O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti


-rasm. Konda neft, gaz va suvni yig‘ish, tashish va tayyorlashning



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/363
Sana22.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#894170
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   363
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua NGKM (Восстановлен)

38.3-rasm. Konda neft, gaz va suvni yig‘ish, tashish va tayyorlashning
avtomatik tizimi

1 –ishlatish quduqlari: favvora, shtangali va markazdan qochma elektr nasosi; 2 – 
haydovchi quduqlar; 3 –otma tizimlarni parafindan tozalash uchun sharlarni kirgizish 
qurilmasi ; 4 –"Sputnik" turidagi guruhli о‘lchov qurilmasi; 5 – guruhli о‘lchov 
qurilmasining mahalliy avtomatik bloki qurilmasi; 6 – yо‘ldagi suyuqlikni qizdirgich; 7 
–AQ turidagi I bir pog‘onali ajratish qurilmasi; 8–qatlam suvini oraliqda tashlaydigan 
ajratish qurilmasi; 9 – neftni qizdirish qurilmasi (ajratgich-deemulgator); 10 –
kondensatsiyalanmagan neft uchun rezervuar; 11 –tovar neft uchun rezervuar; 12 – 
gazni tayyorlash qurilmasi; 13 – suvni tayyorlash qurilmasi; 14 – qatlam suvini I 
pog‘onaga kо‘tarish va nasos stansiyasi; 15 – shoxsimon nasos stansiyasi; 16 – tovar 
neftni avtomatik topshirish qurilmasi; 17 –tovar neftni qayta haydash nasosi; 18 – 
dispetcher punkti; 19 – avtomatik boshqarish tiziminin hisoblash markazi; qayta 


329 
haydash uchun quvur uzatmalar: 20 – gazsuvneft aralashmasi; 21 – gaz; 22 – gazneft 
aralashmasi; 23 –suvsizlantirilgan va qisman ajratilgan neft ; 24 – tovar neft; 25 – 
konditsasiyalanmagan neft; 26 – tovar gaz; 27 – tovar osti suvi; 28 –qatlamga haydash 
uchun tayyorlangan suv; 29 – telemexanika aloqa chizig‘i. 
Tayfun 1-400 qurilmasining ishlatish tartibi quyidagicha: 
Neft-suv-gaz aralashmasi yig‘ish kollektoridan tik gidrotsiklonli ajratgichga I 
kirib keladi, u yerda suyuqlik fazasi gazdan ajratiladi. Gazning asosiy qismi 
ajratgichdan gazni yig‘ish kollektoriga yо‘naltiriladi, gazning boshqa qismi quritgich 
orqali (17) о‘tadi, qurilmaning о‘chog‘iga (3) kirib keladi. 
Suvneft emulsiyasi ajratgichdan I tik quvur orqali pastga qizdiriladigan 
bо‘linmaga III yо‘naltiriladi, u yerdan taqsimlagich-matochnik (1) orqali о‘tadi va tik 
holda yuqoriga harakatlanadi. Qizdirish bо‘linmasidagi suvning sathi kо‘ndalang 
tо‘siqlar yordamida qizdiruvchi va tindiruvchi bо‘linmalarning qizdirish quvuridan 
yuqori sathda ushlab turiladi. Issiq suv qatlam orqali о‘tadi, neft emulsiyasi kо‘ndalang 
tо‘siq orqali tindirish bо‘linmasiga oqib kiradi va u yerda oxirgi marta suvdan ajratiladi. 
Suvsizlantirilgan neft tindirish bо‘linmasidan о‘lchash teshiklari orqali (11) neftni 
yig‘ish bо‘linmasiga oqib о‘tadi, u yerdan neftni yig‘ish kollektoriga va keyin eng 
oxirgi ajratgichga yо‘naltiriladi. 
Ajralgan suv tindirish seksiyasining pastki qismidan oshib о‘tadigan quvurga (9) 
tо‘planadi va keyin suvni yig‘ish bо‘linmasiga, u yerdan oqova suvlarni tayyorlash 
qurilmasiga yо‘naltiriladi.
Deemulgator dozirovka nasosi (15) yordamida tо‘g‘ri sirkulyatsiya nasosining (16) 
kirish qismiga beriladi. Sirkulyatsiya nasosi shunday bog‘langanki, uning yordamida 
neftdan reagentlarni qoldig‘i bilan ajralib chiqqan issiq suv-kollektor qurilmasining 
kirish qismiga uzatiladi. Bunda nasoslarning ketma-ket ishlashi qurilmaga kerakli 
konsentratsiyadagi reagentlarni uzatishni boshqarish va shu bilan birgalikda kirib 
keladigan mahsulot bilan yaxshi aralashishi uchun sharoit yaratadi.
Qizdirgich-deyemulsator Tayfun 1-400 qurilmaning texnologik rejimining 
belgilangan parametrlarini ushlab turish uchun nazorat-о‘lchash asma`ruzalari va 
avtomatik vositalari bilan jihozlangan (9.4-rasm).
Bо‘linmalardagi neftning va suvning sathlari RUM-17 sath rostlagichi yordamida 
avtomatik boshqarish amalga oshiriladi. Tindirish bо‘linmasidagi neft-suv 
bо‘linmasining holati rostlovchi oshib о‘tuvchi quvur (9) yordamida nazorat qilinadi. 
Sig‘imdagi (8) reagent sathini nazorat qilish uchun elektron sath indikatori о‘rnatilgan. 
Yoqish qozon qurilmasiga beriladigan gazning miqdori о‘zgarganda qizdirish 
bо‘linmasidagi suyuqlikning belgilangan harorati о‘zgaradi va rostlagich (4) yordamida 
ushlab turiladi. Suvsizlantirilgan neftning miqdori sarf о‘lchagich yordamida uzluksiz 
о‘lchanadi. Datchik sifatida DGD turidagi gidrostatik bosim datchigi qо‘llaniladi va 
о‘lchash teshigi orqali о‘tgan suyuqlik hajmiga proporsional bо‘lgan uzluksiz elektr 
signallarni markazga yuboradi. Qurilmada qizdiriladigan bо‘linmada harorat yoki 
texnologik sig‘imda bosim ruxsat etilgan qiymatdan oshib ketganda nazorat qiladigan 
avariya signalizasiyasi о‘rnatilgan. Texnologik sig‘imning yuqori qismiga saqlovchi 
klapan (7) о‘rnatilgan. Reagentni uzatish tizimidagi nasoslarni (15 va 16) boshqarish 


330 
mahalliy avtomatika blokidan olib boriladi va u texnologik blokning о‘zida qо‘l 
yordamida boshqariladi.
Qizdiruvchi-deemulgator Tayfun 1-1000 qurilmasi yuqorida kо‘rib chiqilgan edi, 
lekin kuchaytirilgan ish unumdorligiga ega bо‘lganligi uchun gabarit о‘lchamlariga, 
asma`ruzalarning va avtomatika vositalariga ta’sir qilgan.
Tayfun 1-1000 qurilmasida texnologik sig‘imning oxirida qarama-qarshi 
joylashtirilgan ikkita qizdirish bо‘linmasi oldindan kо‘rib chiqilgan, tindirish bо‘linmasi 
esa qizdirish bо‘linmalarining о‘rta oraliq qismida joylashgan. Har bir qizdirish 
bо‘linmasida U-simon qizdirish quvurlari montaj qilingan. Neft emulsiyasi issiq suv 
yordamida ketma-ketlikda avval birinchidagi, keyin esa ikkinchi qizdirish 
bо‘linmasidagi yuviladi.
Gorizontal qizdirish-deemulgator UDO-2M da (ustanovka deyemulsasionnaya 
ognevaya vtoroy modifikasii) Tayfun 1-1000 qurilmasidan farq qiladi. Unda neft 
emulsiyasi issiq suv yordamida ketma-ket uchta bо‘linmalarda olib boriladi: ikki 
qizdirgichda (Tayfun 1-1000 qurilmasi kabi) va keyin tindirish bо‘linmasida. Bunday 
uch karrali issiq suv yordamida yuvilganda qurilmadagi eng mustahkam bо‘lgan neft 
emulsiyasini ham tozalash mumkin bо‘ladi. 
UDO-2M qurilmasi ikkita asosiy bloklardan tashkil topgan: texnologik va NО‘A 
(nazorat о‘lchash asma`ruzalari) hamda avtomatikadan. Texnologik blokning tartibli 
sxemasi 9.5-rasmda keltirilgan. 
Texnologik blokning sig‘imi (hajmi 100 m
3
) tо‘siqlar orqali uchta bо‘linmaga 
bо‘lingan-ikkita qizdirgich (I va II) vatindirgich (III). I bо‘linmada ichki qoplama 
montaj (2) qilingan va u texnologik sig‘imga nisbatan konsentrik holatda 
joylashtirilgan. Ichki qoplamaning pastki qismida qirqilgan oraliq qoldirilgan va u 
orqali halqali fazodan bо‘linmaning I yoqish qismiga emulsiya kirib keladi. Shu yerda 
tayanchlarda ikkita U-simon qizdirish quvurlari joylashtirilgan. Qizdirish quvurlarning 
pastki gorizontal qismi radiasiya kamerasi kо‘rinishida, yuqori qismi esa konveksiya 
kamerasi hisoblanadi. Radiatsiya kamerasining oldi qismi olovning ta’siridan о‘tga 
chidamli g‘isht yoki keramika yordamida himoyalangan. 
I va III bо‘linmalar tо‘siq yordamida ajratilgan, II va III bо‘linmalarning 
oralig‘idagi tо‘siqqa qо‘yuruvchi quvurlar (6) payvandlangan hamda I va II 
bо‘linmalarni о‘zaro biriktiradi. 

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish