Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


HUJAYRALARNING BO`LINISHI (DIVISIO CELLULARUM)



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

HUJAYRALARNING BO`LINISHI (DIVISIO CELLULARUM) 
Hujayralarning ajoyib sifatlaridan biri – uning o`zidan ko`payishidir. Bu jarayon hujayra 
avlodlarining tugalmasligini (turg`unligini) ta’minlaydi. 
Hujayra sikli 
(yoki hujayraning hayot sikli) - bu hujayra hosil bo`lgandan to uning 
bo`linishi yoki nobud bo`lishigacha bo`lgan siklik davrdir. Ko`p hujayrali hayvonlarda 
hujayraning hayot sikli butun organizm hayotidan qisqa bo`ladi. Ko`p hujayrali organizmda 
o`layotgan hujayralar doimo yangi hujayralar bilan almashinib turadi. Hujayraning 
reproduktsiyasi organizm o`sishi va taraqqiyotining asosi hisoblanadi. 
Hujayra reproduktsiyasining bir necha turlari bor: 
mitoz 
(noto`g`ri bo`linish), 
meyoz 
va 
poliploidiya.
Mitoz.
Mitotik bo`linish o`tgan asrning oxirlarida hayvon hujayralarida Flemming 
(1882), o`simlik hujayralarida Strasburger (1882) tomonidan ta’riflangan. Mitoz (yunoncha 
mitos - ip) bo`linish qonuniyatlari barcha hujayralar uchun umumiydir. 


46 
Hujayra bo`linishidagi jarayonlar ma’lum qonuniyat asosida borib, ularni ketma-ket 
keladigan interfaza va mitozga bo`lish mumkin. Ba’zi bir hujayralar populyatsiyasi bo`linishda 
bo`ladi (kambial zona hujayralari). Bo`linishga tayyorgarlik vaktini: (interfaza) va mitoz 
bo`linishni qo`shib 
mitotik sikl 
deyiladi (25-rasm). 
I n t e r f a z a ilk davrida hujayra ichidagi strukturalarning keskin
o`sishi va shakllanishi 
boshlanadi. Bu davrga G
1
– 
sintez oldi davri 
deb ataladi. Bioximiyaviy tomondan bu davr oqsil 
va RNK intensiv sintezi bilan ifodalanadi, bu davr bo`linuvch hujayralar generatsiya vaqtining 
30-40% ni tashkil etadi. G
1
davrida uzun va o`zaro chigal hosil qilgan yadro xromatini bo’- 
yoqlarni yomon qabul qiladi (geteroxromatin bo`limlaridan tashqari). So`ngra DNK 
sintezi 
davriga o`tadi 
Bu - sintetik davr - S. Bu davr davomida yadroda DNK sintezi kuzatiladi. 
Generatsiya vaqtining 30-50% ini tashkil qiluvchi bu davrda DNK ning spetsifik azot asosi 
timidin yadro xromatini tarkibiga kiradi. Sintetik davr natijasida xromosomalar, ya’ni 
hujayraning nasl materiali ikki marta ko`payadi. S davrdan so`ng G
2

mitoz oldi davri 
kelib, u 
hujayraning spetsifik oqsillar hamda ATF sintezi va hujayraning bo`linishiga tayyorgarligi bilan 
ifodalanadi. Bu davr generatsiya vaqtining 10-20% ini tashkil etadi. G
2
-davridan so`ng, 
generatsiya vaqtining 5-10% ini tashkil qiluvchi M - mitoz davri boshlanadi. 
25- rasm. Mitotik sikl (sxema). 
G
1
- presintetik (postmitotik) davr; S - sintetik davr; G
2
 
- postsintetik (premitotik davr). 
M i t o z jarayonining o`zida 4 faza farq qilinadi (26, 27, 34-rasmlar). 
Profazada 
xromosomalarning kondensatsiya bo`lishi va mitotik apparatning shakllanishi 
kuzatiladi. Xromosomalar kattalashadi va yo`g`onlashadi. Bu hodisa S davrida hosil bo`lgan 
xromatidalarning spirallanishi bilan tushuntiriladi. Spiralizatsiya protsessida xromatidalarning 
biri ikkinchisi atrofida aylanmay, balki har biri o`zicha spiral hosil qiladi. Shuning uchun ular 
mitozning keyingi fazalarida yengil ajraladi. Profazaning oxirida xromosomalar juft 
xromatidalardan tashkil topdi. Xromosomalarning kattalashishi va yo`g`onlashishi bilan birga 
xromatidalar sentromerlar deb ataluvchi ma’lum bo`lmalari bilan birlashadi. Profaza oxirida 
xromosomalar bo`linayotgan yadroning ekvatorial yuzasida joylashib, bo`linish dukchasini hosil 
qila boshlaydi (27-rasm, 
a). 
Duk ikki tipdagi ipchalardan - qutblarni birlashtirib turuvchi 
markaziy va qutblarni xromosoma sentromerlari bilan birlashtirib turuvchi xromosoma 
ipchalaridan tashkil topgan. Elektron mikroskopiya mitotik apparat ipchalari zich devorli 
naychalardan tashkil topganligini ko`rsatadi. Ularning diametri 20 nm, devori qalinligi 4-5 nm. 
Hayvonlarda sentriolalar orasidagi dukcha sentriolalar yad-roning bir tomonida yotganda 
hosil bo`ladi. So`ngra, sentriolalar yadroning qarama-qarshi qutblariga qarab siljiydi. Bu vaqtda 
dukcha kattalashib, yadro sohasini egallab oladi. Profaza uchun yadrochaning yo`qolishi va 
yadro qobig`ining erishi xarakterlidir. Elektron mikroskopik kuzatishlar mitoz davrida yadro. 
qobig`ining bo`lakchalari yo`qolmay, balki endoplazmatik to`r membranalarga aylanishini 
ko`rsatdi. Mitoz oxirida yadro qobig`i donador endoplazmatik to`r membranalaridan qayta hosil 
bo`ladi. 


47 
26- rasm. Hujayraning mitoz usuli bilan bo`linishi (sxema). 
I, 2-interfaza; 3, 4-profaza; 5-metafaza; 7, 8-telofaza (Meziyadan). 


48 
27-rasm. A, B-Mitoz (kariokinez). Piyoz po`sti. Temirli gematoksilin bilan bo`yalgan. 
A-ob. 60, ok. 10; B-ob. 40, ok. 10. 1-profaza; 2-metafaza: 3-anafaza; 4-telofaza. 
27- rasm. V. Hayvon hujayrasidagi migoz. Ingichka ichak

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish