366
bilan yoqilg‘i
uchirilgan, hajmdagi quyuq qoldiq mazut tashlab yuborilgan, 40 chelak
neftdan 16 chelak fotogen (kerosinning anologi) olingan. Mazut yigirma chelak hajm
qo‘rinishida qolgan, to‘rt chelak esa haydash jarayonida qurum qo‘rinishida
yo‘qotilgan.
Neftni qayta haydash zavodlari XIX asrning 40-chi yillarida
boshqa davlatlarda
ham paydo bo‘lgan. Buyuk Britaniya davlatida 1848 yilda Dj. Yung zavodida neft qayta
ishlana boshlangan. Pensilvaniyada (AQSh) 1849 yilda S.Kir neftni qayta ishlaydigan
zavod qurgan. Fransiyada birinchi marta neftni haydaydigan zavod 1854 yilda Elzasda
A.Girn tomonidan qurilgan. Germaniyada, Polshada va Ruminiyada XIX asrning 50
yillarida neftni qayta ishlaydigan sanoat qaytadan tug‘ilgan.
Rossiyada birinchi neftni qayta ishlaydigan yirik
zavod Baku rayonida barpo
etilgan: Kokorev V.A va Gubonik P.I.ning zavodi (1860 y), D.Melikov (1863). Bundan
tashqari kichik zavodlar 1860 yilda Bakuda ular 30 ta, 1870-chi yillarda 70 tadan oshib
ketdi.
Grozniyda I.M.Mirzayev tomonidan 1865 yilda, A.N.Novosilsov tomonidan
1868 yilda Tamanski yarim orolida yirik neftni haydaydigan zavod ishga tushirilgan va
shu tuman to‘liq kerosin bilan ta’minlangan.
Farg‘ona vodiysidagi birinchi tadbirkor D.P.Petrov tomonidan 1885 yilda SHo‘r
suv neft uchastkasida har kuni 400-500 kg.gacha neft qazib olingan va kerosin ajratib
oladigan kichkina zavod qurilgan. Shuning natijasida Farg‘ona vodiyida Xo‘jaobod,
Andijon, Polvontosh, Janubiy Olamushuk va shunday bir
nechta konlar ochilgan va
ishga tushirilgan.
Rossiyada XIX asrning 70 yillarining boshida boshqa bir nechta fotogenli
(kerosinli) zavodlar faoliyat ko‘rsata boshlagan: Odessada – 4 ta, Xersonda – 1 ta,
Kerchida – 3 ta. Ular yordamida Kavkazdan va Moldaviyadan chiqadigan neft qayta
ishlangan.
Neftni qayta haydash ishlari takomillashtirilgan. Agar dastlabki bosqichda
hajmlarga davriy ta’sir etish orqali ishlab chiqarilgan bo‘lsa, keyinchalik talabga javob
bermay qolgan. Bunday texnologiyada neftni fraksiyalarga
ishonchli ajralishi
ta’minlanmagan, fraksiyalarning oralig‘idagi haroratning chegarasi ko‘zda aniqlangan.
Keyinchalik hajmli qurilmalar bir-biri bilan birlashtirilgan kublarning
jamlanmasi–hajmli batareyalarga aylantirilgan hamda ular aniq neft fraksiyalarini olish
uchun xizmat qilgan. XIX asrning oxirida to‘xtovsiz ishlaydigan hajmli batareyalar
ishlangan. Ularda issiqlikni regeneratsiya qilish prinsipidan foydalanilgan:
olinadigan
issiq neftning fraksiyasi qayta ishlashga kirib kelgan neftga o‘zining issiqligini bergan.
Buning evaziga qurilmaning unumdorligi keskin kuchaygan. Bu qurilma 1886 yilda
V.G.Shuxov va F.I.Inchik tomonidan taklif qilingan, kuniga 27 marta ko‘p neftni qayta
haydashga erishilgan, xuddi shunday ko‘rsatgich hajmida – 1,5 ga, hajmli batareyalarda
– 4 ga teng. XIX asrda neftni qayta ishlash natijasida asosan kerosin olingan.
Boshlang‘ich davrda tovar kerosinining asosiy tavsiflariga solishtirma og‘irligi
(0,78-0,85 t/m
3
), qaynash harorati oralig‘i (170-320
o
S) va uning rangi kirgan. Neftdan
kerosin fraksiyasini chiqishi nisbatan uncha katta bo‘lmaganligi (baku neftidan 25-30
%) uchun neft sanoatchilari solishtirma og‘irligi kerosinga o‘xshash yengil suyuqlik va
og‘ir fraksiyalarni aralashtirgan hamda qo‘shimcha hajmlarni olishga kirishganlar.
Bunday mahsulotdan chiroqlarda foydalanilgan, ko‘pincha portlash sodir bo‘lgan.
367
Shuning uchun kerosinni xavfsiz yoritishda foydalanishning yaroqliligi chaqnash
haroratiga (suyuqlikning ustidagi yuzada bug‘larni alangalanishi)
va alangalanish
haroratiga (suqlikni yonish) qarab aniqlaganlar.
Neftni qayta ishlashni boshqa usullari rivojlangan. D.I.Mendeleyevning
maslahatiga asosan 1879 yilda Yaroslavlning yaqinida jahonda birinchi bo‘lib,
mazutdan surkov moylari oladigan zavod qurilgan. V.G.Shuxov va S.Gavrilovlar
tomonidan 1891 yilda og‘ir uglevodorodlarni yuqori harorat va bosimda parchalash
yo‘li bilan yengil uglevodorodlarni olish ixtiro qilingan. Bunday jarayon kreking nomini
olgan.
V.G.Shuxov
muhandis
M.A.Kotelyunikov
bilan
hamkorlikda
kreking
qurilmasining turboburini ixtiro qilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: