O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/363
Sana22.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#894170
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   363
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua NGKM (Восстановлен)

avtomatlashtirilgan tizimlari
 
Yirik konlarda qо‘llaniladigan neft, gaz va suvni yig‘ishning yuqori bosimli 
tizimining prinsipial sxemasi 10.1-rasmda kо‘rsatilgan. Kondagi maydonning 
joylashishiga hamda iqlimiy sharoitlari, neft, gaz va suvning fizik-kimyoviy 
xossalariga bog‘liq holda bir nechta turdagi sxemalar qо‘llaniladi..
Neft, gaz va suv yer ustidagi otma chiziqqa (1) bosim ostida (1,5 MPa ) chiqib 
kelgandan keyin avtomatlashtirilgan guruhli о‘lchov qurilmasiga (AGО‘Q) (2) 
yо‘naltiriladi. 
AGО‘Qsi sifatida kо‘proq «Sputnik–A, B va V» qurilmalari qо‘llaniladi. 
Ajratgich qurilmasida gaz neftdan va uning miqdori har bir quduq bо‘yicha alohida
avtomatik yozuv orqali о‘lchanadi. Undan keyin esa neft, gaz va suv aralashtiriladi va 
yig‘uv kollektorlari orqali ( 3, 4)- uzunligi 10 km.gacha bо‘lgan blokli siquv komressor 
stansiyasigacha (BSKS) tashiladi.
BSKSga birinchi pog‘ona (5) suvlangan neft uchun va tozalangan neft uchun 
ajratgich (6) о‘rnatilgan va gazni suyuqlikdan ajratadi. Suyuqlikdan ajratilgan gaz 
ajratgichda о‘zining bosimi ostida gaz uzatmasiga (9) yо‘naltiriladi, ejektor (16) orqali 
gazni qayta ishlovchi zavodga (17) beriladi.
Suvlangan xom neft ajratgichdan (5) xom ashyoni uzatadigan nasoslar (7,8) 
orqali olinadi, quvur uzatmalar orqali (10,11) neft tayyorlash qurilmasiga (NTQ) 
ajratgich-qizdirgichga (12) beriladi va u yerda emul’siya qizdiriladi va parchalanadi. 
39.1-rasm.
Neft, gaz va suvni yuqori bosimli germetiklangan va 
avtomatlashtirilgan yig‘ishning sxemasi.
1-otma chiziq; 2-avtomatik guruhli о‘lchash qurilmasi (AGО‘Q); 3,4-yig‘ish 
kollektorlari; 5-suvlangan neft uchun ajratgich; 6-toza neft uchun ajratgich; 7,8-
mahsulot uzatuvchi nasoslar; 9-gaz uzatma; 10,11-NTQga beruvchi quvur uzatmalar; 
12-ajratgichlar- qizdirgichlar; 13-tindirgich; 14-shtuser; 15-ajratgich; 16-ejektor; 17-


336 
gazni qayta ishlovchi zavod (GQIZ); 18-germetiklangan rezervuar; 19-nasos; 20-
ATО‘Q ( Rubin 2); 21-neft chizig‘i; 22,23-zulfin; 24-tovar rezervuari; 25,27,28-
nasoslar; 26-suvni tozalash qurilmasi (STQ); 27,28-nasos; 29-suv uzatmasi; 30-
BSHNS; 31-kanalizasiya; 32-suvsizlantirgich va tuzsizlantirgich 
Undan keyin esa parchalangan emul’siya issiqlikdan izolyasiya qilingan 
tindirgichga (13) beriladi va u yerda aralashmadan tozalangan neftga va suvga ajralishi 
sodir bо‘ladi. Suvsizlantirilgan va tuzsizlantirilgan tindirgichdagi (13) neft shtuser 
orqali (14) eng sо‘nggi bosqichdagi (15) ajratgichga yо‘altiriladi va 1MPa bosim bilan 
ushlab turiladi. Gaz ajratgichdan (15) ejektorga (16) yо‘naltiriladi va GQIZga (17) 
tashlanadi, suvsizlantirilgan va tuzsizlantirilgan neft esa bu ajratgichlardan о‘zning 
oqimi orqali ketma-ket ishlaydigan germetiklangan rezervuarga (18) qisqa muddat 
davomida saqlash uchun uzatiladi. 
Neft rezervuardan (18 ) tо‘silma nasos orqali (19) olinadi va “Rubin-2”turidagi 
(20) AGО‘Qga tovar neftni sifatini va miqdorini aniqlash uchun beriladi. Agarda tovar 
neft kondensionli bо‘lganda, u holda ochiq zulfin orqali (23) parkdagi tovar
rezervuariga (24) yо‘naltiriladi va u yerdan nasos yordamida (25) magistral neft 
uzatmasiga uzatiladi. Agarda neft suyuqliksiz bо‘lsa, zulfin (23) avtomatik ravishda 
yopiladi, chiziqdagi (2) zulfin (22) ochiladi hamda yana qaytadan suvsizlantirilgan va 
tuzsizlantirilgan (32) oqimlar tо‘planadi, oqovalar esa tashlanma kanalizasiyaga (31) 
yо‘naltiriladi. 
Neftdagi tindirilgan tindirgichdagi (13) suv о‘zining oqimi ostida suvni tozalash 
qurilmasiga (STQ) (2) yо‘naltiriladi va u yerdan ikkita nasos (24,28) yordamida olinadi. 
Nasos (27) yordamida bu suv blokli tarmoqli (kustovoy-shoxsimon) nasos stansiyasiga 
(BSHNS) (30) uzatiladi.
Bu nasos stansiyasidagi yuqori bosimli nasoslar yordamida haydovchi quduqlarga 
beriladi. Nasos (28) yordamida suv STQ dan olinadi va suv uzatma orqali (29) 
ajratgichdan (5) oldin emul’siya orqali uzatiladi. Buni amalga oshirishdan maqsad 
tarkibida SFM bо‘lgan qaynoq suv ajratgichdagi (5) emul’siyalarni oldindan 
parchalashga yordam beradi. Maydondagi kichik konlarda BSKS qurilmaydi, 
quduqlardagi hamma mahsulotlar kuduq ustidagi bosim ostida NTQ-ga tashiladi . 
Bu sxemaning ishlatish tartibidan kurinib turibdiki, neft havo bilan kantakt hosil 
qilmaydi va bug‘lanishga yо‘naltirilmaydi hamda yо‘qotilish minumum 0.2 % gacha 
bо‘ladi. 

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish