KIRISH
О‘zbekistonda neft
-
gazni qayta ishlash sanoati yaxshi rivojlanayotgan
tarmoqlardan biri bо‘lib, uning xalq xо‘jaligidagi salmog‘i mamlakatimiz
mustaqillikka erishgandan sо‘ng yildan yilga jadal rivojlanish yо‘liga kirdi.
Ushbu sohaga tegishli sanoat
k
orxonalari zamonaviy asbob-uskuna va
qurilmalar bilan jihozlangan bо‘lib, ularda eng ilg‘or texnologiyalar asosida
mahalliy xom ashyolar qayta ishlanib, tayyor mahsulotlar (benzin, aviakerosin,
aviabenzin, dizel yonilg‘isi, neft moylari, suyultirilgan gaz, polietilen
granulalari, oltingugurt va boshqalar) olinmoqda.
Neft va gazni qayta ishlash sanoati korxonalarida uglevodorod xom
ashyolarni zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlash, xalq xо‘jaligi uchun
muhim bо‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish
hamda fan va texnika yutuqlarini amaliyotda doimiy foydalana oladigan yuqori
malakali muhandis kadrlar (bakalavr va magistrlar) kerak, albatta. О‘zbekiston
Respublikasining ta’lim tо‘g‘risidagi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi talablaridan kelib chiqqan holda bakalavr va magistrlarз har tomonlama
bilimdon, ilg‘or davlatlardagi zamonaviy ishlab chiqarish tajribalarni
о‘zlashtirishlari, yangi ilmiy g‘oyalar va fundamental texnikaviy yechimlarni
yaratish qobiliyatiga ega bо‘lishlari zarur. Kadrlar о‘ziga xos zamonaviy
tafakkurli, bilimli, malakali va ayni paytda yuksak ma’naviy komillik sifatlariga
ega bо‘lishi, О‘zbekistonning kelajagi, mustaqilligimiz kelajagi uchun mas’ul,
jonkuyar, fidoyi va zakovatli insonlar bо‘lmog‘i kerak.
О‘quv uslubiy majmuada neft va gaz sanoati, О‘zbekistonda neft va gaz
sanoatining rivojlanishining istiqbollari hamda neft va gaz konlari korxonalari,
neft konlarini ishlatishda qо‘llaniladigan qurilmalar va jihozlarni boshqara
olishi, neftni va gazni yig‘ish uni qayta ishlashga tayyorlash, sintetik suyuqlik
yoqilg‘isini olish texnologiyasi va past bosimli konlardagi mash’ala gazlarini
qayta ishlashda qо‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalar va texnikalar, sintetik
suyuq yoqilg‘ini ishlab chiqarishda Fisher-Tropsh usullaridan foydalanish
hamda qurilmalarini tuzilishi va ishlatish prinsiplari, neft va gaz
mahsulotlaridan sanoatda foydalanish, neft va gaz sanoatidagi muammolar va
ularni yechish masalalari bо‘yicha tushunchalar, texnologik mashinalar va
jihozlar yо‘nalishi bо‘yicha tayyorlanayotgan kadrlarni oldida turgan
muammolar tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni о‘z ichiga olgan.
О‘quv uslubiy majmua tayyorlashda amaliy yordam kо‘rsatganliklari
uchun “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasining professor va
о‘qituvchilariga о‘z minnatdorchiligini bildiradi. О‘quv qо‘llanma birinchi
marta lotin imlosida tayyorlanganligi uchun ba’zi bir kamchiliklarga ega
bо‘lishi mumkin. Shuning uchun mualliflar kitobxonlarning kо‘rsatgan har bir
fikr mulohazalarni va e’tirozlarni minnatdorchilik bilan qabul qiladi.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |