiatni,
borliqni mohiyatini tushunishga harakat qildilar.
Pifagor maktabining vakillari shuningdek Geraklit,
Empedokl kabi “fiziklar” (fyuzis-tabiat demakdir)
tabiatni o’rgandilar. Ular dunyoning asosini qidirdilar,
tabiat mohiyatini turlicha izohladilar. Fales dunyoning
asosi suv, Aniksimandr apeyron (boshlang’ich ibtido),
Geraklit esa olov deb qaradilar. Demokrit (taxminan
er. avv. 470-yilda tug’ilgan) borliq to’g’risida gapirib,
borliq cheksiz bo’linma atomdan iborat degan fikrni
aytdi. U dunyoning sababiy bog’lanishi haqida fikr
yurutdi. Platon (er. avv.4 27-347-yillar) borliq,
abadiy, o’zgarmas, bo’linmas, uni aql bilan bilish
mumkin deb hisoblardi. Platon akademiyasida 20 yil
ta’lim olgan Arestotel “g’oyalar dunyosi to’g’risida”gi
ustozini fikrini tanqid qildi. Borliq Arestotel fikricha
jins va tur shaklida mavjut bo’ladi.
Suqrot (tax. er.avv.470-399 yillar) falsafada inson
muammosiga jiddiy e’tibor berdi. U insonning o’zini,
o’zligini anglashga jiddiy e’tibor beradi. U insonning
falsafasining o’rganish ob’ektini tashkil etadi deb
ta’kidladi.
Yunon madaniyati uch avlod muhim o’rin tutadi.
Ularning birinchisi er.avv.VI asr oxirida kirib keldi va
Afina madaniyatini gullab-yashnashi uchun poydevor
611
qo’ydi. Esxil va Frinix Attika komidiyasiga asos
soldilar. Haykaltaroshlar Kritiy va Nesiot er.avv.476
yil Afina agrosini tiranlarga qarshi kurashdilar-
Garmoniy va Aristogiton haykallar bilan bezadilar.
Olimpda Zevs ibodatxonasini haykallar bilan
jihozladilar. Tafakkur qilish xali an’anaviy shakllarda
oddiylik (an’anaviy shakllarda) qat’iy o’smirlik
klassikasi shaklida hukm surar edi.
Ikkinchi avlod Perikl davrida eng yaxshi yutuqlarga
erishdi. Sofokl Tragediyalari, Geradot “Tarix”I ,
Parfinon va propileyning etuk klassik shakllari shu
davrda yaratildi.
Uchinchi avlod Peloponnes urushlari davriga
mansub bo’lib. Afinaliklarning bu vaqtda boshqa
madaniy dunyolar bilan tanishuvi natijasida ularning
siyosiy va diniy qarashlari ma’lum darajada o’zgardi.
Din
Qadimgi yunon afsonalariga ko’ra dastlab Yer
(Geya) va Xaos, hayotning boshlanishi (Eros) va yer
osti dunyosi (Tartar) bo’lgan. Geya yulduzli osmon
Uranna tug’adi. Uran dunyoning birinchi hukmdori va
Yer ma’budasi Geyani turmush o’rtog’i bo’ladi. Uran
va Geyadan keyin xudolarning II avlodi titanlar
boshlanadi. Uran o’z o’g’li, dehqonchilik xudosi titan
Tironos tomonidan ag’dariladi. Kronosning bolalari
Ait, Poseydon, Gestiya, Demetra, Zevs, Gera bo’ladi.
Olimpning bosh xudosi Zevs osmon, chaqmoq
612
hukmdori, Poseydon yer va dengizni sug’oradigan
namlik xudosi, Ait (Pluton) yer osti dunyosi
hukmdori bo’ldi. Zevsning rafiqasi Gera nikoh
homiysi, Gestya uy o’chog’i ma’budasi, Demetra
dehqonchilik homiysi deb sig’inganlar. Zevs va
Geradan o’smirlik ma’budasi Geba, urush xudosi
Ares, temirchi va hunarmandlar homiysi Gefest
tug’iladi.
Zevsning avlodlaridan tabiatning ilk uyg’onish
xudosi Apollon alohida turadi. U hamda san’at
homiysi davolovchi xudo. Apollonning singles
Artimida ovchilik ma’budasi va yoshlarning homiysi.
Germes-moddiy mo’l-ko’lchilik xudosi, keyin savdo
xudosi, aldamchi va o’g’rilar xudosi, keyinchalik esa
notiqlar va sportchilar homiysi. Dionis (Vakxa) tabiat
kuchlari, uzumchilik va vinochilik xudosi deb
sig’inganlar. Jangovar Afina donolik ma’budasi
sifatida shuhrat qozondi.
Yunon diniy dunyo qarashi bo’yicha xudolar
odamlarga o’xshab azob chekishlari, insoniy his-
tuyg’uga ega bo’lishlari mumkun edi. Yunonlarning
fikri bo’yicha odamlar va xudolar dunyolari o’rtasida
o’tib bo’lmaydigan chegara yo’q edi. Ularni
bog’laydigan bo’g’in sifatida xudolar va yerdagi
ayollarning aloqasi natijasida tug’ilgan qahramonlar
(yarim xudolar) bo’lgan. Misol uchun o’z
qahramonliklari uchun xudolar safiga kiritilgan
Gerakl shunday dedi.
613
Alohida polislarning homiylari hisoblangan
xudolar va qahramonlarga bag’ishlab ibodatxonalar
qurilgan va ko’p sonli qurbonliklar keltirilgan. Ba’zi
ibodatxonalar oldida ibodat qilayotgan kohinlar
xudolardan kelajak to’g’risida bashoratlarni
so’rashlari mumkin edi. Ba’zi ibodatxonalar oldida bir
necha yilda bir marta xudolar sharafiga gimnastik
mashqlar, she’rlar o’qish, raqslar, notiqlik san’ati
bo’yicha musobaqalar o’tkazilgan. Yunonistonda
Zevs sharafiga har 4 yilda bir marta g’arbiy
Peloponnesdagi Olimpiya Zevs ibodatxonasida
o’tkaziladigan o’yinlar eng mashhur edi. Yunonlar bu
4 yillik muddatni olimpiada deb ataganlar. Er. avv.
776-yildan olimpiya o’yinlariga butun Yunoniston va
koloniyalardan ishtirokchi va tomoshabinlar
kelganlar. Olimpiya o’yinlari o’tkazilayotgan vaqtda
urushayotgan yunon polislari o’rtasidagi harbiy
harakatlar to’xtatilgan. Olimpiya musobaqalari
g’oliblari ibodatxona yonida o’sgan muqaddas lavr
daraxti barglaridan oddiy gulchambar bilan
mukofotlanganlar. G’olib sharafiga jez yoki marmar
haykal qo’yilgan.
Bu musobaqalar fuqarolarni jismoniy
rivojlanishiga imkoniyat yaratgan va yoshlarni harbiy
jihatdan chiniqtirish uchun xizmat qilgan. Yunonlar
bayramlar, o’yinlarni hamkorlikda tashkil qilish va
eng muqaddas ziyoratgohlarni himoya qilish uchun
alohida ittifoqlar-amfiktioniyalar tashkil qildilar.
614
Do'stlaringiz bilan baham: |