Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

GIALOPLAZMA 
Gialoplazma 
(lat. hyaloplasma - tiniq), 
asosiy plazma yoki matriks 
- sitoplazmaning 
organellalari va kiritmalarisiz asosiy qismi bo`lib, u hujayraning asl ichki muhitidir. 
Elektron mikroskop ostida gialoplazma gomogen va mayda do nador tuzilishga ega. 
Sitoplazmaning fizik-ximik xususiyatlarini o`rganish gialoplazmaning murakkab kolloid sistema 
ekanligini tasdiqlaydi. Gialoplazmada turli biopolimerlar: oqsil, nuklein kislota, polisaxaridlar va 
boshqa moddalar bo`ladi. Bu sistema zol (suyuq) holatdan gel holatiga yoki aksincha, gel 
holatdan zol holatga o`tishi mumkin. 
Elektron mikroskopik tadqiqotlar gialoplazma tartibli joylashgan ko`p tarkibli sistema 
ekanlignni ko`rsatdi. Gialoplazma tuzilmalarsiz modda ko`rinsa ham unda fibrillyar, ipsimon 
oqsil molekulalar hosil bo`lishi yoki parchalanishi mumkin. 
Masalan: oqsil tubulinlarning ayrim molekulalari gialolazmada ma’lum sharoitda 
naysimon strukturaga aylanishi yoki parchalanishi aniqlangan. Gialoplazmada glikolitik 
fermentlar, karbonsuv metabolizmi fermentlari, oqsil va lipid metabolizmining fermentlari, RNK 
va turli ionlar uchraydi. Gialoplazma hujayraning turli tuzilmalarini o`zaro bog`laydi. Hujayra 
uchun zarur bo`lgan moddalarnnig hammasi, xususan, aminokislotalar, yog` kislotlari, 
nukleotidlar, karbonsuv, turli ionlar, ATF hujayraning turli tuzilmalariga gialoplazma orqali 
yetkazib beriladi. 
HUJAYRA YADROSI 
Yadro 
(yunon. Karion lat. nucleus) termini 1833 yilda Broun tarafidan kiritilgan bo`lib, u 
o`simlik hujayralaridagi sharsimon doimiy tuzilmalarni shu nom bilan atagan. 
Yadro hamma eukariot (yuqori o`simlik va hayvon) hujayralarida bo`ladi. Yadro faqat 
eritrotsitlarda (qizil qon hujayralarida) bo`lmaydi. Eritrotsitlar yuqori ixtisoslangan hujayra 


42 
bo`lib, differentsirovka vaqtida o`z yadrosini yo`qotadi. Yadroning shakli hujayra shaklini 
qaytaradi, lekin noto`g`ri formada ham bo`lishi mumkin. Sharsimon, kubsimon va ko`p qirrali 
hujayralarda yadro yumaloq shaklga ega. Prizmatik, silindrsimon, duksimon hujayralarda yadro 
uzun ellipsoid, yassi hujayralarda esa duksimon bo`ladi. Noto`g`ri shakldagi yadrolarga ba’zi bir 
leykotsitlarning yadrosi misol bo`ladi (taqasimon va parraksimon). Yadro hujayrada asosan bitta 
(bir yadroli hujayra) yoki ikkita (ikki yadroli hujayra) bo`ladi. Ko`p yadroli hujayralar va 
simplastlar ham mavjuddir. 
Yadroning kattaligi turlicha bo`lib, 4 mkm dan (spermatozoid) 40 mkm gacha (tuxum 
hujayra) boradi. Yadro o`lchami sitoplazma o`lchamiga ko`pincha to`g`ri proportsional bo`ladi. 
Yadro va sitoplazmaning hajm nisbati yadro-sitoplazma nisbati deb ataladi. 
Yadroning hujayrada joylashishi har xil bo`lib, hujayraning faoliyati va shakliga bog`liq 
bo`ladi. 
Bez hujayralarida yadro hujayraning bazal qismida joylashib, apikal qismi sekret bilan 
banddir. Differentsiallashmagan hujayrada yadro geometrik markazda joylashadi. Yadro quyi-
dagi asosiy struktur komponentlardan iborat (22, 23-rasmlar). 
1. 
Yadro qobig`i. 2. Xromatin strukturalari 
(xromatin, xromosoma). 3. 
Bir yoki bir necha 
yadrocha. 
4. 
Karioplazma 
(yadro shirasi). 
22- rasm. Yadroning elektron mikroskopik tuzilishi (sxema). 
1-yadro qobig`i; 2-yadro teshiklari. 3-karioplazma; 4-xromatin; 5
-
yadrocha; 6-
interxromatin donachalar; 7 - perixromatin donachalar; 8 – spiral tanacha (Monneron, 
Bernhard, 1969). 
Yadroning asosiy komponent xromosomalar DNK dan iborat bo`lib, o`zida genetik 
informatsiyani saqlaydi. DNK dan tashqari hujayra yadrosida 3 xil: informatsion, ribosomal va 
transport RNK bor. Hujayra yadrosi tarkibida yana giston tipidagi oqsillar bo`lib, DNK bilan 
tuzlar tipidagi birikmalar hosil qiladi. Shuning bilan birga nogiston tipidagi oqsillar ham mav-


43 
jud. Yadroda bir qancha fermentlar - ATF-aza, glikolitik fermentlar bor, lekin oksidlanish 
fermentlari uchramaydi. Gistoximiyaviy va bioximiyaviy usullar orqali yadro oqsillar bilan 
lipoproteid va liponukleoproteidlar holida birikkan lipidlar topilgan. Ular yadro quruq 
og`irligining 10-20% ni tashkil qiladi. 
Yadroda kaltsiy, magniy, natriy, fosfor, temir, rux, mis, kobalt va boshqa elementlar ham 
topilgan. 
Y a d r o q o b i g` i (kariolemma). Yadro qobig`ining mavjudligi oddiy (yorug`lik) 
mikroskop ostida ko`rilgan edi. Elektron mikroskop yadro qobig`i murakkab tuzilishga egaligini 
ko`rsatdi. U ikki membranadan tashkil topgan bo`lib, har birining qalinligi 10 nm va aniq 3 
qavatdan tuzilgan. Ichki va tashqi yadro qobig`i orasida 10-30 ba’zan 100 nm ga teng 
perinuklear bo`shliq bo`ladi (22, 23-rasmlarga q.) Yadroning tashqi qobig`i endoplazmatik to`r 
membranasiga o`tadi. Yadro qobig`ining har bir membranasi boshqa hujayra membranalari 
singari oqsil va lipiddan tashkil topgan. Yadro qobig`ining o`ziga xos xususiyati ko`p miqdorda 
yadro teshiklarining bo`lishidir. 
Teshiklarning diametri o`rtacha 80-90 nm. Teshiklar atrofida yadro qobig`i membranalari 
o`zaro birlashadi. Teshiklar murakkab tuzilishga ega bo`lgan globulyar va fibrillyar tuzilmalar 
bilan to`lgan. 
Yadro teshiklari bilan bu tuzilmalarni qo`shib y a d r o t e s h i k l a r i k o m p l e k s i 
deb yuritiladi. Bu kompleks oktogonal tuzilishga ega bo`ladi. Yadro teshigi devorini hosil 
qiluvchi yadro qobig`ida uch qator donachalar joylashadi. Har bir qatori 8 tadan donacha tutadi 
(24-rasm). Birinchi qator donachalar yadro shirasi tarafida, ikkinchisi sitoplazma tarafida, 
uchinchi qator donachalar esa teshikning markazida yotadi. Donachalar kattaligi 25 nm ga teng. 
Bu donachalardan fibrillyar tortmalar chiqib teshik markazida joylashgan markaziy granulaga 
kelib birlashadi. Bir yadroda taxminan 12 000 teshik bor yoki 1 mm
2
ga 45 ta teshik to`g`ri 
keladi. Teshiklar soni hujayraning funktsional aktivligiga bog`liq. 
Sitoplazma bilan yadro aloqasi oddiy emas. Hatto mayda ionlar K
+
, Na
+
, Ca
++
yadro 
qobig`idan erkin o`tolmaydi. Na
+
, K
+
ionlarining miqdori bo`yicha yadro hujayra oraliq 
moddasiga yaqin. Yadro qobig`ining endoplazmatik to`r membranalariga qadar davom etishi, 
yadro bilan sitoplazmaning o`zaro ionlar bilan almashinishiga imkon yaratadi. Endoplazmatik 
to`rning ba’zi bir bo`limlari plazmatik membrana bilan aloqa qiladi, degan dalillar ham bor. 
Shuning uchun bo`lsa kerak, ba’zi bir bo`yoq moddalari yadroga hujayrani bo`yamasdan o`ta 
oladi. 
Yadro qobig`ining o`tkazuvchanligi tufayli nasl informatsiyasining yadrodan 
sitoplazmaga yuqori polimer RNK orqali o`tishi to`g`risidagi zamonaviy bilimlar alohida 
ahamiyatga ega. Bir tomonidan, ionlarning mayda molekulalari uchun bu teshiklar o`tib bo`lmas 
chegara bo`lsa, ikkinchi tarafdan, katta molekula informatsion RNK yadrodan sitoplazmaga o`ta 
oladi. 
Sitoplazmadan yadroga sitoplazmada sintezlanuvchi va yadroni energiya bilan 
ta’minlashda kerak bo`lgan mononukleotid trifosfatning katta molekulalari o`tadi. 
Aminokislotalar, purin va pirimidin asoslar, ATF yadroga aktiv transport yo`li bilan 
o`tadi. Ba’zan yadrodan sitoplazmaga yadro moddasining ajralib o`tishi mumkin degan fikr bor. 
Uz navbatida yadro qobig`ida botiqlar paydo bo`lib, xuddi fagotsitoz kabi sitoplazma moddasini 
qamrab oladi. 
Yadro qobig`i endoplazmatik to`r hosil bo`lishida ishtirok etadi, degan fikr ham bor. 
Profazada yadro qobig`i fragmentatsiyaga uchrab, donador endoplazmatik to`r bilan birlashadi. 
Telofazada esa qobiqlar qaytadan endoplazmatik to`r elementlaridan hosil bo`ladi. 
Xromatin 
yoki 
xromatin 
to`ri 
interfazadagi 
yadroning 
ipsimon 
cho`zilgan 
xromosomalaridan iborat (22, 23-rasmlarga q.). Interfazada xromatin bo`yoqni yaxshi qabul 
qilmaydi, oddiy (yorug`lik), mikroskop ostida nozik ipcha shaklida ko`rinadi. Xromatinning 
asosiy sitoximik belgisi unda DNK ning bo`lishidir. Interfazadagi yadro DNK si asosan DNK 
uchun xos bo`lgan Fyolgen reaktivi bilan bo`yalganda yaxshi bilinadi. 


44 
23- rasm. Yadro. Me’da osti bezi atsinar hujayrasi. Elektron mikrofotogramma. 
X 16.000. 1

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish