101
- quvursiz ishlatishda (mustahkamlash quvuri orqali suyuqlikni kо‘tarishda
pastki qismiga zichlanma о‘rnatilgan);
v) gaz paydo bо‘lganda otilmalarning oldini olishda (klapan kesuvchi paker).
- Tadqiqot va sinov ishlarini amalga oshirishda qо‘llaniladigan zichlanmalar:
- bir quduq yordamida ochilgan qatlamlarni alohida tadqiqotlashda;
- mustahkamlash tizmasini germetikligini yoki sementli halqa bilan
qatlamlarning izolyatsiyasi germetikligini tekshirishda.
3) Qatlamga ta’sir qilishda yoki quduq tubi zonasida qо‘llanilgan zichlanmalar:
- qatlamni gidravlik yorishda;
- qatlam bosimini ushlab turishda;
- qatlamga issiqlik tashuvchilarni uzatishda.
Pakerning asosiy elementlari – zichlovchi elementlar hisoblanadi (11.6-rasm).
Bu holatda о‘q bо‘yicha yuklanish ta’sirida kengayadi va element fazosini zichlab
bekitadi. U mustahkamlash tizmasiga va paker shtokiga kuchlanish bilan qisiladi
hamda germetik holatni hosil qiladi. Bunda pakerda NKQ xususiy og‘irligi ta’sirida
о‘qli
yuklanmani hosil qiladi, pakerning tayanchi sifatida shlipsali qamrov (zaxvat)
xizmat qiladi.
11.6-rasm. Har xil konstruksiyali pakerlarning sxemasi.
a) – zichlama elementli, о‘qli yuklanma ta’sirida kengayuvchi va
mustahkamlash tizmasida shlipsali tayanchi bor; b) о‘zini zichlovchi paker (tirgagi
kо‘rsatilgan). 1-kesimli vtulka; 2-shtift; 3-vtulka; 4-prujina; 5-paker shtoki; 6,7-
zichlovchi elementlar; 8-konus; 9-shlipsali qamrovchi (tutqich).
Pakerlarni zichlovchi elementlari quyidagilarga bо‘linadi:
1. О‘q bо‘yicha yuklanish ta’sirida kengayuvchi elementlar (11.6-rasm, a, b,
11.7-rasm, a). Bunday zichlanmalarning
materiali rezinadan, qirqilgan va prografik
asbestli tо‘qimadan (yuqori harorat uchun) qо‘rg‘oshindan tayyorlanadi. О‘qli
yuklanma quvur og‘irligi va porshen bosimi ta’sirida hosil qilinadi.
2. Ichki bо‘shlig‘ida ortiqcha bosim ta’sirida kengayuvchi elementli (11.7-
rasm, v). Bunday zichlanmalar rezina materialdan yasaladi.
3. О‘zini-о‘zi zichlovchi rezinalar (11.7-rasm, g, 11.7-rasm, b).
102
11.7-rasm. Pakerlar zichlovchi elementlarining sxemasi.
Birinchi turdagi ikkita zichlovchi elementlar (11.7-rasm, a, b) mustahkamlash
tizmasiga NKQ-ning yetarlicha og‘irligida kerakli kuch bilan qisilishi mumkin.
Bunda quvurlar tizmasini pastki qismida bо‘ylama egilish hosil qilinadi.
Keyingi ikki turdagi elementlar (11.7-rasm, v, g) mustahkamlash tizmasiga
qisish uchun NKQ-larning og‘irligini talab qilmaydi. Qisuvchi
kuchni hosil qilish
uchun zichlanuvchi elementning ichida ortiqchada bosimni hosil qilishda (1.5-rasm,
v) NKQ ning pastdida klapan о‘rnatiladi. Quvur orqali suyuqlik haydalganda
zichlovchi elementda ortiqcha bosim paydo bо‘ladi va yon tomonga kengayadi. Ba’zi
bir pakerlarning konstruksiyasida kengaygan zichlovchi elementlar boshqarilib shu
holatda о‘rnatiladi, bunday parkerlar murakkab pakerlar turiga kiradi.
Hamma turdagi pakerlar uchun tirgak yaratish kerak. Birinchi turdagi
zichlovchi element qisilishidan ozod bо‘lgandan keyin NKQ-ning og‘irligini va
hamma turdagi о‘qli zо‘riqishlarni (о‘qli zо‘riqish pakerni
ishida unga berilgan
suyuqlikning bosimini) qabul qilish uchun tirgak о‘rnatish kerak.
Tayanch quyidagi tirgak bilan bajariladi:
- quduq tubiga dо‘m orqali;
- mustahkam tizmasini diametriga о‘tish;
- mustahkamlash tizmasiga shlipsali qamrovchi о‘rnatish;
- shlipsali qamrovni va mustahkamlash quvurning tomonini muftali biriktirib.
Pakerni tushirishda yoki uni kо‘tarishda shlipsalar konusning pastki qismida
joylashadi va diametri bо‘yicha mustahkamlash tizmasiga erkin kiradi.
Ular bunday holatda paker shtokiga mahkamlangan va NKQ bilan biriktirilgan
holda shtift bilan tutib turiladi (11.8-rasm). Shtift 3-vtulkani ariqchasiga kiradi va
shlipslar yordamida biriktiriladi. Shunday qilib shlipsalar konus bilan birgalikda
yaqinlashmaydi, chunki paker shtokiga mustahkamlanadi.
Pakerning о‘rnatilgan joyiga NKQ va paker
shtoki shunday buraladiki, 2-
shtiftni 3-vtulkaning qisqa ariqchasidan chiqarish va 1-vtulkani qirqilgan joyiga
о‘tkazish mumkin bо‘ladi. Vtulka va shlipsalar bu paytda 4-prujina yordamida ushlab
turiladi, mustahkamlash tizmasidagi ishqalanish hamma detallarni og‘irligini qabul
qiladi. Quvur va paker shtoki burilgandan keyin u tushirilganda konus shlipsalarga
kiradi, uni siljitadi va mustahkamlash tizmasini qisadi.
Pakerlar ikkita asosiy elementlardan tashqari (zichlovchi va tayanch) bir qator
maxsus moslamalarga egadir. Otilmaga qarshi paker – ajratgich klapanga ega bо‘lib,
u pakerni tagidan uni ichki kanali bо‘ylab suyuqlik harakatlanishini oldini oladi.
103
Bunday turdagi
pakerlarni quduqlarda qaysiki, nasoslardan foydalanib ishlatishda
quduqlarda vaqtinchalik favvoralanish sodir bо‘lganda, jihozlarni kо‘tarishdan oldin
quduqni og‘ir suyuqlik bilan bostirish kerak bо‘lganda qо‘llash tavsiya qilinadi.
Nasos bilan suyuqliklarni olishda paker klapani maxsus qurilma yordamida ochiladi.
Nasosni kо‘tarib olishda klapan yopiladi va tizmaning pastki qismi yuqori qismidan
ajratiladi. Quduqdagi jihozlar bosim bilan bostirish qо‘llanilmasdan olinadi vaqt va
vositalari tejab qolinadi.
Kо‘pgina pakerlarning konstruksiyasi sodda bо‘lib, ishlatish uchun juda
qо‘laydir va boshqaruv tizimi murakkab konstruktiv xususiyatga ega bо‘ladi.
Ba’zida pakerga ta’sir qiluvchi о‘qli yuklanmalar katta bо‘lib, shlipsali qamrov
pakerni ishonchli ushlab tura olmaydi. Bunday holatda pakerga past bosimli tarafdan
yakor о‘rnatiladi, u qо‘shimcha о‘qli tayanch bо‘lib xizmat qiladi (11.8-rasm).
Yuqoridagi 11.8-rasmda yakor transportli himoyalovchi
gayka va shaybalari bilan
kо‘rsatilgan. Yakor NKQ tizmasiga qurilgan bо‘lib, ishlashda rezina quvurchaga
ta’sir qiluvchi suyuqlikning ortiqcha bosimi ta’sirida bо‘ladi, plashkaga qisiladi va
ularni mustahkamlash tizmasiga qisadi. Plashkada о‘yilgan joy bо‘lib, ularni tizmaga
mahkamlanishini kuchaytiradi. Yakorni pakersiz qо‘llash mumkin, bunda tizma
quvurlarini mahkamlash kerak bо‘lganda quvur oralig‘i fazosida zichlanmaydi.
11.8-rasm. Plashka turidagi yakorning sxemasi. 1-transportirovka tiqini;
2-kallak; 3-korpus; 4-rezina quvur; 5-plashka; 6-vint; 7-shponka; 8-nasadka; 9-dum;
10-transportirovka gaykasi.
Do'stlaringiz bilan baham: