O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
KIMYO FAKULTETI III BOSQICH TALABASI TURDIYEV MUHRIDDINNING “NEFT VA GAZ KIMYOSI” FANIDAN
REFERAT
MAVZU: “NEFT VA NEFT MAHSULOTLARINING XOSSALARI, ZICHLIK, SINDIRISH KO’RSAKICHI, QOVUSHQOQLIK. KRISTALLANISH VA ALANGALANISH HARORATI”
Qabul qildi: Mirhamidova Dilorom
Topshirdi: Turdiyev Muhriddin
REJA:
KIRISH: Neft haqida tushuncha. Neftning fizik kimyoviy xossalari
ASOSIY QISM. Neft mahsulotlarining xossalari.
I BOB. Neft va neft mahsulotlarining optik xossalari.
1.1. Zichlik.
1.2. Sindirish ko’rsatkichi.
1.3. Qovushqoqlik.
II BOB.
2.1. Kristallanish xarorati.
2.2. Alangalanish xarorati.
XULOSA.
KIRISH
Neft (turkcha neft, fors, neft), qoramoy — suyuq yonuvchi qazilma boylik, organik birikmalarning , asosan, uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat modda. Yer yuzasidan, asosan, 1,2—2,0 km chukurlikdagi yer osti gumbazlarining gʻovak yoki seryoriq togʻ jinslari (qum, qumtosh, ohaktoshlar)da joylashgan. Chiqarilayotgan neft, asosan, burgʻilangan quduqlardan olinadi. neft oʻta muhim yonilgʻi-energiya manbai boʻlib, benzin, kerosin dizel yonilgʻisi, mazut, moylash materiallari va bitumlar olishda asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladi. neft qora yoki qoʻngʻir, baʼzan och malla rangli boʻlib, oʻziga xos hidi bor. Zichligi 750–970 kg/m³. Zichligi 20° da 850 kg/m³ dan past boʻlgan Neftlar yengil,851 –885 kg/m³ — oʻrtacha ogʻirlikdagi va 885 kg/m³ dan yuqorilari ogʻir N. hisoblanadi. Qaynash temperaturasi 28° dan yuqori. Qotish temperaturasi —60°dan —26° gacha, 50° dagi qovushoqligi 1,2—55 mm2/s, solishtirma issiqlik sigʻimi 1,7—2,1 kJ/(kg .K), yonish issikligi 43,7—46,2 MJ/kg ga teng . Chaqnash harorati 35— 120°. Organik erituvchilarda eriydi, suvda erimaydi, lekin suv bilan turgʻun emulsiya hosil qiladi. Neft tarkibida parafin, naften va aromatik uglevodorodlar boʻladi, uglerod 82—87%, vodorod —11,5—14,5%, oltingugurt 0,1—5,5%ni tashkil etadi. Bundan tashqari, vanadiy, nikel, kalsiy, magniy, temir, alyuminiy, kremniy, natriy kabi 20 dan ortiq elementlar, 5% gacha har xil aralashmalar — naften kislotalar, asfalt-smola moddalar, merkaptanlar, vodorod sulfid, tiofen va tiofanlar, disulfidlar, piridin, piperidin va boshqa mavjud. N. tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab kam oltingugurtli (0,6% gacha), oltingugurtli (0,6—1,8%) va koʻp oltingugurtli (1,8%dan ortiq) sinflarga boʻlinadi.
Baʼzi olimlar neft ni tabiatdagi kimyoviy oʻzgarishlar natijasida hosil boʻlgan deb hisoblaganlar. Bu hakda 2 qarama-qarshi fikr — anorganik va organik gipotezalar mavjud. Anorganik gipoteza asoschisi fransuz kimyogari M. Bertlo (1866) N. yer kaʼrida karbonat kislotaning ishkrriy metallarga taʼsiri natijasida, shunga oʻxshash, D. I. Mendeleyev (1877) yer qaʼriga sinish zonalari orqali tushgan suvning uglerodli metall (karbid) larga taʼsiri natijasida hosil boʻlgan, degan fikrni bildirganlar. 20-asr boshlarida esa N. hosil boʻlishining organik gipotezasi rivojlanti-rildi va choʻkindi jinslardagi sapropel (organik balchiq) bilan N. uzviy alo-qada deb topildi. Bu gipotezaga koʻra, N. koʻl va dengiz ostida choʻkindi jinslar bilan birga choʻkadigan har xil yirik hayvonlar (qad. ixtiozavrlar, kitlar va kashalotlar)dan tortib planktonlargacha boʻlgan jonivorlar va oʻsimlik qoldiqlaridan hosil boʻlgan. Dengiz va koʻl tubida yigʻilgan organik moddaning bir qismi dengiz jonivorlariga oziq boʻlsa, bir qismi suvda erigan kislorod bilan oksidlanib yoʻqolgan va organik moddaning juda oz (2—3% gacha) miqdori dengiz tubida loyqaga aralashib, unga qoramtir tuye bergan. Loyka ichida organik modda kislorodsiz muhitda anaerob bakteriyalar taʼsirida oʻzgargan. Choʻkindi jinslar tarkibidagi sapropelning bir necha mln. yillar davomida oʻzgarib N. hosil boʻlishi lab. sinovlarida amaliy jihatdan oʻrganilgan. Bunda Yer poʻstining 1200–1500 m chuqurligidagi organik moddalarning murakkab molekulalari parchalanib, gazeimon, suyuq va qattiq uglevodorodlar ajralib chiqishi mumkin. Undan ham chuqurroq (3000–4000 m)da jarayon yanada tezlashib, N. hosil boʻlishining bosh fazasini vujudga keltirgan va uglevodorodlar maksimal miqdorda ajralib chiqqan.
N.li qatlamlar Yer poʻsti tarixining hamma davrlariga mansub qavatlarida uchraydi, ammo eng koʻp zaxirasi devon, yura, bur va toʻrtlamchi davr yotqiziqlarida joylashgan. N.li qatlamlar maydoni 1000 km², qalinligi 100 m gacha yetib, bir konda bir necha N.li katlam mavjud boʻlishi mumkin.
N. juda kddimdan ishlatib kelingan. Yaqin Sharkda joylashgan qad. davlatlarda aholi N. va bitumdan foydalanganligi haqida maʼlumotlar saqlanib qolgan. Jumladan, tarixiy manbalarda Suriya va Iroqsan oqib utadigan Furot daryosining sohillarida mil.dan 4—6 ming yil avval, ikki dare oraligʻiga joylashgan Shumer davlati (hozirgi Iroq)da, Bobilda, Qad. Misrda yunon va rimliklar idishlar yasashda, haykallarni bezashda, saroy va yoʻl qurilishlarida, jasadlarni balzamlash va mumiyolashda N. ishlatganliklari qayd etilgan. N. kuygan joyni, shish, revmatizm va teri kasalliklarini davolashda ishlatilgan. Yunon tabibi Gippokrat N. bilan tayyorlangan dorilar tarkibini, italiyalik mash-hur sayyox. Marko Polo (1254—1324) Kavkazda "er moyi" borligini, undan yonilgʻi sifatida foydalanish va tuyalarni davolashda ishlatish mumkinligini yozib qoldirganlar. Kds. sharqda N.dan harbiy maqsadlarda ham foydalanganlar. Shuningdek, miloddan avvalgi 331 yil N.dan Genuya (Italiya) koʻchalarini yori-tishda foydalanganliklari maʼlum.
N. chiqarish qadim zamonlardan maʼlum. Miloddan avvalgi Kissiyada N. quduklardan chiqarilgan. Midiya, Bobil va Su-riyada N. ochiq suv havzalari yuzidan yigʻib olingan. Oʻsha davrda yerni bur-gʻilamasdan yer yoki suv yuzasidagi, qudukdardagi tayyor N.ni yigʻib olganlar. 15-asrda Italiyada N.li qumtosh va ohaktoshlarni qizdirib va siqib N. olingan. 1868 yilda Qoʻqon xonligida koʻldan ariqlarda oqib chiqadigan suv yuzasidan N. yigʻib olingan; buning uchun ariqlarga ostidan suv oʻtadigan, yuzida esa N. yigʻiladigan toʻsiq qilingan. 17-asrda Bokuda quduqlardan N. chiqarilgan. Bunday quduqlarning chuq. 27 m gacha boʻlib, devorlari toshlar yoki yogʻochlar bilan mustah-kamlangan. Oʻzbekistonda N. chiqarish 1876 yildan boshlangan. Fargʻonaning Qamishboshi qishlogʻida tadbirkor D. P. Petrov tomonidan 19-asrning 80-yillari boshida 25 metrgacha burgʻilangan 2 ta quduqning har biridan kuniga 10 pud (160 kg) gacha N. chiqarilgan. 19-asrning 60-yillaridan N. burgʻi quduqlari orqali chiqarila boshladi. 1865 yilda AQShda birinchi marta N. mexanik usulda (nasos yordamida) chiqarilgan. Bu usul 1874—95 yillarda Gruziya, Boku va Groz-niydagi konlarda ham joriy etilgan. N.ni burgʻi kuduklari orqali chiqarish usuli, asosan, 20-asrning 30-yillariga kelib ancha takomillashdi. neft chiqarish uchun neft atrofida joylashgan suv yoki gaz bosimini oshirish usuli bilan qatlam gʻovaklaridagi N. quduq zaboyiga yigʻiladi. Suv bosimi, odatda, boshlangʻich N. zaxirasining 50—80% ini, gaz esa atigi 20— 50%ini siqib chiqaradi. Odatda, tashqaridan berilayotgan suv qazib chiqarilayotgan neft ning oʻrnini toʻla egallay olmaganligidan bosim kamayib ketadi. Natijada neft ning favvora boʻlib tabiiy otilishi tugaydi. Shundan keyin neft kompressor yordamida chikariladi. Neft ni kompressor bilan chiqarishda quduqqa neft gazi yoki havo haydaladi; ular neft ga aralashib, zichligini kamaytiradi, natijada neft va gaz aralashmasining sathi quduq yuzasigacha koʻtarilib, neft ning favvora boʻlib otilishi davom etadi. neft quduqlardan neft nasosi yordamida ham chiqariladi.
ASOSIY QISM.
Tabiiy gazning fizik- kimyoviy xossalari. Avvalo biz tabiiy gazni tashish deganda, kondan qazib olinayotgan tabiiy gazni hech qanday isrofgarchilikka yot qo'ynrasdan uni istemolchilarga sof, toza holda yetkazib berishni tushunishimiz kerak deb o’ylayman. Buning uchun esa biz albatta tabiiy gaz to'g'risidagi barcha ma'lumotlarga ega bo’lishimiz shart. Jumladan tabiiy gazni kimyoviy tarkibi, tasnifi ularning asosiy fizikaviy xossalarini bilishimiz darkor. Kondan qazib olinayotgan tabiiy gazni iste’molchilarga yetkazib berishdan oldin uning tarkibidagi keraksiz qo'shimchalarni ajratishimiz va zarur bo’lsa ba'zi bir qo'shimchalarni qo'shishimizga to'g'ri keladi. Ya'ni tabiiy gazni jo'natishga tayyor holatga keltirishimiz kerak bo’ladi. Bu jarayonda kondan qazib olinayotgan gaz tarkibidagi qum, karroziya mahsulotlarini, kondensatlar, suv bug’i va shu kabi mexanik qo' shimchalardan tozalanadi. Aks holda gaz tashiladigan quvir va boshqa jihozlarni yemirilishiga olib kelib, bir qancha salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Tabiiy gazlarni iste’molchilarga jo'natishdan oldin uni quritib, og’ir uglevadorodlardan tozalashdan tashqari, gaz hidini sezish uchun uning tarkibiga hid beruvchi kimyoviy birikmalar, vodorodlar qo'shish kerak bo’ladi. Ko'p hollarda tabiiy gaz miqdori ko’p bo’lsa, uni istemolchilarga quvur transport orqali yetkazib beriladi. Barcha tashilayotgan gaz miqdorini aniq bilishimiz uchun biz gaz quvurlarini hisoblashni bilishimiz zarurdir. Bunga asosan gaz quvurlarining texnologik hisobi katta ahamiyat kasb etib, unga quvurning gidravlik hisobi ham beradi. Unga quvurlarda bosim yo’qolishi, kompressorlar asosidagi masofa quvurlarni muqobil hisoblari, gaz quvurlarining o'tkazuvchanlik qobilyatini aniqlashtirish kiradi. Demak gaz quvurlarini hisoblash bizga qancha miqdordagi gaz tashilayotganini oson aniqlashimizga yordam beradi. Tabiiy gazlar karbonsuvchil va nokarbonsuvchilardan tashkil topgan bo’lib, tabiiy gazlar qatlamda sof gaz holida, neftda erigan holda va suvda erigan holda uchrashi mumkin. Tabiiy gazlarning umumiy ko'rinishi CnH2n+2 ko'rinishidagi ifodadan aniqlanib, metan gomologlari qatorida tashkil topgan bo’ladi. Tabiiy gazlar ular tarkibidagi kompanentlar miqdoriga qarab quyidagi tasniflarga bo" lishimiz mumkin:
1) Metan miqdoriga ko'ra (hajm miqdoriga ko'ra %) Pastmetanli 0-30 Kam metanli 30-70 o’rtacha metanli 70-90 Yuqori metanli 90-100
2) Og'ir gomologlar S miqdoriga ko'ra (hajm miqdoriga ko'ra %) Pastmiqdorli 0-3; Kam miqdorli 3-10; O’rtacha miqdorli 30% dan ortiq.
3) Azot (Nr) miqdorga ko'ra (hajm hisobida %) Past azotli 0-3; Kam azotli 3-10; CTrtacha azotli 10-30; Yuqori azotli 30% dan yuqori. 4) Karbonat IV oksidli (CO2) miqdorga ko'ra (hajm hisobida %) Pastmiqdorli 0-3; Kammiqdorli 3-10; o’rtacha miqdorli 10-30; Yuqori miqdorli 30% dan ortiq. 5) Vadorod sulfidning miqdoriga ko'ra (H2S) hajm hisobida % Oltingurgutsiz 0,001 gacha Kam oltingurgutli 0,001-0,3 o’rtacha oltingurgutli 0,3-1,0 Yuqori oltingurgutli 1 dan ortiq. Tabiiy gazlarning bunday mufassal tasniflanishiga sabab, uning tarkibidagi kompanentlarning miqdoriga (kondensat CO2) va H2S kabi moddalarning miqdoriga qarab konda tabiiy gazni tayyorlash inshootlari har xil bo’ladi. Oltingurgutsiz va kam oltingurgutli konlarda tabiiy gazni oltingurgutdan tozalovchi inshootlar qurilmaydi. Tabiiy gazlarning asosiy fizikaviy xossalari. Tabiiy gazlarning asosiy fizikaviy xossalaridan konlarning loyiha ko'rsatkichlarini hisoblashda, gazlarni konda davlat standartlariga mos holda tayyorlashda va gaz ishlab chiqish korxonasi hamda gazni naqliyoti bilan shug'ullanadigan korxona orasidagi o'zaro hisob-kitoblarda ishlatiladi. Shundan kelib chiqib tabiiy gazlarning asosiy fizikaviy xossalarini doimo nazorat qilish kerak bo’ladi. Agar gazning bosimi, hajmi va temperaturasi o'zgarsa, uning asosiy fizik xossalari ham o'zgarishini ko’rish mumkin. Demak gazning asosiy fizik xossalari bosim, hajm va haroratga bog’liq ekan, shuning uchun ham gazning fizik xossalarini muntazam ravishda nazorat qilish kerak ekan. Tabiiy gazlarning asosiy fizikaviy xossalariga — molekulyar massasi M, gazning zichligi pr, gazning qovushqoqligi y, gazning kritik parametrlari (Pk , Tk), va gazning o’ta siqiluvchanlik koeffitsienti Z kiradi. Zichlik yoki hajm birligidagi massa deb — moddaning tinch holatidagi massasini uning hajmiga bolgan nisbatiga aytiladi. Gazning oddiy fizik sharoitdagi ya'ni bosim P0 =101325 Pa=0,101 MPa=l at va temperatura t=0°C dagi zichligini uning molekulyar massasi bilan aniqlash mumkin:
bu yerda: M- gazning molekulyar massasi; 22,41-har qanday 1 kg gazning fizik sharoitdagi hajmi. Hisoblashlarda ko'pincha gazlarning nisbiy zichligi ishlatiladi. Gazning nisbiy zichligi deb — shu gazning zichligining havo zichligiga nisbatiga aytiladi.
bunda: pgnis - gazning nisbiy zichligi; pg - berilgan gaz zichligi; ph = 1,293 havoning zichligi. Agar tabiiy gaz aralashmasining molekulyar massasi Ma aniq bo'lsa, aralashma zichligi quyidagicha bo’ladi:
Tabiiy gaz aralashmasining nisbiylik zichligi esa:
Endi tabiiy gazlarning qovushqoqligi haqida gapiradigan bo'lsak, gazning qovushqoqligi uning zichligiga, molekulalarning o'rtacha tezligiga va erkin harakatlanish masofasiga bog'liq bo" lib, quyidagi ifoda bilan hisoblanadi:
birlikda o’lchanadi.bunda; fl- gazning qovushqoqligi, p- zichlik, v - gaz molekulalarining o'rtacha tezligi, X - molekulalarning o'rtacha erkin harakatlanish masofasi. Gazning qovushqoqligi temperaturaga va bosimga bevosita bog’liq bo’lib, agar bosim oshsa gazning zichligi ham ortadi, molekulalarning o'rtacha erkin harakatlanish masofasi esa qisqaradi bundan kelib chiqib molekulalarning o'rtacha harakatlanish tezligi o'zgarmasdan qoladi deyishimiz mumkin. Shunday ekan bosim ortsa, gazning qovushqoqligi boshlang'ich davrda deyarli o'zgarmaydi, keyinchalik esa oshib boradi. Yuqori molekulyar massaga ega bo'lgan gazlarning (masalan atmosfera bosimi sharoitda) bosimi biroz kichik bo'ladi, temperatura ortishi natijasida gazning qovushqoqligi ortib boradi. Tabiiy gazlarning molekulyar og'irligi bilan qovushqoqlik o'rtasidagi bog’liqlikka shu gazning tarkibida bolgan tajavuzkor gazlarning (masalan, azot, vadorod sulfid, uglerod IV oksid miqdori sezilarli darajada ta'sir ko'rsatar ekan. Qatlamdagi neftning zichligi - uning massasining hajm birligiga nisbatidir. Albatta qatlam sharoitidagi neftnnng zichligi standart sharoitdagidan kam bg’ladi va bu 1,2-1,8 marta atrofida bg’ladi. Neftlar o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi: engil neftlar - 0,800 g/sm3 gacha, g’rta neftlar - 0,800-0,900 g/sm3 orasida va og’ir neftlar 0,900 g/sm3 dan yuqorilari. Og’ir neftlarda gaz kam erigan, engillarida esa kg’proq erigan bg’ladi. Farg’ona konlarininng neftlari aksariyat g’rta zichlikka egadir. Qatlamdagi neftning qovushqoqligi er yuzasidagi neftlardan ancha kamdir, chunki er ostida unda ancha gaz erigan va harorat ham yuqoridir. Bosim gazlarning qovushqoqligiga oz ta’sir qiladi, u ham bg’lsa bosim tg’yinganlik darajasidan ortgandagina rg’y berishi mumkin. Qatlam sharoitida gazning qovushqoqligi er yuzasidangina juda kg’p farq qiladi. CHunonchn, Arlan konidagi qatlamdagi neftning qovushqoqligi er ustidagidan 20 marta, Romashkino konida esa 5,5 marta kamdir. Qovushqoqlik neftning zichligiga bog’liq, uning zichligi ortiq konlarda qovushqoqlik kg’p va aksincha, engil neftlar harakatchandir. Qovushqoqlik g’lchami sekundda millipaskal bilan g’lchanadi (MPa*s), qovushqoqlik darajasi bg’yicha neftlarni biroz qovushqoq (1mpa*s gacha), kam qovushqoq (1-5mpa*s), qovushqoq (5-25 Mpa*s) va juda qovushqoq (25 MPa*s dan ortiq) turlariga ajratish mumkin. Dunyo bg’yicha er ostidagi neftlar g’zining qovushqoqlik xususiyati bilan rang-barangdir. CHunonchi, CHechen-Ingush avtonom oblasti bag’ridagi yuqori bg’r qatlamidagi neftning qovushqoqligi 0,2-0,3 MPa*s, Boshqirdiston. Tataristondagi devon qatlamlaridagi neftlarning qovushqoqligi 1-5 MPa*s, Farg’ona vodiysidagi neftlar 1-5-10 MPa*s, Perm viloyati, Boshqirdiston, Tatariston toshkg’mir qatlamlaridagi neftlar 5-25 MPa*s, G’arbny Sibir konlaridagi neftlarning qovushqoqligi 200 MPa*s gacha boradi (Russkiy koni). Neftning qovushqoqligi uni qazib chiqarish jarayoniga ta’sir qiluvchi ahamiyatga molik omillardan biridir. Neftni qazib olishda iloji borncha uning qovushqoqshligini kamaytirishga erishishga harakat qilinadi. Neft vasuvlar qovushqoqligi g’rtasidagi farq quduqlarni suv bosish jarayonini belgilaydigan omillardan biridir. Neftning qovushqoqligi u mavjud bg’lgan tog’ jinslaridan iborat muhitga va tog’ jinslarining fizik xossalariga ham bog’liqdir. Neftlarning kalorimetrik xususiyatlarini g’rganish ham ayniqsa qazib chiqarish jarayonida maqsadga muvofiqdir, chunki ularning yorug’likni yutish xususiyati orqali fizik xossalari bg’ladigan g’zgarishlarni (qovushqoqlikni, zichlikni) aniqlash mumkin. Bunday g’zgarishlar fotokalorimetriya usulida olib boriladi va shunga qarab yuqorida keltirilgan g’zgarishlarni chamalash mumkin. Qazib chiqarish jarayonida aksariyat uyumlarda termo-dinamik sharoitlarning g’zgarishi neftlar xususiyatlarini g’zgartirish mumkin. SHuning uchun qazib chiqarishning dastlabki davridan oxirigacha bg’ladigan g’zgarishlar va ularning natijasi sodir bg’ladigan hodisalarni chamalash hamda avvaldan anglash maqsadga muvofiqdir. Shundagina biz iloji boricha kg’proq neftni er bag’ridan olishga muvaffaq bg’lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |