Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.
Tilshunoslikda
ushbu hodisani o‗rganish, darhaqiqat, ko‗p asrlik davrga borib
taqaladi, olimlar izlanishlari davomida bu tushunchani turli
nomlar bilan atab kelishgan, xususan: takrorlash [Selivanov,
1955; Bushuy, 1973; Krapotin, 1996 va boshqalar], xato
[Apresyan, 1966, 1995; Gorbachevich, 1978; Golub, 1997,
2005 va boshqalar.] va murakkab fikrni siqish [Tulina, 1970;
Zayts, 2001; Ievleva, 2002 va boshqalar]. [ Остапенко
Татьяна Сергеевна Когнитивно-стратегический потенциал
тавтологии автореферат. Иркутск-2011, С. 90.]
Tilshunoslikda tavtologiya tushunchasi turli xil
izohlanadi, xususan, bir guruh olimlar tavtologiyaga salbiy
baho berishsa, bir guruh olimlar esa uni stilistik uslubiyat deya
baholashadi. Bugungi kunda tilshunsoslarimiz ushbu hodisaga
uslub bilan bog‗liq va lingvopoetik hodisa deya ta‘riflash-
moqda. Quyida biz, shu nuqtayi nazardan, olimlarning
qarashlarini ikkiga bo‗lib tasniflashga harakat qilamiz.
Pchelkina tomonidan tuzilgan lug‗atda ushbu
tushuncha
―mantiqiy
xato‖,-deya
talqin
etiladi.
V.N.Yartsevaning ―Lingvistik entsiklopedik lug‗ati‖da bu
atama kengroq talqin etiladi. ―Tavtologiya‖ lug‗at muallifining
ta‘rifiga ko‗ra, ―mazmunli so‗zning ortiqcha bo‗lishi, butun
yoki uning qismini semantik takrorlash‖ deya izohlanadi.
Tavtologiya pleonazmga o‗xshaydi va ba‘zan ―yomon
pleonazm‖ deb ataladi. Lekin tavtologiya pleonazmdan farqli
o‗laroq, har doim ham nutq tizimga kiritilmagan tilning
normasi, u ixtiyoriy va odatda mantiqiy emas, tavtologiya
ongsiz ravishda (uslubiy qurilma sifatida emas) hosil bo‗ladi.
Misol uchun, O.S.Axmanovaning ―Lingvistik atamalar
lug‗ati‖ tavtologiyani faqat ―keraksiz ortiqcha so‗z‖ deb
hisoblaydi.
Zamonaviy
rus
tilshunosligida
Kovaleva,
tavtologiyani turli til darajasida namoyon bo‗lishini izohlab,
quyidagicha guruhlaydi: fonetik, leksik-semantik va sintaktik.
Tavtologiyadan muloqotda foydalanish so‗zning leksik
ma‘nosini bilmasligini ko‗rsatadi, shuning uchun ayrim
tilshunoslar tavtologiyaga ―past nutq madaniyatining
ko‗rsatkichidir‖, -deya izoh berishadi. Aloqa jarayonida
tavtologiyadan foydalanish katta nutq xatosidir. Badiiy asarlar
yaratishda u mualliflik rejasiga bo‗ysunadi, tasvirni yaratishga
xizmat qiladi va o‗quvchini hissiy darajasiga ta‘sir qiladi.
Badiiy asarlarda yozuvchilar ko‗pincha tavtologiyadan uslubiy
qurilma sifatida foydalanishni ma‘qul ko‗rishadi, bu esa san‘at
asarining o‗ziga xosligi bilan bog‗liq.
Nikolyukin tomonidan tuzilgan ―Adabiy ensiklo-
pediya‖da ―tavtologiya‖ atamasiga ―ma‘noga yaqin so‗zlarni
takrorlash‖,- deb izoh beriladi. Rus tili lug‗atida S.Ozhegov
tavtologiyani ―takrorlash‖,-deb ta‘riflaydi.
―Qisqa adabiy ensiklopediya‖ va ―Rus tili ensiklo-
pediyasi‖ da tavtologiyaga nutqning ortiqchaliligi va
ifodalashning
maxsus
usuli
sifatida
qaraladi.
Ushbu
hodisaning ko‗plab muhim jihatlari taniqli tilshunos olim A.A.
Potebnya tomonidan oshkor etildi. Olim tavtologiyaning kelib
chiqishi u til va fikrlashning rivojlanish qonunlarida, xususan,
tilning semantik ravshanligi va ifoda etilishiga ob‘ektiv
intilishda ko‗rgan. A.A.Potebnya ―Slavyan xalq she‘riyatida
ba‘zi ramzlar haqida‖ maqolasida olim shunday yozadi: ―....
so‗zning ma‘nosi bu so‗zning inson xotirasida shunga
o‗xshash asosiy ma‘noga ega bo‗lgan boshqa bir tushuncha
bilan namoyon bo‗lishi tushuniladi‖. Olimning fikrini misollar
bilan izohlashga harakat qilamiz, haqiqatdan ham ―nur‖
leksemasini yodga olganda, inson xotirasida uning oq rangda
Do'stlaringiz bilan baham: |