Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


Mavzu XX. MUOMALA HARAJATLARI STATISTIKASI



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/114
Sana23.12.2022
Hajmi0,83 Mb.
#895321
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   114
Bog'liq
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti statistika kafedrasi «

Mavzu XX. MUOMALA HARAJATLARI STATISTIKASI 
 
 
 
 
 
Reja: 
 
1. Muomala harajatlari mohiyati va turlari. 
2. Muomila harajatlari ko‘rsatkichlari statistikasi. 
3. Muomila harajatlari darajasiga ta’sir etuvchi omillar. 
1. Muomila harajatlari mohiyati va turlari 
 
Jamiyat yashashi uchun tovarlar ishlab chiqariladi va iste’mol qilinadi. 
Ishlab chiqarish va iste’mol doimiy ravishda takrorlanaveradi va bu takror ishlab 
chiqarishning doiraviy aylanishi deyiladi. Takror ishlab chiqarish kengaytirilgan 
hajmda bo‘ladi. Takror ishlab chiqarishning doiraviy aylanishi to‘rt jarayondan 
tashkil topadi. Birinchisi tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqarish, ikkinchisi – 
ularga taqsimlash (iste’molchi joylariga yetkazish), uchinchisi – tovarlarni 
ayirboshlash (asosan pul vositasida), to‘rtinchisi – iste’mol jarayonlardir.
Takror ishlab chiqarishning doiraviy aylanish jarayonlari 
 
Tovarlarni 
ishlab 
chiqarish 
tovarlarni 
taqsimlash 
tovarlarni 
ayirboshlash 
tovarlarni 
iste’mol 
qilish 
Demak tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqargandan keyin ularni 
istemolchilar joylariga taqsimlab, yetkazish lozim bo‘ladi. Ayrim tovarlar (non va 
mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari va shu kabilar) ishlab chiqarilgan joylarning 
o‘zida yoki unga yaqin joylarda iste’mol qilinadi. Ayrim tovarlarni 
iste’molchilarga yetkazish uchun juda uzoq masofaga tashish lozim bo‘ladi 
(masalan, sitrus o‘simliklari mahsulotlari). Demak har qanday sharoitda ham ishlab 
chiqarilgan mahsulotlar taqsimlanib, kerakli joylarga yetkazilar ekan. Buning 
uchun turli transport vositalaridan (temir yo‘l, suv va havo transporti, 
avtotransport, truba provod va shu kabilar) foydalaniladi. Tovarlarni transportlarda
tashish va saqlash jarayonlarida turli xil harajatlar bo‘ladi. Tovarlarni tashib berish 
(ortish, tushirish, yetkazib berish) xizmatini ko‘rsatganligi uchun transport 
tashkilotlari transport haqi oladilar.
Ishlab chiqarilgan tovarlarni iste’molchilarga sotish bo‘yicha asosan ulgurji 
va chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi tashkilot va firmalar shug‘ullanadilar. 
Savdo tashkilotlarning saqlash uchun ombor, dukonlari bo‘ladi. Ular tovarlarni 
saqalaganda tovarlar sepiladi, to‘kiladi va boshqa tabiiy kamayishlar bo‘ladi. 
Bunday bino va boshqa asbob-uskunalar bo‘lib, ular bo‘yicha eskirish 
(amortizatsiya) hisoblanadi. Asosiy vositalarni saqlash va ta’mirlash bo‘yicha 
harajatlar bo‘ladi. Savdo tashkilotlarida sotuvchilar va boshqa xodimlar ishlaydi. 
Ularga to‘lanadigan mehnat haqi va turli jamg‘armalarga ajratmalar (belgilangan 
tartibda) savdo tashkilotlarining harajatlari hisoblanadi. Savdo tashkilotlariga turli 


131 
xizmatlar ko‘rsatiladi (gaz, elektroenergiya, suv, pochta, telefon kabilar), bu 
xizmatlar uchun belgilangan tariflarda xizmat haqi to‘lanadi. Shunday qilib ishlab 
chiqarishdan tayyor bo‘lib chiqqan tovarlarni (mahsulotlarni) iste’molchilarga 
sotishgacha bo‘lgan barcha moddiy, mehnat va moliyaviy harajatlari deyiladi.
Muomala harajatlari turli belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratilishi mumkin. 
Harajatlar turlari bo‘yicha: transport, mehnat haqi, asosiy vositalarni saqlash va 
ta’mirlash, asosiy vositalar eskirish, ijtimoiy sug‘urta va boshqa jamg‘armalarga 
ajratmalar, bankdan olingan kreditlar va qarzlar uchun to‘langan foizlar, 
tovarlarning tabiiy kamayishi, reklama, xodimlarning xizmat safari va boshqa 
harajatlarga bo‘linadi. Tovarlarning sotilish turiga qarab: ulgurji tovar aylanishi 
bilan bog‘liq harajatlar, chakana tovar aylanishi bilan bog‘liq harajatlar, umumiy 
ovqatlanish bilan bog‘liq harajatlar kabilarga guruhlanishi mumkin.
Sotilgan tovarlar (mahsulotlar) hajmiga qarab: tovar aylanmasi o‘zgarishga 
bog‘liq-o‘zgaruvchan harajatlar; tovar aylanmasi hajmi o‘zgarishga bog‘liq 
bo‘lmagan o‘zgarmas (doimiy) harajatlarga bo‘linadi. 
O‘zgaruvchan harajatlarga trasport, tovarlarning tabiiy kamayishi, ishbay 
haq to‘lanadigan xodimlar mehnat haqi va shu kabi, tovar aylanmasi hajmi 
ko‘paysa, harajatlar ham ko‘payadigan va uning teskarisi (kamaysa harajatlar ham 
kamayadigan) harajatlar kiradi. O‘zgarmas (doimiy) harajatlar tovar aylanmasi 
hajmi o‘zgarishi (ko‘payish yoki kamayish) bilan o‘zgarmaydi. Demak bunday 
harajatlar tovar aylanmasi hajmiga bog‘liq emas. O‘zgarmas harajatlarga asosiy 
vositalar eskirish, rahbar xodimlar mehnat haqi, reklama, ijara haqi _______va shu 
kabi harajatlar kiradi. 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish