O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/363
Sana22.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#894170
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   363
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua NGKM (Восстановлен)

12.3. Favvora quduq usti jihozlari 
 
Berkitish (ochish-yopish) qurilmalariga qulfaklar va kranlar mansub bo’lib, 
armatura va manifoldlarning kanallarini bekitishda va ochishda xizmat qiladi. 
Rostlovchi qurilmalarga almashtiriladigan shtutserlar va jo’mraklar o’rnatiladi, ular 
qatlam suyuqligini va gazning sarfini drossellab o’zgartirish uchun xizmat qiladi. 
Favvora armaturasining yoki manifoldning sxemalariga bog’liq archadagi va 
quvurning boshchasidagi berkitish qurilmalarining soni 10-12 ta, manifoldda esa 15-
20 qulfak yoki jo’mraklarni tashkil qilishi mumkin. 
Gzlift va haydovchi quduqlarning armaturasida bir xil bo’lgan berkitish 
qurilmalaridan foydalaniladi. 
Berkitish qurilmasi jihozlariga favvora armaturasida qo’llaniladigan qulfaklar 
va jo’mraklar kiradi, umuman neft va gaz qazib olinadigan hamma texnologik 
jarayonlarda va operatsiyalarda, quduqlarni burg’ilashda esa ularning ko’rinishi 
o’zgartirilib qo’llaniladi. Ular ko’pincha otilmaga qarshi jihozlarda, burg’ilash 
nasoslarining manifoldida, qatlamni gidravlik yorish jihozlarida, kislotali ishlov 
berishda 
va 
hamma 
yuvuvchi 
agregatlarda, 
neftgaz 
konlarining 
kommunikatsiyalarida va yig’ish inshootlarida, qatlamlarni ajratishda, qatlam 
suyuqligini, neft va gazni tashishda, qatlamga suv va gazni haydashda qo’llaniladi. 
Bunday berkitish qurilmalarining katta qismi neft va gazni dastlabki qayta 
ishlash va ularni tashish jihozlarida qo’llaniladi. 
Eng murakkab sharoitlarda berkitish qurilmalarini ishlatishga favvora 
quduqlarining favvora armaturasidan foydalanish kiradi.
Boshqa jihozlar kabi favvora armaturasining bekitish qurilmasi ham qatlam 
suyuqliklari, gazi yoki kondensatlari bilan doimiy kontaktda bo’lganligi uchun yuqori 
bosim ta’sirida (70-100 MPa gacha) bo’ladi, o’zi orqali bir necha minglab tonna 
qatlam suyuqligini yoki millionlab metr kub gazni o’tkazadi, ularning tarkibida 
emiruvchi muhitli (H
2
S va CO
2
), abraziv, kuchli minerallashgan suvlar mavjuddir. 
Ba’zida qatlam suyuqligining harorati 200
0
S gacha yetadi. Xuddi shunday sharoitda 


107 
rostlovchi vositalar va shtutserlar ishlatiladi. Favvora armaturalarining manifoldida 
ham xuddi shunday sharoitlarda berkitish qurilmalari ishlatiladi. 
Bunday 
muhim 
sharoitlarda 
bekitish 
qurilmalarini 
ishlatish 
uning 
konstruktsiyasi va tayyorlashga qoyiladigan talablardan kelib chiqib aniqlanadi: 
kerakli bosimni saqlab turish xususiyati va bunda berkitishning germetikligini 
ta’minlash, suyuqlik yoki gazning oqim bosimini minimal yo’qotib o’tkazish, 
emiruvchi muhitda va abrazivlikda o’zining ishlash xususiyatini saqlash, yuqori va 
past haroratlarda tezkor boshqarilishi, minimal metall sig’imdorlikka ega bo’lishdir. 
Debitni va bosimni keng oraliqda, suyuqlik va gazning kimyoviy tarkibini, 
haroratning qator xarakterli hususiyati, berkitish qurilmasini qo’llashni maqsadga 
muvofiq ekanligini va har xil bosimlarda, sarflarda, kimyoviy nasoslarni haroratga 
takomillashtirilgan holda bajarilishga olib keldi. 
Berkitish qurilmalari muhim murakkab sharoitlarda ishlatilganda ishonchligi 
nisbatan yuqori bo’lganligi uchun uzoq muddat xizmat qilishiga qaramasdan ularni 
almashtirishga to’g’ri keladi. 
Shuning uchun faqat bekitish qurilmasi emas balkim favvora armaturasining 
o’zi ham ishdan chiqib qolishini va butun armaturani ish qobiliyatini saqlash, 
rezervlash yo’li bilan yoki bosim ostida ishlayotgan quduqda berkitish qurilmalarini 
almashtirish talablaridan kelib chiqib tayrlanadi. 
Asosiy berkitish va rostlovchi qurilmalarning tartibli sxemalari zichlashtirish 
usullaridan farqlanadi (12.1-rasm). 
Ponali qulfakning zichlanish samarasi pona-shiberning qulfak kanalining 
uyasiga qisilib tirkalish kuchining hisobiga ta’minlanadi. Bu turdagi qulfaklarda bir 
qator jiddiy kamchiliklar mavjud: suyuqlik va gazni oqimini to’g’ri oqmasligi, 
buralma oqimning paydo bo’lishi, shiber ochiq holda bo’lganda suyuqlik yoki 
gazning oqimida yuvilib ketish davri va uyalar paydo bo’lishi kam uchraydi. 
Qulfakning kamchiligi – pona sirti – uyadagi kontaktning germetikligini ta’minlash 
murakkab, tayorlash ham ta’mirlash ham qiyin bo’lganligi uchun uni ishlab chiqarish 
keskin qisqargan, lekin talab juda yuqori. 
12.1-rasm. To’g’ri oqimli tekis 
12.2-rasm. Berkitish qurilmasining 


108 
shiberli qulfakning qurilmasi. 
1-korpus; 2- kirishdagi uya (egar); 
3-shpindel; 4-qopqoq;
5-haydovchi klapan; 6-maxovik; 7-
rostlovchi vint; 8-yurishli gayka; 9-
podshipniklarni qopqog’i; 10-
manjetlar;
11-likopli prujinka; 
12-chiqishdagi uya (egar);
13-shiber. 
majburiy maydalanadigan tekis 
shiberli qulfaki. 
1-korpus; 2-lunj; 3-shpindel;
4-teskari klapan; 5-vtulka;
6-maxovik; 7-vint; 8-gayka;
9-podshipnik korpusi;
10-maydon; 11-podshipnik;
12-zichlama; 13-qopqoq; 
14-kichik; 15-ariqcha; 16-vtulka; 
17-kontrshpindel. 
Qulfaklardan tashqari yopish-ochish qurilmalari sifatida har xil formali tiqinga 
ega bo’lgan kranlardan ham foydalaniladi, silindrsimon, sharsimon, konussimon. 
Kran suyuqlik yoki gazning to’g’ri oqimli yo’nalishini ta’minlaydi. 
Rostlovchi qurilmalar sifatida jo’mraklar va vtulkali almashtiriladigan 
shtutserlar 
ham 
qo’llaniladi. 
Ko’pincha 
jo’mraklarning 
boshqariladigan 
shtutserlaridan foydalanilganda favvora armaturasida kanalning kesimi yuzasini bir 
tekisda o’zgartirish mumkin bo’ladi va pog’onasiz boshqarish ta’minlanadi. Vtulkali 
almashtiriladigan shtutserlar pog’onali rostlashga hisoblangan bo’ladi, bu jarayonni 
amalga oshirishda har xil diametrdagi kanalli drossellarning detallari to’plamidan 
foydalaniladi. 
To’g’ri oqimli tekis shiberli qulfakning shartli o’tish teshigining diametri 65 
mm bo’ladi, 21 MPa ishchi bosimga hioblangan. Qulfakning asosiy detallariga 
qoyidagilar kiradi: qopqoqli (4) po’lat korpus (1), shiber (13) va uyadan tashkil 
topgan. Kirishda (2) va chiqishda (13) tirkaluvchi likopchali prujinalar (11) 
o’rnatilgan. Qulfak uchun bunday turdagi konstruktsiya namunaviy bo’ladi hamda 
katta sarf va bosimga hisoblangan. Qulfakning massasi 80-100 kg. Bekitish 
germetikligini amalga oshirish uyani (12) halqali zichlamalar bilan qo’zg’alishi 
hisobiga erishiladi, yon sirt yuzalari va ular bilan kontaklashuvchi shiberning yuzasi 
ham yuqori sifatda tayyorlangan. Germetikligini va korroziyaga chidamligini oshirish 
uchun qulfakning korpusi yog’ bilan to’ldiriladi (3.2). 
Murakkab turdagi to’g’ri oqimli tekis shiberli qulfakning konstruktsiyasi 70 
MPa ishchi bosimga hisoblangan, zichlanish tizimi oldingidan farq qiladi. 
Qulfakning korpusida ikkita yo’naltiruvchi sig’imli, maxsus surkov (yog’lash) 
va kanalli lunj o’rnatilgan, u surkovlarni zichlanuvchi yuzalarga uzatadi. Shiber 
ikkita plashkadan tashkil topgan bo’lib, bir nechta prujinalarga tirkaladi. Plashkada 
ariqchalar mavjud, unga shpindelning va kontrshpindelning boshchasi joylashtirilgan. 
Zichlovchi yuzalarga ishchi muhitning bosimi ostida surkov (moylash) uzatiladi, u 
zatvorning germetikligini yaxshilaydi. Moylash surkovlarning zaxirasi teskari 
klapanlar orqali to’ldiriladi. 
Qulfaklarni boshqarishni va teleboshqaruvni ta’minlashda ular gidro uzatmalar 
yoki havo uzatmalari bilan jihozlanadi. Havo uzatmali qulfakning shartli o’tish 
teshigining diametri 50 mm bo’ladi, 70 MPa ishchi bosimga hisoblanadi. Bu turdagi 
qulfakning konstruktsiyasi oldingilardan shpindelni qo’zg’atishdagi va uzatmali 


109 
gidraklik yoki havoli silindrlarning mavjudligi hamda qurilmaning bajarilishi bilan 
farq qiladi. 
Konussimon tiqinli teshik kranda (12.2-rasm) zichlamalarning germetikligi 
korpusning va tiqinning olib tayyorlanishi, ularning oralig’idagi tirqish o’lchamlarini 
hamda maxsus moylar bilan kran korpusini to’ldirishdir. 

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish