Mustaqil ish mavzulari
Gomer dostonlarida arxaik hayotni tasvirlanishi
Axil qalqoni tasvirida ijtimoiy hayotniaks etishi
Ilk yunon polis davlati tushkunligi
Yunon kolonizatsiyasining ijtimoiy-siyosiy
sabablari
Reyting savollari
1.
Tarent
shahriga
yunonlarning qaysi
qabilasi asos slogan
koloniyalar
(
manzilgohlar) ni
ko`sating ?
A)
axeyyaliklar
B)
afinaliklar
539
S) miletliklar
C)
spartaliklar
D)
to’g’ri javob
yo’q
2.
Janubiy Italiyadagi
yunon shaharlarini
ko’rsating?
A)
Metapont, Siris
B)
Sibaris,
Posidoniya
C)
Rim, Xalkida
D)
Zefir, Massiliya
E)
A va b
3.
Sirakuza shahri asos
slogan koloniyalar
(manzilgohlar)ni
ko’rsating?
A)
Akr va Metapont
B)
Kamerina, Siris
C)
Akr, Kamerina
D)
Leontida,
Naksos
E)
Tarent,
Posidoniya
4.
Yunonlarning
koloniyalar barpo
qilsh
siyosatini
g’arbda to’xtatgan
davlatni ko’rsating?
A)
Karfagen
B)
Misr
C)
Ahamoniylar
D)
Rim
E)
Finikiya
5.
Rodosliklar asos
solgan koloniyani
ko’rsating?
A)
Solunt
B)
Palermo
C)
Motiya
D)
Agrigent
E)
Appoloniya
6.
Koloniyalardan
qaysi biri savdoga
iqtisoslashgan edi?
A)
Milet
B)
Sirakuza
C)
Megara
D)
Kamerina
E)
Katanu
7.
Hokimiyatni
zo’ravonlik bilan
bosib olish nima deb
ataladi?
A)
demokratiya
540
B)
tiraniya
C)
respublika
D)
imperiya
E)
to’g’ri javob
yo’q
8.
Tiraniya
keng
tarqalgan
asrni
ko’rsating?
A)
er. avv. VII asr
B)
er. avv. VI asr
C)
er. avv. V asr
D)
er. avv.IV asr
E)
er. avv. VIII asr
9.
Er. avv. VII asrda
Afinada qancha
aholi yashagan?
A)
26 ming kishi
B)
25 ming kishi
C)
30 ming kishi
D)
40 ming kishi
E)
50 ming kishi
10.
Ko’p
yuk
ko’taradigan
palubali kemalar
nechanchi asrda
paydo bo’lgan?
A)
er. avv. VII
asrda
B)
er. avv.VI asrda
C)
er. avv. V asrda
D)
er. avv. IV asrda
E)
er. avv. III asrda
11.
Nechanchi asrda
port va gavanlar
qurilib, yakordan
foydalanila
boshlandi?
A)
er. avv. VIII
asrdan
B)
er. avv. VII
asrdan
C)
er. avv. VI
asrdan
D)
er. avv. V asrdan
E)
er. avv.IV asrdan
12.
Birinchi to’la
qonli tangalar qaerda
zarb qilingan?
A)
Rimda
B)
Afinada
C)
Lidiyada
D)
Eronda
E)
Misrda
13.
Er.avv. VIII
asrda
O’rtayer
541
dengizi
savdosi
kimlar qo’lida edi?
A)
yunonlar qo’lida
B)
rimliklar qo’lida
C)
karfagenliklar
qo’lida
D)
finikiyaliklar
qo’lida
E)
to’g’ri javob
yo’q
14.
Yunonlar
o’lchov birliklari va
yozuvni qaerdan
o’zlashtirdilar?
A)
Xitoy
va
Hindistondan
B)
Bobil
va
Misrdan
C)
Eron
va
Markaziy Osiyodan
D)
Rim va Shimoliy
Afrikadan
E)
To’g’ri javob
yo’q
15.
Yunon eksport
maxsulotlari to’g’ri
ko’rsatilgan javobni
aniqlang?
A)
keramika va
zaytun moyi
B)
qog’oz va zaytun
moyi
C)
metall
va
gazlama
D)
choy va bug’doy
E)
dehqonchilik,
chorvachilik
mahsulotlari.
16.
Eramizdan
avvalgi VI asrda
Yunoniston
pul
birligi
qanday
nomlangan?
A)
doriy
B)
mina
C)
dinor
D)
krona
E)
to’g’ri javob
yo’q
17.
“Qonga – qon,
jonga – jon” xun
olish qadimgi qaysi
huquqda mavjud
edi?
A)
talion huquqida
542
B)
Afina fuqarolik
huquqida
C)
Drakont
qonunlarida
D)
Solon
qonunlarida
E)
to’g’ri javob
yo’q
18.
Arxaik davr
qachon tugadi ?
A)
er. avv. VI asrda
B)
er. avv. XI asrda
C)
er. avv. VII
asrda
D)
er. avv. XX
asrda
E)
er. avv. XII
asrda
19.
Sibaris shahrida
necha kishi
yashagan?
A)
50 ming kishi
B)
25 ming kishi
C)
70 ming kishi
D)
75 ming kishi
E)
85 ming kishi
20.
Er. avv. VIII-VI
asrda yunon
kolonizatsiyasiga
qaysi yunon davlati
qatnashmadi?
A)
Afina davlati
B)
Evbeiston
davlati
C)
Milet davlati
D)
Eron davlati
E)
Fiva davlati
21. Er. avv. VII asrda
dengizchilik ishida
qanday yangiliklar
paydo bo’ldi ?
A) yuk ortiladigan
kemalar
B) yelkanli kemalar
C) portlar
D) eshkakli kemalar
E) yakor
22. Qachondan
boshlab port va
gavanlar qurilib,
yakordan foydalanila
boshlandi?
A) er. avv. XIII
asrdan
B) er. avv. XVIII
asrdan
543
C) er. avv. XV asrdan
D) er. avv. XVI asrdan
E) er. avv. VIII asrdan
23. Panorm, Motiya
koloniya
shaharlariga qaysi
davlat?
A) Finikiyaga
B) Marselga
C) Liguriyaga
D) Eleyaga
E) Afinaga
24. Qora dengiz
bo’yidagi qaysi
koloniya savdoga
ixtisoslashgan?
A) Millet koloniyasi
B) Akr koloniyasi
C) Agrigent koloniyasi
D) Ol`viya koloniyasi
E)
Gerakleya
koloniyasi
25.Quyidagilardan kim
Afinada arxont bo`lgan?
A) Kimon
B) Alkey
C) Solon
D) Filipp II
E) Filipp III.
26. Yunonlar VIII
asrda qanday
mahsulotlarni
chetga chiqardilar?
A) gazlama, zaytun va
vino
B) pul - tangani
C) qullarni
D) metall buyumlarni
E) kemalarni
544
Sparta
Sparta jamiyati
Qadimgi Sparta
arxaik va klassik davrlarda
Yunonistonning eng katta polislaridan biri edi. Sparta
polisi va davlatchiligini boshlanishi doriylar bosqinini
tugallanish vaqtiha to’g’ri keladi. Doriy qabilalari er.
avv. XII-XI asrlarda Peloponnes hududiga
o’rnashdilar va er. avv. XI-VIII asrlarning birinchi
yarmi davomida mahalliy qabilalar bilan hukmronlik
uchun uzoq kurash olib bordilar. Er. avv. X asrda
Peloponnes janubidagi Lakonikada Yevrot daryo
vodiysining o’rta qismidagi unumdor yerlarga Sparta
manzilgohi paydo bo’ldi. Qadimgi yunonlar Sparta
davlatini odatda Lakedemon deb atadilar. Ko’pchilik
doriylar-bo’lg’usi Sparta polisining fuqarolari 5
qishloqni birlashtirgan Sparta manzilgohiga
o’rnashdilar.
Mahalliy axey aholisining bir qismi bo’ysundirilib,
bir qismi qirib tashlandi. Sparta davlatining paydo
bo’lishi qisqa vaqt ichida boshqa bepoyon hududlarni
545
bosib olish bilan belgilandi. Doriylar ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotning quyi bosqichida urug’
munosabatlarini yemirilish davrida turar edilar. Bu hol
Spartra davlatida urug’chilik tuzumi qoldiqlarini uzoq
vaqt saqlanishi uchun shart-sharoit yaratdi.
Peloponnes yarim orolida arxaik davrdan boshlab
Sparta davlati yetakchi o’ringa chiqib oldi va bu erda
tashkil topgan shaharlar ittifoqiga boshchilik qildi. Er.
avv. VIII asrda Sparta janubiy Lakoniyaning bir
qancha viloyatlarini, Kifera orolini, keyin esa Pamis
daryosi vodiysidagi hosildor Messeniyani bosib oldi.
Bu boy o’lka Spartaning kam sonli to’la huquqli
fuqarolari tomonidan bo’lib olindi, mahalliy aholi
huquqsiz qaram ilotlarga aylantirildi.
Spartaliklar o’zlariga tegishli bo’lgan ekin yerlarini
9000 ta ulushga bo’ldilar. Har bir to’la huquqli
spartalik shunday yer ulushini bu yerdagi bosib
olingan mahalliy aholi-ilotlar oilasi bilan umrbod
mulk qilib oldi. Ilotlar xo’jayinlarga hosilning yarmini
berishga majbur edilar. Yuz yildan so’ng Sparta
g’arbiy Messeniyani egalladi, keyin esa sharq va
shimoldagi Agros, Arkadiya viloyatlarini ham o’ziga
qo’shib oldi. Arkadiyaning janubiy qismidagi bir
qancha viloyatlar ham Sparta tarkibiga kirdi. Tergiya,
Korinf, Sikion, Megara, Egina va Elida kabi shahar va
davlatlar Sparta bilan simmaxiya-ittifoqga kirishga
majbur bo’ldilar. Ittifoq majlisida har bir polis bir
ovozga ega bo’lib, qaror ko’pchilik ovoz bilan qabul
546
qilinar edi va har bir shahar – davlat Sparta podsholari
ixtiyoriga o’zining uchdan bir qism qo’shinini
berishga majbur edi. Ittifoqchilar o’rtasida aloqa zaif
bo’lib, alohida polislar bir – biri bilan urush olib
borar, boshqa ittifoqchilar bunga aralashmas edilar.
Sparta Peloponnes yarim orolining 1/3 qismini (8000
km) bevosita o’z hukmronligi ostida olgan edi.
Spartaning ittifoqdagi yetakchilik mavqei kuchli edi.
Spartaning ittifoqdagi yetakchilik o’rniga hech kimga
shubha yo’q edi. Bu ittifoq o’sha davrda
Yunonistonda eng kuchli edi.
Sparta jangchilar davlati edi. Spartalik o’g’il bola
yoshligidayoq davlat homiyligi ostida edi. Davlat
hokimiyatini eng avvalo intizomli, jismonan kuchli
jangchiga ega bo’lish uchun spartalik go’dakni
yoshligidan jismonan kuchli qilib tarbiyalar edi. Zaif,
kuchsizlar davlatga kerak emas edilar, shu sababli
zaif, kasal bolalardan ularni yoshligidayoq qutilishga
harakat qilinar edi. Gerodot tarixida Demokrit
aytganidek, Spartaliklar erkin edilar, lekin barcha
munosabatda emas, ular davlat qonunlariga bo’ysunar
edilar.
Bu qonunlar spartalik bolani yetti yoshligidan ota-
onasidan uzoqda o’z tengqurlari ichida, 20-30 yoshli
kattalar boshchiligida harbiy manzigohda yashashni
belgilab qo’ygan edi. Asosiy e’tibor gimnastika
mashqlari, jangovar madhiyalar va harbiy marshlarni
xor bo’lib aytishga qaratilgan edi. Tarbiyaning
547
qattiqligi o’smirlarni Artemida ibodatxonasida har yili
o’tkaziladigan qiynoq sinovlarda o’z aksini topgan
edi. Sinalayotgan o’smir og’riqni sezdirmasligi shart
edi.
Yosh yigit 20 yoshga yetgach Sparta (“tenglar
jamiyati”)ning to’la huquqli a’zosi hisoblanar edi.
Endi u kattalar bilan birgalikda o’tkaziladigan
ovqatlanish (fiditiyasi yoki filitiyalar)ga ishtirok
qilishi majburiy edi. Fiditiya uchun har bir spartalik
har oy ma’lum miqdorda pishloq, arpa, vino, anjir va
pul berar edi. Spartaliklar birgalikda o’tirib uksus, tuz
qo’shilib qonda tayyorlangan chuchqa go’shti
bo`tqasini iste’mol qilar edilar. Spartalilar o’z
vaqtlarini doimiy muntazam harbiy mashqlar va ovda
o’tkazib chodirlarda yashar edilar. Qattiq, shafqatsiz
tarbiya natijasida spartaliklarning ongida boshqa
yunon polislari aholisida nisbatan jismoniy va
ma’naviy ustunlik his-tuyg’usini shakllantirilar edi.
Spartaliklarni yunon dunyosida qat’iy intizomi uchun
hurmat qilar edilar, ammo yoqtirmas edilar.
Bosib olingan qaram viloyatlarning ilotlarga
aylantirilgan aholisining qo’zg’olonlaridan
xavfsiragan spartaliklar har yili ilotlarga dahshat
solish va ularning ongida bo`ysunish hissini tug’dirish
uchun ularni tunda o’ldirishni (kriptiy) e’lon qilganlar.
Er.avv. XI asrdayoq spartaliklar o’zlarini har xil
“yangiliklar”dan himoya qilish, an’anaviy turmush
tarzini saqlash maqsadida tashqi dunyodan ajralib
548
yashashga urindilar. Qadimgi an’anaviy holatini
o’zgarmasligi uchun Sparta faqat mayda temir tangani
muomalaga kiritdi. Sparta uylarining eshik va tomlari
faqat yog’ochdan bo’lib, ularni faqat bolta va arra
bilan tayyorlashga ruxsat etildi. Hashamatli kiyimlar
qonundan tashqari edi. Jamiyatdagi mavqeiga qarab
bir xildagi kalta yoping’ich (plash) kiyar edilar va bu
bilan o’zlarini teng deb hisoblardilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |