O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti


 Neftni qayta ishlash jarayonida olinadigan mahsulotlar



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/363
Sana22.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#894170
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   363
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua NGKM (Восстановлен)

41.2. Neftni qayta ishlash jarayonida olinadigan mahsulotlar 
Neftni qayta ishlash natijasida quyidagi mahsulotlar olinadi: 
1) yoqilg‘i;
2) neftli yog‘lar;
3) parafinlar, serezinlar, vazelinlar;
4) neftli bitumlar;
5) yoritish kerosinlari;
6) eritgichlar;
7) boshqa neft mahsulotlari (neftli koks, qurum, konsistent surkovlari va boshqa). 
Yoqilg‘i 
Neftdan olinadigan yoqilg‘ilarning soniga avtomobil va aviatsiya benzinlari 
hamda traktor, refaol, dizel, gaz turbinali va qozonxona yoqilg‘ilari mansubdir.
Avtomobil benzinlari 
– karbyuratorli dvigatellarda qo‘llaniladi. Hamma 
avtomobil benzinlari quyidagi turlarga bo‘linadi:
-
yozda hamma tumanlarda 1 apreldan – 1 oktabrgacha qo‘llash mumkin, janubiy 
rayonlarda yilning hamma fasllarida; 
-
qishki, hamma mavsumlarda qo‘llashga mo‘ljallangan. 
Benzinning muhim ishlatish tasniflaridan biri ularni detonatsiyaga chidamliligi 
hisoblanadi. U qanchalik katta bo‘lsa, dvigatelning siqish darajasi shuncha yuqori va 
shunga mos uning solishtirma quvvati katta hamda yoqilg‘i sarfi kichik bo‘ladi. 
Benzinlarni detonatsiyaga chidamliligi oktanlar sonini ifodalaydi, maxsus mator 
qurilmalarida yoki tadqiqot metodlari asosida aniqlanadi. Oktanlar sonining miqdori 
aralashmadagi N–geptan bilan izooktanlar teng bo‘lib, sinaladigan benzinning 
detonatsiya chidamliligiga ekvivalentdir. 
Benzinlarni detonatsiya chidamliligini oshirish uchun va shunga mos bo‘lgan 
oktanlar sonini oshirishda ularga tetraetilevinets 1 kg benzinga 3,3 grammgacha 
qo‘shiladi. Shuning uchun etillashtirilgan benzinlar bilan ishlashda xavfsizlik 
choralarini oldini olish qoidalariga rioya qilinadi. 
Benzin va havo aralashmasi silindrga tushganda, porshen yuqoriga harakatlanib 
uni siqadi. Bug‘lar siqilganida ular qizib ketadi. Agar benzin va havo aralashmasi qattiq 
siqilsa, u o‘ta qizib ketadi va yondirish svechasi yordamida o‘z-o‘zidan yonib ketadi.


368 
Agar benzinni yonishi alangalanish muddatidan oldin sodir bo‘lsa, porshen 
o‘zining yuqori nuqtasiga yetmasdan orqaga qaytib dvigatelning burama valining 
harakatiga to‘sqinlik qiladi, ya’ni detonatsiya sodir bo‘ladi. Detonatsiya odatda taqillab 
silkinish va dvigatelning guvillab shovqin chiqarishi bilan tavsiflanadi. Detonatsiya 
hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki u motorning harakatdagi kuchiga qarshi 
ishlaydi, shuning uchun uning mexanik qismlariga ta’sir qiladi. 
Benzinnning oktanlar sonini aniqlashda uning siqilish darajasining aniqligi katta 
ahamiyatga ega. Ayniqsa o‘z-o‘zidan alangalanish porshen harakatining yuqori 
nuqtasida sodir bo‘ladi. Siqilish darajasi benzin oktanlar soniga bog‘liq. Oktan soni 100 
bo‘lgan benzin uchun shartli ravishda izooktan (2, 2,4- trimetilpentan) S
8
N
18 
qabul 
qilingan. Kuchsiz siqilishda ham detonatsiyalanadigan n-geptan (S
7
N
16
) oktan soni “0” 
bo‘lgan benzin uchun qabul qilingan. 
Zarur bo‘lgan oktan sonli benzin olish masalasini soddalashtirish uchun benzinga 
qo‘rg‘oshin-tetraetil qo‘rg‘oshin (TEQ) yoki tetrametil qo‘rg‘oshin (TMQ) qo‘shiladi. 
Bu birikmalar benzinning oktan sonini oshiradi. Bu bilan benzinning boshqa xossalariga 
jumladan to‘yingan bug‘ bosimiga (TBB) ta’sir etilmaydi.
TEQ (TMQ) – juda zaharli kimyoviy birikma, hatto uning juda kichik 
konsentratsiyali bug‘i ham kasallikka yoki o‘limga olib kelishi mumkin. Shunisi 
qiziqki, benzinga qo‘rg‘oshin qo‘shilishidan maqsad, uning muddatidan oldin 
alangalanib ketishini oldi olinadi. Oktan soni qanchalik kichik bo‘lsa, detonatsiyaning 
yuzaga kelishi yoki benzinning o‘z-o‘zidan alangalanishining ehtimolligi yuzaga 
keladi. Shuning uchun qo‘rg‘oshin alangalanishning oldini oladi. Qo‘rg‘oshinning atrof 
muhitga ta’sirini kamaytirish maqsadida , benzinning oktan sonini oshirish uchun neft-
kimyo sonaotida metanol, etanol, TBS, va MTBE kabi mahsulotlarni qo‘llash tavsiya 
etilgan. 
Metanol - CH
3
OH qadimdan ma’lum bo‘lgan kimyoviy modda. U yog‘och spirti 
sifatida mashhur, chunki avvallari yangi arralangan zich yog‘ochli g‘o‘lalarga kimyoviy 
reagent ta’sir ettirib olingan. 1923 yilda nisbatan unumli jarayon ishlab chiqilgan. 
Bunda dastlabki modda sifatida metan yoki benzin fraksiyasidan foydalanilgan. 
Metanning manbai sifatida asosan metandan iborat bo‘lgan tabiiy gaz ishlatilgan. 
Jarayonning asosiy bosqichi - sintez gazning olinishi uglerod monooksidi (CO) 
va vodorod (H
2
) aralashmasining olinishidir: 
CH

+ H
2
O → CO + 3H
2
(sintez gaz) 
CO + 2H
2
→ CH
3
OH (metanol)
Bu tenglamani olish texnologiyasi juda murakkab va qimmat. 
Etanol - yoki etil spirti (C
2
H
5
OH) – aroqning asosiy komponenti hisoblangan 
kimyoviy modda. Etanol ham qadimdan tabiiy manbalardan: uzum (vino) tarkibidagi 
qandni achitish, kartoshka (aroqda) yoki arpa va jo‘xori (viski)ni fermentlar ta’sirida 
ishlash bilan olingan. Sanoat miqiyosida etanol olishda foydalaniladigan hozirgi 
kimyoviy jarayon 1919 yilda ishlab chiqilgan. Bu usul etilenning to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
gidrotatsiyasiga (suvning birikishi gidrotatsiya deb ataladi) asoslangan : 
C
2
H
5
+ H
2
O = CH
3
- CH
2
- OH

(etilen) (suv) (etanol) 

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish