Solon islohotlari
Afinada yevpatridlar bilan aholining kambag’al
qismi bo’lgan oddiy demos o’rtasida ijtimoiyt
ziddiyatlar kuchaydi. Drakon qonunlari Attika
aholisini eng katta muammolaridan biri qarz
masalasini hal qilmadi. Er. avv. 594-yilda arxont
vazifasiga saylangan kambag’allashgan yevpatrid,
shoir Solon islohotlar o’tkardi. Solon islohotlari
563
Afinadagi vaziyatni tubdan o’zgartirdi. Qarzi uchun
dehqonlarni qul qilish bekor qilindi, ilgari qarzi
uchun qul qilinganlar ozod qilindi hamda chetga qul
qilib sotib yuborilganlar jamoa hisobidan pul to’lanib
Afinaga qaytarildi.
Xo’jalik faoliyatini rag’batlantiradigan qator
islohotlar o’tkazildi. Pul islohoti uzunlik va og’irlik
o’lchov birliklarini takomillashtirish savdo,
hunarmandchilikni rag’batlantirdi, natijada Attikadan
chetga tovar sotish kuchaydi. Solon Attikadan g’lla
chiqarishni taqiiqladi, bu zaytun moyi va vinoni
eksport qilish uchun qulay shart-sharoit yaratdi. Bu
chora tadbirlar Afina bozorida chayqovchilikni
tugatib, dehqonchilikni rag’batlantirdi.
Vasiyatlar erkinligi to’g’risidagi qonun urug’chilik
aloqalarini zaiflashtirdi, alohida oilalarni iqtisodiy
kuchayishiga shart-sharoit yaratdi. Yerga egalik qilish
me’yori belgilandi.
Ijtimoiy-siyosiy sohada qator islohotlar amalga
oshirildi. Solon Attikani barcha erkin aholisini
daromad hajmiga qarab to’rt toifaga bo’ldi.
Fuqarolarning huquq va majburiyatlari shunday
taqsimlandiki boy fuqarolar avvalgidek to’la
hokimiyatga ega bo’ldilar, shu bilan birga fuqarolik
jamoasida ularga katta majburiyatlar yuklandi. Yangi
yuqori tabaqaga mansub bo’lish yer uchastkasidan
yillik olinadigan daromadga bog’liq bo’ldi. Bu yer
egasini yerga yaxshi ishlab ko’p hosil olish
564
imkoniyatini qidirishga majbur qilar edi. Endilikda u
yoki bu oqsuyak uruqqa mansublik, emas balki aynan
daromad, miqdori yerga mehnat qilish fuqaroni
jamiyatdagi obro’ini o’lchov mezoni bo’ldi.
Eramizdan avvalgi VII asr oxiri VI asr boshlarida
Afina demosi shoir, savdogar Solonni arxont qilib
sayladi va unga islohot o’tkazish uchun cheklanmagan
vakolatlar berdi. Solon eng avvalo “seysaxteyya”
(qarzlarni olib tashlash) Afina aholisini qarzlaridan
voz kechishni amalga oshirdi. Qarzi uchun qul qilish
abadiy taqiqlandi. Katta er egaligi cheklandi, er
uchastkasini belgilangan miqdordan ortiqcha olish
man qilindi.
Sud tizimi isloh qilindi. 30 yoshga etgan erkin
Afina fuqarolaridan sud maslahatchilari gemey joriy
qilindi. Gemey fuqarolar ishi bo’yicha oliy
appelyatsiya huquqiga ega bo’ldi. Faqat u jinoiy ishlar
bo’yicha hukm chiqara olar edi. Odam o’ldirish
bo’yicha sud ishi sobiq arxontlar kengashi areopag
qo’lida qoldi.
Siyosiy huquq mulkiy tsenz asosida taqsimlandi.
Afina jamiyati to’rt toifaga ajratildi. Birinchi toifaga
pentakosiomedimnlar bir yilda besh yuz medimn
g’alla yoki besh yuz metret (bir metret-39 litr) zaytun
yog’i oladigan fuqarolar kirdi. Ikkinchi toifaga
suvoriylar – gippeylar, uchinchi toifaga ikkita eshak
aravaga ega bo’lgan og’ir qurolli piyodalar –
zevgitlar, to’rtinchisiga hunarmand – fetlar kirdi.
565
Faqat birinchi uch toifa amalda davlat lavozimlarini
egallashi mumkin edi. Oliy arxont mansabiga faqat
pentakosiomednlar da’vo qilishilari mumkin edi.
Fetlar polisni bevosita boshqaruvdan chetlashtirildilar.
Xalq yig’ini – eklessiyada oddiy fuqarolar
davlatning umumiy siyosatini belgilashda, mansabdor
shaxslarni saylashga ta’sir ko’rsatish, gelieini –
maslahatchilar sudiga ishtirok etib mansabdor
shaxslarni suiste’molini yo’q qilishlari mumkin edi.
Solon islohotlari bo’lg’usi Afina
demokratiyasining kurtagi edi. Arxont, are opagning
roli o’zgarmadi, Polisning urug’, fillarga bo’linishi
saqlanib qoldi. Islohotlar fillarda urug’ huquqini
yemirilishiga olib keldi. Endilikda Afina fuqarosi o’z
mulkini erkin vasiyat qilish huquqini oldi. Otasi hunar
o’rgatmagan o’g’il keksaygan otasiga g’amxo’rlik
qilish majburiyatidan ozod qilindi. Er. avv. VI asr
boshlaridagi isloxotlar barcha ijtimoiy muammolarni
echa olmadi. Tez orada kuchli ijtimoiy ziddiyatlar
Afinada Pisistrat tiraniyasini o’rnatilishiga olib keldi.
Pisistrat va uning o’g’illari tiraniyasidan so’ng
Afinada turli ijtimoiy qatlamlar o’rtasida kurash
kuchayib ketdi.
Klisfen boshchiligida savdo hunarmandchilik
tabaqalari urug’ zodagonlari hokimiyatini yo’qotishga
urindilar. Klisfen ma’muriy – hududiy isloxot
o’tkazdi. Har bir fil o’z ichiga olgan jami o’n fil bo’lib
har bir dem oily ma’muriy organ 500 lar kengashiga
566
birdan 25 kishigacha a’zo saylagan. Yana bir siyosiy
yangilik tiraniyani o’rnatilishiga qarshi qo’yilgan
ostrakizm tamoyili bo’ldi. Ostrakizmga ko’ra Afina
davlat tuzumiga qarshi jiddiy xavf tug’dirgan shaxs,
siyosiy arbob ovoz berish yo’li bilan Afinadan
quvg’in qilingan. Bu tamoyil siyosiy hayotda
eramizdan avvalgi 487 yildan 417 yilgacha qo’llanib
shu davrda tiraniyaning uch tarafdori Afinadan
xaydab yuborilgan.
Eramizdan avvalgi VI-asrda Afinada demosning
zodagonlarga qarshi uzoq kurashi natijasida
demokratik tartib qoidalar g’alaba qildi.Natijada
Afina ko’ngilli qo’shinlari tarkibi ham o’zgardi.
Uning asosiy qismini og’ir qurollangan jangchi
goplitlar tashkil etdi, ular ko’p sonli uchinchi qism
zevgitlardan to’ldirilgan. Fetlar yengil qurollangan
jangchilarni va harbiy flot matroslarini tashkil etdilar.
Afina siyosiy ustqurmasida zodagonlar taynchi
areopagga qarshi turgan to’rt yuzlar kengashi(Bule)
tashkil etildi.Kengash a’zolari to’rt fildan yuztadan
fuqaro saylanadigan muntazam faoliyat ko’rsatadigan
organ bo’ldi, to’rt yuzlar kengashi xalq yig’inida
ko’riladigan va tasdiqlanadigan masalalarni tayyorlar
edi. Xalq yig’ini (ekklesiya) to’la qonli barcha
vakolatlarga ega bo’lgan boshqaruv organi bo’lib
fuqarolarni barcha qatlamlari ovoz berish va uni
ishiga qatnashish huquqiga ega bo’ldilar. Xalq yig’i
567
muntazam yig’iladigan bo’ldi (Er. avv. V asrda yilida
40 marta yoki 9 kunda 1 marta).
Solon davrida davlat tuzilmasining yana bir yangi
organi maslahatchilar sudi (gelieya) joriy qilindi.
Sudyalar barcha fuqarolardan saylangan. Solon
islohotlari polis boshqaruvini demokratik shakllari
asosini yaratdi, lekin izchil bo’lmaganligi sababli
zodagonlar hokimiyatini to’la tugata olmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |