40.7-rasm
.
Uch fazali ajratgich
:
1
-
korpus; quvurchalar:
2
–gaz suyuqlik aralashmasini kiritish;
3
–gazni chiqarish;
4
–
yengil fazalarni chiqarish,
5
–og‘ir fraksiyani chiqarish;
6
- kollektor;
7
–tо‘rli paket;
8
–
drenaj quvuri;
9
- qirqilgan-chо‘ziladigan list;
10
- urilma; 11- og‘ir fazalarni yig‘ish
bо‘linmasi;
12
- tо‘siq;
13
–yengil suyuqlik fazasini yig‘ish kamerasi;
14
–bо‘lingan
likopcha;
15
–sathni rostlash datchiki;
16
–ajratilgan suyuqlikni yig‘gich;
17
–oshib oqib
о‘tuvchi qurilma.
Yengil fazani yig‘ish uchun tо‘siqning oldida 12 kamera 13 joylashtirilgan.
Kamerada 13 ajratuvchi likopcha 14 va sathni rostlaydigan 15 datchik joylashtirilgan.
Tо‘rli urilmaning 10 tagida ajratilgan suyuqlikni yig‘gich 16 joylashtirilgan, yengil
suyuqlik fazasini yig‘ish 13 kamerasi bilan suyuqlik oshib oqib о‘tuvchi 17 qurilma
ulangan. Ajratilgan suyuqlikni tо‘plagich 16 yengil suyuqlik fazasini yig‘ish kamerasiga
13 va og‘ir suyuqlik fazasini bо‘linmasiga 11 mos holda yengil va og‘ir suyuqlik
fazalarining maksimal sathidan yuqorida joylashadi. Ajratilgan suyuqlikni yig‘gichidan
16 suyuqlikni olib chiqishini oldini olish uchun va kameraga 13 suyuqlikni oqishini
yaxshilash uchun yig‘gich nishablik bilan joylashtiriladi.
Ajratgich quyidagi tartibda ishlaydi:
Gazsuyuqlik aralashmasi quvurcha orqali 2 kirib keladi va gaz suyuqlik aralashmasi
korpusning 1 ichiga beriladi. Quvurchada 2 aralashma aniq tezlikda harakatlanadi va
egri chiziqli 6 kollektorga kirib keladi. Gaz egri chiziqli kollektorni 6 chiqish sirti
orqali tо‘rli urilmaga 10 kirib keladi, u yerda suyuqlik tomchisigacha tozalanadi va
chiqish quvurchasi 3 orqali gaz ajratgichdan chiqariladi. Suyuqlik egri chiziqli
362
kollektordan drenaj quvurlari 8 orqali korpusning 1 pastki qismiga oqadi. Olib chiqilgan
suyuqlik tomchisi tо‘rli paket 7 orqali о‘tadi va qirqilgan-chо‘ziladigan list 9 orqali
korpusning 11 pastki qismiga oqadi, oldindan tozalangan gaz tо‘rli urilmaga 10 kirib
keladi.
Korpusdagi suyuqlik aralashmasi gravitatsiya kuchi ta’sirida ajraladi, yengil
fazalarni yig‘ish 13 kamerasiga oqib о‘tadi, u yerda datchik 15 aniq sathni ushlab turadi
va yengil suyuqlik fazasini chiqarish quvuri 4 orqali ajratgichdan olib chiqiladi. Eng
og‘ir suyuqlik korpusning 1 quyi qismida tо‘planadi, tо‘siq 12 orqali oqib о‘tadi va
og‘ir fazalarni chiqarish quvurchasi 5 orqali jihozdan olib chiqiladi.
Tо‘rli urilma bilan 10 tozalangan suyuqlik yig‘gichga 16 oqadi, u yerdan oqib
о‘tuvchi qurilma 17 orqali yengil suyuqlik fazasining yig‘ish kamerasiga 13 oqib о‘tadi.
Shunday qilib, og‘ir suyuqlik fazasining sathi ajraladigan aralashma sathiga
nisbatan hamma vaqt kichik bо‘ladi yoki jihozning uzunligini oshirish hisobiga
pasaytirilishi mumkin. Tahlil qilinadigan ajratgichdagi tо‘rli urilmada hamma kerakli
masofalarga rioya qilgan holda ajratgichning diametrini oshirmasdan og‘ir suyuqlik
fazalarini yig‘ish bо‘linmasi о‘rnatilgan bо‘lishi mumkin. Jihozning uzunligi
oshirilganda korpus devorining qalinligini oshishiga olib kelmaydi, bо‘linadigan
jihozlarning metall sarfini kamayishga olib keladi. Bunda uzunligi oshganda jihozning
massasini oshishiga kam darajada ta’sir qiladi.
Samaradorligi-
taklif qilingan uch fazali ajratgichning konstruksiyasining
samaradorligi jihozning gabarit о‘lchamlarini kamaytirish hisobiga metall sarfini
kamayishga olib keladi va suyuqlik sathidan urilmagacha bо‘lgan masofani oshirish
hisobiga ajralishi yaxshilanadi.
7.Tabiiy gazni tozalash va uni quritish jihozlari
Bu taklif qilinadigan tabiiy gazni tozalash va quritish jihozi tabiiy gazga PHAQ
va absorbsiya usulida ishlov beruvchi jihozlar turkumiga kiradi (40.8-rasm).
Jihoz quyidagi tartibda ishlaydi.
Bir yoki bir nechta quduqlardan kirib keladigan gaz yuqori bosimli 12 gazni
kirish qismida shtuserdagi taqsimlovchi 1 kameraga о‘tadi va mexanik zarralarni
quduqdan olib chiqiladigan mexanik zarralar, kondensatsiyalangan nam bug‘lar,
kondensat va metanol yuqori bosimli 5 ajratish qurilmasida tozalanadi. Birinchi
ajratish pog‘onasida ajralgan suyuqlik ajratilgan suyuqlik uchun yig‘gichga 10 oqib
о‘tadi, u yerdan kondensat ajralgandan keyin assorbent 16 kiritiladigan tugunga
beriladi.
363
Do'stlaringiz bilan baham: |