O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti


XXXXI ma’ruza. NEFT VA GAZDAN FOYDALANISH JIHOZLARI



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/363
Sana22.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#894170
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   363
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua NGKM (Восстановлен)

XXXXI ma’ruza. NEFT VA GAZDAN FOYDALANISH JIHOZLARI
 
Reja:
41.1. Neftni qayta ishlashni rivojlantirish tarixi
 
41.2. Neftni qayta ishlash jarayonida olinadigan mahsulotlar 
41.3. Neftni qayta ishlashning asosiy bosqichlari 
 
Tayanch iboralar: 
favvora-favvora, klapan, shtuser, paker, favvora –
mexanizatsiya, nasos-mexanizatsiY. 
 
Foydalanilgan adabiyot: 
1. T.R.Yuldashev, X.Q. Eshkabilov. “Neft va gaz konlari mashina va 
mexanizmlari” Qarshi.: Qashqadaryo kо‘zgusi OAV nashriyoti. –Darslik-2015 yil. 
2. T.R.Yuldashev. “Neft va gaz konlari mashina va jihozlari” Qarshi.: Uslubiy 
qо‘llanma. Qarshi -2015 yil 
 
41.1. Neftni qayta ishlashni rivojlantirish tarixi
 
 
Neftni qayta haydab ishlash jarayoni eramizning boshlarida ma’lum bo‘lgan. 
Bunda neftdagi yoqimsiz hidlar yo‘qotilgan, undan davolashda dori sifatida 
foydalanilgan. Kichik miqdordagi neft kolballarga, katta miqdori esa sig‘imlarga 
haydalgan. 
Rossiya davlatining Arxangel shahri savdogari Fyodar Pryadunov 1745 yilda 
Uxta daryosida jahonda birinchi neftni haydaydigan zavodni qurgan. Buning uchun u 
delta daraxtining smolasidan olingan skinidorani, konifolni olishda hajmli qurilmani 
qo‘llagan (smolani chekishga haydash Rossiyada XII-XIII asrlarda ma’lum bo‘lgan). 
Mozdak yaqinida smolo chekuvchi dehqon ustalari aka-uka Dubininlar 1828 
yilda neftni haydash qurilmasini qurganlar. Neftni haydash qurilmasi mis qopqoqli 
temir hajmdan va suvoqli pechkadan tashkil topgan. Hajmning qopqoqidan trubka 
chiqarilib bochkadagi suv orqali o‘tkazilgan. Neft qizdirilgandan so‘ng bug‘ ajralib 
chiqadi, suvda sovutiladi va kondensatsiya bo‘ladi. Bu suyuqlik qorayishni boshlashi 


366 
bilan yoqilg‘i uchirilgan, hajmdagi quyuq qoldiq mazut tashlab yuborilgan, 40 chelak 
neftdan 16 chelak fotogen (kerosinning anologi) olingan. Mazut yigirma chelak hajm 
qo‘rinishida qolgan, to‘rt chelak esa haydash jarayonida qurum qo‘rinishida 
yo‘qotilgan. 
Neftni qayta haydash zavodlari XIX asrning 40-chi yillarida boshqa davlatlarda 
ham paydo bo‘lgan. Buyuk Britaniya davlatida 1848 yilda Dj. Yung zavodida neft qayta 
ishlana boshlangan. Pensilvaniyada (AQSh) 1849 yilda S.Kir neftni qayta ishlaydigan 
zavod qurgan. Fransiyada birinchi marta neftni haydaydigan zavod 1854 yilda Elzasda 
A.Girn tomonidan qurilgan. Germaniyada, Polshada va Ruminiyada XIX asrning 50 
yillarida neftni qayta ishlaydigan sanoat qaytadan tug‘ilgan.
Rossiyada birinchi neftni qayta ishlaydigan yirik zavod Baku rayonida barpo 
etilgan: Kokorev V.A va Gubonik P.I.ning zavodi (1860 y), D.Melikov (1863). Bundan 
tashqari kichik zavodlar 1860 yilda Bakuda ular 30 ta, 1870-chi yillarda 70 tadan oshib 
ketdi. 
Grozniyda I.M.Mirzayev tomonidan 1865 yilda, A.N.Novosilsov tomonidan 
1868 yilda Tamanski yarim orolida yirik neftni haydaydigan zavod ishga tushirilgan va 
shu tuman to‘liq kerosin bilan ta’minlangan. 
Farg‘ona vodiysidagi birinchi tadbirkor D.P.Petrov tomonidan 1885 yilda SHo‘r 
suv neft uchastkasida har kuni 400-500 kg.gacha neft qazib olingan va kerosin ajratib 
oladigan kichkina zavod qurilgan. Shuning natijasida Farg‘ona vodiyida Xo‘jaobod, 
Andijon, Polvontosh, Janubiy Olamushuk va shunday bir nechta konlar ochilgan va 
ishga tushirilgan. 
Rossiyada XIX asrning 70 yillarining boshida boshqa bir nechta fotogenli 
(kerosinli) zavodlar faoliyat ko‘rsata boshlagan: Odessada – 4 ta, Xersonda – 1 ta, 
Kerchida – 3 ta. Ular yordamida Kavkazdan va Moldaviyadan chiqadigan neft qayta 
ishlangan. 
Neftni qayta haydash ishlari takomillashtirilgan. Agar dastlabki bosqichda 
hajmlarga davriy ta’sir etish orqali ishlab chiqarilgan bo‘lsa, keyinchalik talabga javob 
bermay qolgan. Bunday texnologiyada neftni fraksiyalarga ishonchli ajralishi 
ta’minlanmagan, fraksiyalarning oralig‘idagi haroratning chegarasi ko‘zda aniqlangan. 
Keyinchalik hajmli qurilmalar bir-biri bilan birlashtirilgan kublarning 
jamlanmasi–hajmli batareyalarga aylantirilgan hamda ular aniq neft fraksiyalarini olish 
uchun xizmat qilgan. XIX asrning oxirida to‘xtovsiz ishlaydigan hajmli batareyalar 
ishlangan. Ularda issiqlikni regeneratsiya qilish prinsipidan foydalanilgan: olinadigan 
issiq neftning fraksiyasi qayta ishlashga kirib kelgan neftga o‘zining issiqligini bergan. 
Buning evaziga qurilmaning unumdorligi keskin kuchaygan. Bu qurilma 1886 yilda 
V.G.Shuxov va F.I.Inchik tomonidan taklif qilingan, kuniga 27 marta ko‘p neftni qayta 
haydashga erishilgan, xuddi shunday ko‘rsatgich hajmida – 1,5 ga, hajmli batareyalarda 
– 4 ga teng. XIX asrda neftni qayta ishlash natijasida asosan kerosin olingan. 
Boshlang‘ich davrda tovar kerosinining asosiy tavsiflariga solishtirma og‘irligi 
(0,78-0,85 t/m
3
), qaynash harorati oralig‘i (170-320 
o
S) va uning rangi kirgan. Neftdan 
kerosin fraksiyasini chiqishi nisbatan uncha katta bo‘lmaganligi (baku neftidan 25-30 
%) uchun neft sanoatchilari solishtirma og‘irligi kerosinga o‘xshash yengil suyuqlik va 
og‘ir fraksiyalarni aralashtirgan hamda qo‘shimcha hajmlarni olishga kirishganlar. 
Bunday mahsulotdan chiroqlarda foydalanilgan, ko‘pincha portlash sodir bo‘lgan. 


367 
Shuning uchun kerosinni xavfsiz yoritishda foydalanishning yaroqliligi chaqnash 
haroratiga (suyuqlikning ustidagi yuzada bug‘larni alangalanishi) va alangalanish 
haroratiga (suqlikni yonish) qarab aniqlaganlar. 
Neftni qayta ishlashni boshqa usullari rivojlangan. D.I.Mendeleyevning 
maslahatiga asosan 1879 yilda Yaroslavlning yaqinida jahonda birinchi bo‘lib, 
mazutdan surkov moylari oladigan zavod qurilgan. V.G.Shuxov va S.Gavrilovlar 
tomonidan 1891 yilda og‘ir uglevodorodlarni yuqori harorat va bosimda parchalash 
yo‘li bilan yengil uglevodorodlarni olish ixtiro qilingan. Bunday jarayon kreking nomini 
olgan. 
V.G.Shuxov 
muhandis 
M.A.Kotelyunikov 
bilan 
hamkorlikda 
kreking 
qurilmasining turboburini ixtiro qilganlar. 


Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish