O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/363
Sana22.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#894170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   363
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua NGKM (Восстановлен)

6.3.Vazifalari: 
Fanning o`z oldiga qo`ygan vazifalari quyidagilardan iborat: 
- talabalarning fan bo`yicha bilimlarini boshqa fanlarga o`zaro bog`liq ravishda 
o`rgatish; 
- tizimda qo‘llaniladigan jihozlarning ishlash samaradorliklarini oshirish 
usullarini o'rgatish; 
- texnologik jarayonlarni amalga oshirishda jihozlarning zaruriy ish 
ko‘rsatkichlarini ta’minlash va ularni maqbullashtirish; 
- jihozlarning ishlash sharoitiga qarab qo`llanilish ahamiyati va ishonchliligini 
ta`minlash usullarini o`rganish; 
- neft va gaz mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va transport qilishda 
qo`llaniladigan jihozlarning ishlashi maqbul uslublarini tanlashni ilmiy asoslangan 
holda o`rganish va shu kabilar. 
Fan talabalarning neft va gazni qazib olish va dastlabki qayta ishlashda 
qo'llaniladigan barcha turdagi jihozlarning ishlashi va ish unumdorliklarini oshirish 
usullarini, jihozlarni ishlatishda mehnat muhofazasi va ekologik muammolar haqida 
mukammal bilimlarga ega bo'lishi, jihozlarning metall va metalmas konstruktsiyalari 
uchun mos materiallarni o'rganish, jihozlarning zaruriy parametrlarini hisoblash kabi 
masalalarni o`rganishni o’z oldiga vazifa qilib qo`yadi. 
6.4.О‘quv fanining mazmuni: 
Respublikamizda jadal sur`atlarda rivojlanib borayotgan neft va gazni qazib 
olish va qayta ishlash sohasida qo’llanilayotgan texnologik mashinalar va jihozlarni 
o’rganishda «Neft va gaz konlarining mashina va jihozlari” fani o’ziga xos o’ringa 
ega. Talabalarda soha jihoz va qurilmalari asosiy ishchi ko’rsatkichlarini hisoblash va 
ularni loyihalash bo’yicha bilim berish va ko’nikmalar hosil qilishni o’z oldiga asosiy 
maqsad qilib qo’ygan mazkur fanda neft va gazni qayta ishlash korxonalarida keng 
tarqalgan jihoz va qurilmalarning tuzilishi, ishlash prinsipi, ishlatish qoidalari, ularni 
tayyorlashda ishlatiladigan materiallar, jihozlarni ishlatish mobaynida ularda ro’y 
beradigan korroziya hodisasi va undan himoyalash usullari haqidagi ma`lumotlarni 
o’z ifodasini topgan. 



Fanni o’rganishda har bir bo’lim quyidagi ketma-ketlik asosida yoritilgan: 
jihoz va qurilmalar sinflanishi; asosiy jihozlarning ishlash prinsipi va tuzilishi; 
jihozni hisoblash asosiy formulalari va tegishli bo’limga mansub asosiy jihozlardan 
birini hisoblash ishlariga misollar va ularning echimlari namunasi.
«Neft va gaz konlarining mashina va jihozlari” fani quyidagi asosiy 
bo`limlardan iborat: 
1. Neft va gaz qazib olish uchun mashinalar va jihozlar kompleksi. 
2. Quduqlarni favvora usulida ishlatish uchun jihozlar. 
3. Quduqlarni gazlift usulida ishlatish uchun jihozlar. 
4. Neft quduqlarini ishlatishda qо‘llaniladigan nasoslarning jihozlari. 
5. Quduqlarda tadqiqot olib borish jihozlari. 
6. Quduqda ta’mir ishlarini bajarish uchun jihozlar. 
7. Qatlamning neftgaz beraoluvchanligini oshirish va neftgaz qazib olishni 
jadallashtirishda qо‘llaniladigan jihozlar. 
8. Qazib olinayotgan mahsulotlarni tayyorlash va tashish uchun jihozlar. 
Neft va gaz qazib olish uchun mashinalar va jihozlar kompleksi bo`limida
 
fanning maqsadi va vazifalari, neft va gaz qazib olish mashina va jihozlar 
takomillashuvi tarixi, hozirgi holati, mashina va jihozlar kompleksi funksional 
sxemasi va axamiyatiga kо‘ra jihozlarning tasnifi; kon jihozlari ishlash sharoitlari, 
quduqlarning turlari, nasos kompressor quvurlari va ularning qо‘llanilishi, quduq 
ichki jihozlari, neft va gaz qazib olish sanoatida о‘lchash qurilmalaridan foydalanish, 
ishlatish quduqlarida qо‘llaniladigan о‘lchash qurilmalari va prinsipial konstruktiv 
о‘lchash qurilmalari va shu kabilar keltirilgan. 
Quduqlarni favvora usulida ishlatish uchun jihozlar bo`limida favvora quduqlari 
jihozlari; quduq usti jihozlari; favvora armaturasining asosiy turlari, konstruksiyalari 
va standart bо‘yicha parametrlari; ishlatish va haydovchi quduqlarni bir vaqtda va 
alohida foydalanish uchun jihozlar; favvora armaturasini о‘rnatish va unga xizmat 
kо‘rsatish ishlari, monifoldlar; quduq ichki jihozlari va ochiq favvora bо‘lishini oldini 
olishda qо‘llaniladigan otqinga qarshi komplekslar yoritilgan. 
Quduqlarni gazlift usulida ishlatish uchun jihozlar qismida quduqlarni gazlift 
usulida ishlatishda kon jihozlari tarkibi; quduq yer osti va yer usti jihozlarining 
joylashuvi prinsipial sxemasi; kompressorlarning asosiy turlari va parametrlari, 
hamda kompressor stansiyasi jihozlari; ishchi klapanlarni о‘rnatish va ajratib oish 
uchun zamonaviy jihozlar; gazlift klapanlari ishlash prinsiplari va konstruksiyalari, 
quduq kameralari va gazlift jihozlarini ishlatishda texnika havfsizligi qoidalari kabilar 
bayon qilingan. Shuningdek kompressorlar va ularning klassifikatsiyasi, kon 
kompressor 
stansiyalari 
texnologik 
sxemalari; 
porshenli 
va 
gazomotokompressorlarning 
qо‘llanilishi, 
ishlash 
prinsipi, 
asosiy 
texnik 
kо‘rsatkichlari; markazdan qochma va vintli kompressorlar, ishlash prinsiplari va 
qо‘llanilishi sohalari; markazdan qochma kompressorlarni hisoblashning nazariy 
asoslari; vintli kompressorlar, ularning turlari, konstruksiyalari, texnik tavsifnomalari, 
qо‘llanilishi sohalari kabilar yoritilgan. 
Neft quduqlarini ishlatishda qо‘llaniladigan nasoslarning jihozlari bo`limida
 
neft 
quduqlarini shtangali chuqurlik nasoslari yordamida ishlatish; shtangali chuqurlik 
nasosli qurilma, uning tarkibi va prinsipial sxemasi; quduq nasoslari tasnifi, 



sxemalari va konstruktiv jihatlari; tebratma dastgoh, balansirli, balansirsiz, qо‘shma 
va zanjirli tebratma dastgohlar; shtangali chuqurlik nasoslari, qо‘llanilishi sohalari va 
harakatdagi standartlar bо‘yicha tasniflari; shtangali nasoslar asosiy uzellari va 
detallari, ularning konstruksiyalari, tayyorlash uchun materiallar; ikkita qatlamdan 
neft qazib olish uchun shtangali nasoslar, ularning turlari va konstruksiyalari; 
nasoslarning uzatishi, uzatish tushunchasi, uzatishga ta’sir etuvchi omillar va uzatish 
koeffitsiyentini oshirish yо‘llari kabilar to`g`risida yoritilgan. Shuningdek bir 
quduqda bir necha gorizontni ishlatish uchun jihozlar,
 
qatlamlarni bir vaqtda aloxida 
ishlatish usullari tasnifi, qatlamlarni alohida ishlatishda quduqda jihozlar joylashuvi 
sxemasi va jihozlar tarkibi, bir quduq orqali bir nechta gorizontlarni ishlatish jihozlari 
va uning hisobi kabilar keltirilgan. 
Quduqlarda tadqiqot olib borish jihozlari bo`limida konlarda tadqiqot olib borish 
uchun qurilmalar; distansion va mahalliy о‘lchashlar uchun asboblar jamlamasi; 
nazorat-о‘lchov asboblari tasnifi; zamonaviy asboblar va о‘lchash texnikalari; bir 
о‘ramli prujinali va chuqurlik manometrlari; bimetall termometrlar, suyuqlik 
termometrlari, difmanometrlar, taxometrik sarf о‘lchagichlar, namuna olgichlar, 
geofizik va gidrodinamik tadqiqotlarni olib borish maqsadalari, qо‘llaniladigan 
jihozlar va olib borilgan ishlarni baholash kabilar keltirilgan.
Quduqda ta’mir ishlarini bajarish uchun jihozlar bo`limida quduqlarni ta’mirlash 
turlari va ta’mirlashda qо‘llaniladigan jihozlar; tal tizimi va uning FIK, berilgan 
quduq uchun kо‘targich hisobi va uning turini tanlash, minoralar va machtalar, quduq 
ta’mirlash uchun agregatlar turlari, konstruksiyalari va ularni tanlash hisoblari
avtomatik kalitlar konstruksiyalari va ularni tanlashdagi hisoblar, vertlyuglar, 
nasoslar, rotorlar va ularning konstruksiyalari; tutuvchi asboblar, metall buyumlarni 
quduqdan chiqazib olish uchun jihozlar va asboblar keltirilgan.
Qatlamning neftgaz beraoluvchanligini oshirish va neftgaz qazib olishni 
jadallashtirishda qо‘llaniladigan jihozlar bo`limida mahsuldor qatlamga ta’sir etish 
jarayonlarini amalga oshirish uchun jihozlar; qatlamga va quduq zaboy oldi zonasigi 
ta’sir etish usullari; qatlamlarga suv bilan ta’sir qilish va qо‘llaniladigan jihozlar; suv 
tozalash jihozlari; qatlamlarni bug‘-issiqlik ishlov berish jihozlari; yer usti jihozlari; 
quduq zaboyini kislota bilan ishlov berish jihozlari; kislotlalarni bosim ostida 
haydash uchun sisternalar agregatlari va ularni kon bо‘ylab harakatlantirish 
mashinalari; kislota nasoslari konstruksiyalari va parametralari; quduq zaboyini 
yuvish uchun jihozlar; qatlam zaboyini ishlov berishda hisoblashlar; qatlamni ishlov 
berishda texnika havfsizligi va atrof muhit muhofazasi kabilar yoritilgan. 
Qazib olinayotgan mahsulotlarni tayyorlash va tashish uchun jihozlar bo`limida 
neftni kon sharoitida yig‘ish va tayyorlash uchun jihozlar; neftgaz separatorlari va 
ularning normal qatori; qо‘zg‘aluvchan о‘lchash qurilmalari; neft va gazni birgalikda 
tayyorlash uchun jihozlar; elektr tuzsizlantirish qurilmasi; turg‘unlashtirish 
qurilmalari; suvni dastlab ajratish qurilmalari; neftdan suvni ajratib olish qurilmalar, 
neft tayyorlash tizimi va neft tayyorlash qurilmalari; rezervuarlar saroyi jihozlari; 
texnologik va tovar rezervuarlarda neft tindirish; rezervuarlar va ularning turlari; neft, 
gaz va kondenstani tayyorlash va tashish uchun jihozlar; bosim ostida ishlaydigan 
idishlar; bosim ostida ishlaydigan idishlar va issiqlik almashinish apparatlari hisobi; 
gaz haroratini pasaytirish uchun jihozlar va ularning tuzilishi; gaz va kondensatni 


10 
tashishga tayyorlash uchun jihozlar; gaz va kondensatni tayyorlash qurilmasi; past 
haroratli separatsiyalash va absorbsiyalash tipik texnologik sxemalari; separatorlar, 
absorberlar, drossellar, siquv kompressor stansiyalari, sovutivchi jihozlar, issiqlik 
almashinish apparatlari, turbodetanderlar, ajratgichlar va shu kabilar keltirilgan. 
Fan bo’yicha amaliy mashg`ulotlarda neft va gaz konlari mashina va jihozlari 
tasnifi va ishlash sharoitlarini ; quduq konstruksiyasi, uning elementlari va ishlatish 
quduqlarida qо‘llaniladigan jihozlar va ularning elementlarini; turli sharoitlarda 
NKQlarni tanlash va foydalanishga doir hisoblashlar; qulflash va rostlovchi 
moslamalarini, flanetsli birikmalarni hisoblashga doir misol va masalalar; gazlift 
klapanlari ishlash prinsiplari va konstruksiyalari; kompressorlarning siqish 
bosqichlari bо‘yicha asosiy parametralarini hicoblash; shtangali chuqurlik 
nasoslarining texnologik rejimlarini hisoblash; nasos shtangalarini tanlash bо‘yicha 
hisoblashlar; NKQ kolonnasini hisoblash va tanlash; shtangani osish nuqtasida 
balansir kallagiga ta’sir etuvchi yuklanishlarni hisoblashga doir misollar; elektr 
markazdan qochma nasosli qurilmaning jamlamalari va ishlash prinsiplari; bir quduq 
orqali bir nechta gorizontlarni ishlatish jihozlarining qо‘llanilishi va uning hisobiga 
doir misollar; monometrlar, termometrlar va sarf о‘lchagichlarning tuzilishi va 
ishlash prinsiplarini; quduqni ta’mirlashda kо‘targich hisobi va uning turini tanlash; 
quduq ta’mirlash uchun agregatlar turlari, konstruksiyalarini о‘rganish va ularni 
tanlash hisoblari; mahsuldor qatlamga ta’sir etish jarayonlarini amalga oshirish uchun 
jihozlarning qо‘llanilishiga doir misol va masalalar; neftgaz separatorlarini 
hisoblashga doir misollar; quduq mahsulotini yig‘ish va tayyorlash tizimining asosiy 
parametrlarini hisoblash ishlarini bajaradilar. 
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bо‘yicha kafedra professor - о‘qituvchilarn 
tomonidan kо‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza 
mavzulari bо‘yicha olgan bilim va kо‘nikmalarini amaliy masalalar yechish orqali 
yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va о‘quv qо‘llanmalar asosida talabalar 
bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy 
maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar 
yechish, mavzular bо‘yicha kо‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya 
etiladi. Amaliy mashg`ulotlarni bajarishda talaba mavzu bo’yicha berilgan variantlar 
asosida hisoblash ishlarini olib boradi va sxemalarni bajarishda chizg`ich hamda 
rangli qalamlardan foydalanish tavsiya etiladi. 
Talabalar fan bo’yicha laboratoriya ishlarini quduqlarni favvora usulida 
ishlatishda jihozlar hisobi; favvora armaturasi birikmalariga ta’sir etuvchi 
kuchlanishlarni hisoblash; nasos kompressor quvuri hisobi va uni tanlash; shtuser 
diametrini aniqlash; porshenli kompressorlar ishlash prinsipini о‘rganish, bosqichma-
bosqich gazni siqishda kompressor ishchi parametrlarini va uning quvvatini aniqlash; 
shtangali chuqurlik nasoslari jihozlarini hisoblash; nasos ishlash rejimlari 
parametrlarini aniqlash va SHCHNQni tanlash; SHCHNQ uzatishini aniqlash va ish 
samaradorligini hisoblash; balansir kallagiga tushadigan yuklanishni aniqlash; 
shtangali nasos plunjeri yurish yо‘lini aniqlash; elektr markazdan qochma nasosli 
qurilma parametrlarini hisoblash; nasosni tushirish chuqurligini aniqlash; EMQN 
parametrlarini aniqlash, kabel va transformator tanlash; minoralarga ta’sir etuvchi 
yuklanishlar hisobi; quduqlarni ta’mirlashda hisoblashlar; qatlamga ta’sir etish 


11 
usulini tanlash va suyuqlik haydash parametrlarini hisoblash; neft mahsulotlarini 
yig‘ish va tayyorlash uchun jihozlarni hisoblash va turini tanlash; bosim ostida 
ishlaydigan jihozlarni hisoblash. Idish tubi, qopqog‘i va о‘tish diametrlari hisobi; 
issiqlik almashinish apparatlarini hisoblash; konlararo quvurlarni о‘rnatish va ulardan 
foydalanishga doir hisoblashlar va shu kabi mavzular bo’yicha bajaradilar. 
Laboratoriya mashg`ulotlarining mazmuni va nazariy qismlarini talabalar avvaldan 
tavsiya etilgan uslubiy ko’rsatma bo’yicha o’rganib chiqishi, laboratoriya ishini 
bajargandan so’ng berilgan savollarga javob berishi va laboratoriya ishlarini 
bajarishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishi talab qilinadi.

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish